Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Falsafiy bilim
. Falsafa san‘at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. 
Uning bosh vazifasi san‘at va din bilan uyg‗un holda– insonning dunyoda ma‘naviy mo‗ljal 
olishiga ko‗maklashishdan iborat. 
Falsafiy bilish ayni Shu maqsadga bo‗ysundirilgan. Falsafa 
umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning universal o‗zaro aloqasi, borliqning 
umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga 
bog‗lab o‗rganadi. Me‘yorlar va ideallar, ilmiy bilimlar va san‘at yutuqlari, insonning tashvishlari, 
ehtiyojlari, hayot mazmunini anglash yo‗lidagi izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy 
mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa jamiyat ongi, jamiyat madaniyatining nazariy 
ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur tarzi, qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni 
ko‗rib chiqish xususiyatini belgilaydigan madaniyat bilan uzviy bog‗liqdir. Falsafa umuman 
dunyoga va madaniyat sub‘ekti sifatidagi insonga murojaat etadi. Falsafiy bilim donishmandlik 
sifatida tavsiflanadi. Donishmandlik – dunyoni va insonning undagi o‗rnini yaxlit tushunish 
andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun muhim bo‗lgan haqiqatlarning tagiga etish uchun (ilmiy va 
noilmiy) bilimdan foydalanadi. Kant falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini 


178 
beruvchi eng so‗nggi maqsadlarini anglab etishni tushunishga, bu bilimlarning inson uchun 
ahamiyatini aniqlashga yordam beradi deb hisoblagan. Falsafa inson faoliyatini yo‗lga soluvchi 
tamoyillar, yondashuvlar, qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o‗z-o‗ziga 
munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi obrazini yaratib, falsafa 
muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat etadi. Etika, estetika, aksiologiya – falsafiy 
bilimning qadriyatlar dunyosini o‗rganuvchi maxsus sohalardir. Falsafa san‘atda o‗zining yorqin va 
ishonarli ifodasini topishi bejiz emas. Ko‗pgina faylasuflar uning metaforalarga boy obrazli tilidan 
o‗z g‗oyalarini ifodalash uchun foydalanadi.
Din kabi, falsafiy bilimning ham bosh maqsadi – insonni kundalik tashvishlar sohasidan olib 
chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish uyg‗otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, eng 
zamonaviy qadriyatlar sari yo‗l ochishdir. Biroq 
din – ommaviy ong bo‗lsa, falsafa – nafaqat 
iste‘dod, balki kasbiy bilim va ko‗nikmalarni ham talab qiluvchi elitar ongdir.
Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-texnikaviy va nazariy-ma‘naviy asoslarning uyg‗unlashishi 
uning ongning betakror shakli sifatidagi o‗ziga xos xususiyatini belgilaydi. Bu falsafa tarixida – 
tarixan vaqtda bir-biri bilan tasodifiy emas, balki muqarrar tarzda bog‗langan falsafiy 
ta‘limotlarning g‗oyaviy mazmunini meros qilib olish, rivojlantirish jarayonida ayniqsa bo‗rtib 
ko‗rinadi. Bu ta‘limotlarning barchasi – yaxlit bir butunning qismlari, xolos. Oqilonalikning boshqa 
sohalarida (masalan, fanda)gi kabi, falsafada ham Yangi bilim o‗zining avvalgi darajasidan voz 
kechmaydi, balki uni o‗zining ayrim ko‗rinishi sifatida o‗z tarkibida qoldiradi. Gegel tafakkur 
tarixida biz taraqqiyotni, mavhum (nomukammal, biryoqlama) bilimdan yanada aniqroq 
(mukammal, serqirra) bilim sari muttasil yuksalishini kuzatamiz, deb ta‘kidlagan edi. Falsafiy 
ta‘limotlarning ketma-ketligi ham g‗oya mantiqiy ta‘riflarining ketma-ketligi bilan asosan bir xil, 
ya‘ni bilish tarixi anglab etilayotgan predmetning ob‘ektiv mantig‗iga mos keladi.
Biroq falsafiy bilimning ma‘naviy (qadriyatlar va mo‗ljallar) qismi yuksalish qonuniga ham, 
hokimiyat va vaqtga ham bo‗ysunmaydi. U tarixiga «yuksak», «tuban» mezonlari bilan yondashish 
mumkin bo‗lmagan san‘atga yaqinroq. Nyuton ta‘biri bilan aytganda, olimlar o‗z 
o‗tmishdoshlarining «elkalari»da turadi: ular o‗z ijodi bilan bir umumiy ishni davom ettiradi, 
rivojlantiradi. San‘atkorlar esa bu safga kirmaydi. Zero, ularning har biri – alohida dunyo, alohida 
olam (lekin bu davrlar va avlodlarning badiiy tajribasida vorisiylikni istisno etmaydi). Buyuk 
san‘atkor o‗z davrining buyuk ifodachisi bo‗lib, ayni Shu ma‘noda uning ijodi odamlar uchun 
olamShumul ahamiyat kasb etadi.
Biroq falsafiy bilimning nazariy qismi, ya‘ni uning ichki mantiqi ancha murakkabdir. Bu 
falsafiy g‗oyaning serma‘noliligi, u rivojlantirilishi, har xil, hatto qarama-qarshi yo‗nalishlarda 
davom ettirilishi mumkinligi bilan izohlanadi. Masalan, Lokk (XVII asr ingliz faylasufi) 
falsafasidan uning izdoshlari (idealist Berkli va fransuz ma‘rifatchi materialistlari Didro, Golbax) 
bir-birini mutlaqo istisno etuvchi xulosalar: Berkli – sub‘ektiv-idealistik, fransuz mutafakkirlari – 
esa ma‘rifatchilik bilan bog‗liq xulosalar chiqarganlar. Kant, va Gegelning falsafiy g‗oyalari hozirgi 
zamon tafakkuriga asos soldi. Biroq har bir kantchi, gegelchining o‗z Kanti, o‗z Gegeli bor, 
ularning har biri o‗z o‗tmishdoshlarini o‗zicha talqin qiladi. Boz ustiga, biron-bir yirik faylasuf o‗z 
g‗oyalarini bitta yagona manbadan olmagan. Kant Leybnits va YUmga, Forobiy Aristotel va 
Platonga tayangan va hokazo. Bularning barchasi Yangi falsafiy bilimning vujudga kelishiga asos 
bo‗ladi. SHakllangan bu Yangi falsafiy bilimda esa ijodiy tanqid muhim rol o‗ynaydi.
Har qanday bilim singari, falsafiy bilim ham haqiqat va ishtiboh birligidir. Biroq 
gnoseologiyada bu tushunchalar alohida mazmun kasb etadi. Bu mazmun ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-
ma‘naviy xususiyatga ega bo‗lib, u muqarrar tarzda nafaqat bizning tafakkurimizni, balki unga 
bog‗liq bo‗lgan, unga asoslangan bizning harakatlarimizni ham baholashni o‗z ichiga oladi. Biroq, 
insonning oliy maqsadlari – uning universal, jismoniy, aqliy va ma‘naviy kuchlarini rivojlantirishga 
mos keladigan harakat (qilmish, qaror, niyat)gina haqiqiydir. Haqiqat, chin hayot kabi, insonning 
yuqorida zikr etilgan kuchlari va ijodiy qobiliyatini cheklamaydigan, toraytirmaydigan, balki ularni 
kengaytiradigan va rivojlantiradigan tamoyillar va qadriyatlarga rioya qilish demakdir. O‗z 
navbatida, ishtiboh ham oddiy sub‘ektiv mantiqiy xato, yanglishish yoki dushmanlarning 
kirdikorlari mahsuli emas, balki tarix yangliShuvining muqarrar natijasidir. Masalan, 


179 
kommunistlarning barcha yo‗llar bizning asrimizga, jamiyatni erkinlik, tenglik va birdamlikka 
etaklaydi, degan umid va ishonchlarini xatoga yo‗yish mumkin, chunki ularning birontasi ham o‗z 
tasdig‗ini topmadi. Biroq xatolar zamirida teran mazmun yotadi. Axloqiy imperativ (ideal, orzu) 
borliq emas, biroq u mazkur borliqning darakchisi. Jamiyatda axloqiy tushunchalar, qadriyatlarga 
munosabatning o‗zgarishi insoniyat millionlab kishilar hayotida olamShumul o‗zgarishlar Yuz 
berishi arafasida turganining eng aniq ko‗rsatkichidir. Zotan, g‗oyalar yo‗q joydan paydo 
bo‗lmaydi, osmondan tushmaydi. Ilmiy bilim ma‘nolar, maqsadlar, qadriyatlar va insonning 
qiziqishlariga befarq bo‗lsa, falsafiy bilim insonning dunyodagi o‗rni va roli haqidagi bilimdir.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish