Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 2,77 Mb.
bet13/23
Sana25.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#702261
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
2 5197376728464364943

5. Raqamli fazometrlar
O‘lchash asboblari tarkibida mikroprotsessorlarni qo‘llash o‘lchash jarayonini soddalashtiradi, ularni qiyoslashni va kalibrlashni avtomatlashtiradi, o‘lchash axborotiga statistik ishlov beradi va asboblarning metrologik xarakteristikalarini yaxshilaydi. Quyida voltmetr va chastotomerlarda mikroprotsessorlardan foydalanish misollari keltirilgan.
Raqamli mikroprotsessorli voltmetrning (9.12 - rasm) kirish bloki masshtab o‘zgartkichi (MO‘) dan iborat bo‘lib, u bir yo‘la o‘zgaruvchan (Ux) kuchlanishni o‘zgarmas kuchlanishga aylantiradi. So‘ng o‘zgarmas tok kuchlanishi analog – raqamli o‘zgartkich (ARO‘) ga beriladi va u yerda raqam shakliga keltiriladi. Hozirgi zamon mikroprotsessorli asboblarda ikki bosqichda integrallaydigan ARO‘ lar keng tarqalgan.



9.12- rasm. Raqamli mikroprotsessorli
voltmetr sxemasi.


Kirish kuchlanishiga proporsional bo‘lgan ma’lum ketma-ketlikdagi impulslar soni ARO‘ dan mikroprotsessorning (MP) interfeysiga uzatiladi. MO‘ va MP o‘zaro taktli impuls orqali bog‘langan. Mikroprotsessor integrallash jarayonini boshqaradi va raqamli axborotni raqamli displeyga (RD) chiqarib beradi. RD nafaqat o‘lchangan kattalikni, balki unga tegishli matnli axborotni ham yozib chiqaradi.
Zamonaviy mikroprotsessorli voltmetrlar ko‘p dasturli asboblar bo‘lib, o‘lchangan kattaliklar ustida barcha arifmetik va algebraik amallarni, o‘rtacha kvadratik og‘ish, dispersiya, matematik kutishlarni hisoblash hamda xotirlash amallarini bajarishi mumkin.
Mikroprotsessorli voltmetrlarga Rossiya Federatsiyasida SH1531, SH1612, V7-39, V7-40 rusumli hamda Germaniyada ishlab chiqariladigan 7055, 7065 turdagi voltmetrlarni misol qilib keltirish mumkin.
Mikroprotsessorli chastotomerda (9.13 - rasm) o‘lchash ketma-ket hisoblash usulida bajariladi. Chastotasi o‘lchanayotgan kuchlanish masshtab o‘zgartgichi (MO‘) orqali impuls shakllantirgich (ISh) ga uzatiladi. Bu yerda kuchlanish impulslarning davriy ketma-ketligiga aylantirilib, vaqt selektori (VS) ga beriladi. Mikroprotsessor (MP) ma’lum davomiyli (misol uchun 1 s bo‘lgan) impulslar ishlab chiqaradi va ularni VS ning ikkinchi kirish qismlariga uzatadi. Bu impulslarning davomiyligi impulsli generator (IG) bilan belgilanadi. VS ning ikkala kirishiga ta’sir qilayotgan signalga ko‘ra, uning mikroprotsessor belgilaydigan vaqt davomiyligi bilan chegaralangan impulslar soni hosil bo‘ladi.



6.13 - rasm. Mikroprotsessorli
chastotomer sxemasi.
Bu vaqt davomida ishlab chiqarilgan impulslar impuls hisoblagich (IH) bilan sanaladi hamda mikroprotsessor xotirasidagi chastota konstantasi bilan solishtiriladi. Solishtirish natijasi raqami displey (RD) ga beriladi.
Raqamli o‘lchash asboblari turli parametrlarni o‘lchashning istiqbolli o‘lchash vositasidir. Bu asboblarning narxi analogli asboblarga qaraganda qimmat bo‘lishiga qaramay, ularga bo‘lgan talab yuqori.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish