Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. 
Hozirgi zamon jamiyati o‗ta murakkab va faol 
ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‗lgan jamiyat sifatida 
tavsiflash mumkin: 

u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‗ich g‗oyani o‗zida mujassamlashtirmaydi, 
jamiyatning barcha a‘zolari uchun muqarrar bo‗lgan olamShumul maqsadga ega bo‗lmaydi; 

u o‗z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi; 

unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‗ysunish hisobiga 
emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi; 

mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan 
chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir; 

uning individlari erkin va mustaqil bo‗lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot 
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‗zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda 
qabul qilishga haqlidirlar; 

individlar shak-Shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, Shu jumladan 
fikrlash va so‗z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan 
boshqa joyga ko‗chib yurish erkinligi, o‗zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga 
egadirlar; 

bu ko‗ppartiyaviy jamiyat bo‗lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviy-
hokimiyat vakolatlariga ega emaslar; 

davlat hokimiyati va mahalliy o‗zini o‗zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan 
saylanadi; 

hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan.


212 
Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‗rinni egallaydi: 
fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko‗ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‗linishi, 
xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‗g‗ridan-to‗g‗ri aralaShuvidan 
qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona 
mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi. Kishilarning rang-barang 
manfaatlari ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‗yobga chiqariladi, bunga erishish uchun 
ular davlat oldida hisobdor bo‗lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. 
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini 
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. 
CHunonchi, ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSHda Yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‗ bilan ta‘minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi 
hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‗g‗ri keladi.
XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‗llab-quvvatlovchi 
ijtimoiy sharoitlar to‗g‗risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy 
tashkilotlar tuzishga bo‗lgan moyilligiga alohida e‘tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va 
qiziqishlarga ega bo‗lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar. Bular 
tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan 
birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma‘naviy uyushmalar, 
jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‗p kishilik va atigi bir nechta a‘zodan iborat 
birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‗zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‗lgan 
maqsadga bahamjihat erishish san‘atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining 
mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‗proq qo‗llay boshladilar».
1
Fuqarolarning birlashmalari o‗z a‘zolarida hamkorlik, hamjihatlik va jamiyatga sadoqat 
tuyg‗ulari rivojlanishiga ko‗maklashadi. Keng maqsadli guruhga ixtiyoriy qo‗shiladigan individlar 
nafaqat hamjihatlik ko‗nikmalarini va kollektiv harakatlar uchun fuqarolik mas‘uliyati hissini kasb 
etadilar, balki o‗zini o‗zi boshqarish, sabr-toqatlilikni va boshqalar fikrini hurmat qilishni 
o‗rganadilar.
Davlat doim fuqarolar hayotining barcha tomonlarini o‗z nazorati ostiga olishga, ularning 
tartibga solinmagan faoliyati doirasini toraytirishga, ularni bir-biridan ajratish va tarqatishga harakat 
qiladi. Fuqarolik jamiyati davlatga o‗z faoliyat sohasini kengaytirish va uni kishilarning axloqiy, 
ma‘naviy, diniy, milliy va boshqa munosabatlariga tatbiq etishga yo‗l qo‗ymaydi. Davlat fuqarolik 
jamiyatini «yutib yuborishi» totalitarizmga xos bo‗lgan xususiyatlardan biridir. 
Fuqarolik jamiyati davlatga muttasil ta‘sir ko‗rsatadi. Bu Shunday bir ta‘sirki, usiz davlat 
o‗z vakolatlari doirasini toraytirishga hech qachon bormagan bo‗lur edi
. Davlatga fuqarolik 
jamiyati ta‘sirining bosh mexanizmi demokratiya (yunon. «demos» - xalq va «kratos» - hokimiyat) 
– vaqti-vaqti bilan boshqariluvchilar boshqaruvchilarga o‗z hukmini o‗tkazishidir. Davlat va 
fuqarolik jamiyatining bu qarama-qarshiligi va ayni vaqtda o‗zaro bog‗liqligi erkinlikning muhim 
shartidir.
O‗zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi demokratik o‗zgarishlarning 
negizidir. Kishilarni ijtimoiy tartibni ixtiyoriy ravishda, cho‗chimasdan qabul qilishga majbur 
etadigan sharoitlar faqat fuqarolik jamiyatida mavjuddir.
Siyosiy erkinlik – fuqaroning davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqi
. Bu erkinlik faqat 
demokratiya sharoitida, ya‘ni hamma o‗z xohish-irodasini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‗lgan 
sharoitlarda ro‗yobga chiqarilishi mumkin. «Formal demokratiya, ya‘ni erkin, teng huquqli va 
yashirin ovoz berish huquqi erkinlikning kafolati emas, balki aksincha, unga tahdiddir»
1
, deb yozadi 
K.YAspers. 
1
А.де Токвиль. Избранные призведения. –М.: 2003. –С 45. 
1
Ясперс К. Смысл и назначение истории. –М.: 1991. –С 124 


213 
Demokratiya mexanizmi samarali faoliyat ko‗rsatishining asosiy shartlaridan biri qonunga 
zid aralaShuvlardan muhofaza etilgan barqaror fuqarolik jamiyatining mavjudligidir. Shunday 
shartlardan yana biri huquqiy davlat - qonunlar faqat huquqiy yo‗l bilan qabul qilinadigan va 
hammaga teng tatbiq etiladigan davlatdir. Bunday davlat insonni zo‗ravonlikdan himoya qilish 
orqali unga o‗z qarashlari va xohish-irodasini ifoda etish yoki demokratiya uchun imkoniyat 
yaratadi.
Demokratiya ochiq va hech narsa bilan cheklanmagan bahs-munozara imkoniyatini nazarda 
tutadi. Bunga erishish uchun matbuot, yig‗ilishlar, so‗z erkinligi talab etiladi. Demokratiya siyosiy 
Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish