Dinning asosiy ildizlari.
Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‗lib, u insonning
g‗ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‗lgan e‘tiqodini to‗yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi
avvalo inson tabiatida mavjud bo‗lib, u inson intellektining
rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat‘iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki
e‘tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo‗lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari
oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‗z rang-barangligida
insonga cheksiz murakkab bo‗lib tuyulishida namoyon bo‗ladi. Forobiy fikricha ―Din nazariy va
amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar e‘tiqodi, ta‘limi tarbiyasi yo‗llari ishlab
chiqilgandagina paydo bo‗ladi va mustahkamlanadi. Ana Shunday din tufayli omma baxt saodat
uchun etarli bilim olishi mumkin‖.
1
Odamzot o‗zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab etadi.
Ayni Shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‗‗jizalarga to‗ladir. Odamzot o‗zi e‘tiqod qiladigan
ko‗p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‗lmaganidek, yuqorida
zikr etilgan sirlar va mo‗‗jizalarga javob topishga ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar
qayd etganidek, «o‗ta mushkul vazifa aqlni o‗tmaslashtiradi», inson echimsiz muammolar
qarshisida o‗zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‗ayritabiiy narsalar bilan osongina
to‗ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari
jamiyatda doimo mavjud bo‗lgan tengsizlik, qashshoqlik va
adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‗zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog‗liq.
Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‗usi chorasizlik va umidsizlikni Yuzaga
keltiradi, so‗nggi zikr etilgan tuyg‗ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‗lgan
ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‗rgatadi.
Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‗ziga tayanch topa olmagan inson
g‗ayritabiiy kuchlarga umid bog‗lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e‘tiqod qilib, odamzot
taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinnning siyosiy ildizlari
turli siyosiy kuchlarning dindan o‗z mayda-chuyda manfaatlarida
foydalanish imkoniyati va Shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‗llab-quvvatlashi orqali, uning
jamiyatdagi roli va ta‘sirini kuchaytirishida namoyon bo‗ladi. Shu ma‘noda din va siyosat o‗rtasida
ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.
Dinning yashovchanligi Shu darajada mustahkamki, hatto hozirgi zamon fanining muhim
yutuqlari ham uning negiziga putur etkaza olgani yo‗q, ilmiy bilimning o‗sishi esa hatto olimlar
orasida ham dindorlar va Xudoga ishonmaydiganlarning foiz nisbatini deyarli o‗zgartirmaydi.
Masalan, tabiatShunoslik insoniyatga dunyoni bilish borasida cheksiz imkoniyatlar yaratayotgani
keng e‘tirof etilgan 1916 yilda Jeyms Lyuba o‗z tadqiqotlarida AQSH olimlarining 40% Xudoga
ishonishini asoslagan. 90-yillarning oxirida amerikalik tarixchilar E.Larson va I.Uitxem tomonidan
o‗tkazilgan Yangi tadqiqotlarda XX asrda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar va fan yutuqlari
ta‘sirida olimlar dunyoqarashi qay darajada o‗zgarganini aniqlashga qaror qildilar. Shu bois
ularning AQSHda tasodifiy tanlangan ijtimoiy fanlar namoyandalari va tabiatShunoslik vakillari
orasida o‗tkazgan so‗rovi olimlarning 40% avvalgidek Xudoga va narigi dunyoda hayot
mavjudligiga ishonishini ko‗rsatdi. Bunda Xudoga ishonmaydiganlar va ateistlar (Xudoning
borligini inkor etuvchilar) soni ham deyarli o‗zgargan emas va bugungi kunda, avvalgidek,
taxminan 45 va 15% ni tashkil etadi.
Davr, mamlakatlar va qit‘alardan qat‘iy nazar, diniy dunyoqarashning yashovchanligi
haqidagi umumiy xulosa O‗zbekistonda ham mavjud. XX asrda qariyb 80 yil dinni «fosh qilish»
uchun mavjud barcha dalillardan foydalangan kurashchan ateizm sharoitida yashagan
O‗zbekistonliklar orasida mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o‗zini dindor deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |