Rene Dekart
(1596–1650) har qanday mamlakat aholisining
grajdanlik va o‗qimishlilik darajasi bu erdagi falsafiy tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan
fikrni ilgari surgan
3
. Ingliz faylasufi
David YUm
(1711–1776) falsafaga bo‗lgan munosabat asosida
millatga «tashxis» qo‗yish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning fikricha,
falsafiy bilimga qiziqishning yo‗qligi millat tafakkurining cheklanganligi alomatidir.
Qadimgi yunon falsafasida bilim va xulq-atvor oliy ideali
donishmandlik
tushunchasi bilan
bog‗lanadi. U inson aqliga abadiyat va cheksizlik sari yo‗l ochadi, o‗tkinchi narsalarga sabr-
toqatlilikni o‗rgatadi. Aynan donishmandlik yordamida inson munosib va to‗laqonli hayotga
erishishi mumkin. Donishmandlikka intilayotgan odam har doim narsalar va hodisalar tabiatiga mos
ravishda ish ko‗rishi lozim.
Platon inson tanasi haqida gap borganda tabiblarni, o‗simliklar to‗g‗risida so‗z yuritilganda
esa – ziroatchilarni donishmandlar deb ataydi. U o‗zining «ideal davlat» haqidagi nazariyasida
jamiyatni uch tabaqaga: davlat arboblari – faylasuflar; soqchilar (harbiylar); dehqonlar va
hunarmandlarga ajratadi, bunday davlatda donolik, jasorat, sabr-bardoshlilik va adolat kabi to‗rt
tamoyil ustuvor bo‗lishi lozimligini ta‘kidlaydi.
Aristotel insonning qadr-qimmati uning aqliy faoliyatida ko‗zga tashlanadi, deb hisoblaydi.
O‗z davrining eng dono kishilaridan biri bo‗lgan Sitseron falsafaning mohiyatini quyidagicha
tuShuntiradi: «Falsafa (donishmandlik), qadimgi faylasuflar ta‘biri bilan aytganda, ilohiy va insoniy
qilmishlarni ularning sabablari va mohiyatlari nuqtai nazaridan bilishdir»
4
.
2
Платон. Соч.: В 3 т. – М., 1968- 1971. Т. 1. – 275-б.
3
Қаранг: Декарт Р. Избранные произведения. – М., 1950. – 412-б.
4
Иқтибос қуйидаги манбадан олинди: Платон и его эпоха. – М., 1979. – 105-б.
45
Sofistlar falsafani dunyoviy donishmandlik, mulohaza yuritish san‘ati sifatida tuShungan
bo‗lsalar, stoiklar donishmandlikning «amaliy maqsadlari»ga, ya‘ni o‗z hayotini oqilona tashkil
etishga qaratganlar. Faylasufning so‗zlari insonni azob-uqubatlardan forig‗ etishiga Epikurning
ishonchi komil bo‗lgan.
Qadimgi xitoy falsafasida donishmand-faylasuf «szi», ya‘ni o‗g‗il, bola deb atalgan. «Tyan
sze» - «Osmon o‗g‗li» degan ism ostida Yangi podsho paydo bo‗lishi bilan donishmand-
faylasufning unga mos keladigan, «szyun szi» - «podsho o‗g‗li» g‗oyalarini targ‗ib qiluvchi tipi
ham paydo bo‗lgan. qadimgi xitoy falsafasining muhim mezoni – «ideal munosabatlar qonuni»ga
odamlar o‗rtasida, oilada, jamiyatda, davlatda rioya qilish inson hayotining mazmuni hisoblangan;
bunga jamiyatda qabul qilingan me‘yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va Shu kabilarga izzat-ikrom
bilan yondashish imkoniyat yaratgan. Boshqacha aytganda, inson o‗z shaxsiy hayotini doim jamiyat
ravnaqi, kamoloti bilan o‗lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga
harakat qilish uchun o‗zini kamol toptirishi darkor
5
. qadimgi xitoy falsafasining buyuk
namoyandasi
Konfutsiy
(miloddan avvalgi 551-479 yillar) Shunday deb saboq beradi:
«qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‗rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring
(axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‗nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‗lsa, qalb
rostgo‗y va samimiy bo‗ladi. qalb rostgo‗y va samimiy bo‗lsa, inson to‗g‗ri yo‗lga kiradi, kamol
topadi. Inson to‗g‗ri yo‗lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‗rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa,
xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv
yashaydi»
1
. qadimgi xitoy faylasuflaridan yana biri –
Lao szi
(miloddan avvalgi VI asr boshlarida
yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‗zini biluvchi – donishmanddir», deb o‗rgatadi.
Donishmandlikning tarixan shakllangan gnoseologik, axloqiy va ekzistensial xususiyatlari
hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda va e‘tibordan soqit etilishi mumkin emas. Donishmandlik
fenomeni haqida umumiy tasavvur hosil qilish yo‗lidagi izlanishlar quyidagi natijalarga olib keladi.
Donishmandlik kundalik hayotdagi mulohazakorlikka qarama-qarshi qo‗yiladi. U mutlaqo go‗zal va
mutlaqo adolatli dunyoning mohiyatini intellektual anglab etishga intilish sifatida, haqiqatni qaror
toptirish yo‗lida beg‗araz xizmat qilish sifatida tuShuniladi. Bu nainki to‗liq bilim, balki ma‘naviy
barkamollik, ruhning ichki yaxlitligi hamdir. Bu Shunday bir e‘tiqodki, unga erishishda insonning
butun mohiyati ishtirok etadi. Donishmandlik belgisi sifatida me‘yor hissi amal qiladi. Uni intuitiv
aniqlash «hayot haqiqati»ni anglab etish sifatida namoyon bo‗ladi. Etuklik donishmandlikning
zaruriy sharti hisoblanadi. qisqa va lo‗nda hikmatlarda o‗z ifodasini topuvchi donishmandlik har bir
xalq hayotida mavjud bo‗ladi, maslahatlar va pand-nasihatlarning keng to‗plami vositasida uni
g‗amxo‗rlik bilan qo‗llab-quvvatlaydi. qadimgi afsonalar, rivoyatlar va hikmatlar ko‗rinishida u
avloddan-avlodga o‗tadi va ulardan har birining hayot yo‗lini engillashtiradi.
Falsafani ko‗pincha «tafakkur maktabi» deb ataydilar. U bir qolipda fikrlash uslubi tugagan,
oydek ravshan bo‗lgan narsa Shubha va taajjub uyg‗otgan joyda boshlanadi. Inson hayot mazmuni
bilan bog‗liq masalalar (Immanuil Kant tilida ular quyidagicha yangraydi: «Men nimani bilishim
mumkin?», «Men nima qilishim kerak?», «Men nimaga umid qilishim mumkin?», «Inson nima?»)
ustida bosh qotira boshlagani zahoti u darhol falsafaga «asir» tushadi, borliqni falsafiy anglab etish
sohasiga kirib qoladi. Ingliz faylasufi
Tomas Gobbs
(1588–1679): «Falsafa sening tafakkuring
farzandi... va sening o‗zingda yashaydi»
6
, deganida, bizningcha, to‗la haq bo‗lgan. Darhaqiqat,
falsafiy mulohaza yuritish har bir insonga xos xususiyat. Zero hayotning mazmuni, erkinlik, adolat
va umrboqiylik haqida mulohaza yuritishni biron-bir insonga taqiqlash mumkin emas.
Falsafa borliqni bilish, asoslar va birinchi tamoyillarni tadqiq etish bilan Shug‗ullanadigan
alohida soha sifatida, his etish, mushohada yuritish va tasavvur qilish tarzida amal qiladigan oddiy
ongdan farqli ravishda, tushunchalar vositasida bilishni nazarda tutadi. Tushunchalar bilan ish
ko‗rish san‘ati zaruriy aloqalar va sababiy bog‗lanishlarni aniqlashni, hayot taassurotlarining xaotik
tasodifiy oqimini tartibga solishni talab qiladi. Mulohaza kuchini tarbiyalash e‘tiborni jamlash, uni
predmetga qaratishni nazarda tutadi. Tafakkur intensional, ya‘ni u muayyan predmetga qarab
5
Қаранг: Лукьянов А.Е. Становление философии на Востоке. Древний Китай и Индия. – М., 1989. – 109-б.
1
Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М., 1995. – 139-б.
6
Гоббс Т. Избранные произведения: В 2 т. – М., 1964. Т. 1. – 49-б.
46
mo‗ljal oladi. Tafakkur predmetning tabiati haqidagi tasavvurga mos ravishda mulohaza yuritadi.
Predmetni o‗zida «idrok etgan» kishigina mazkur predmet o‗zi haqida so‗zlovchining tili bilan
gapirishiga umid qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |