partiyalar mavjudligini ham talab qiladi.
Demokratiyaning samaradorligini ta‘minlashning yana bir muhim sharti jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining yuksak darajasiga erishishdir. So‗nggi ikki Yuz yillik mobaynida sanoat
inqilobi g‗arb jamiyati hayotining muhim omiliga aylandi. U shahar aholisi sezilarli darajada
o‗sishiga, sinfiy tuzilishning o‗zgarishiga, hayot andozalari, ta‘lim va sog‗liqni saqlash sezilarli
darajada yuksalishiga olib keldi.
Demokratiya siyosatni iqtisoddan va dunyoqarashga oid muammolardan ajratishni,
hokimiyatning bo‗linishini, samarali faoliyat olib boradigan sud tizimini talab qiladi.
Demokratiya erkin jamiyat qo‗lida samarali qurol bo‗lib qolishini belgilaydigan omillar
ro‗yxati u doim muayyan ijtimoiy kontekstda amalga oshirilishini va hokimiyatni saylovda g‗alaba
qozongan ko‗pchilikka beradigan umumiy saylov huquqidangina iborat emasligini ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |