Eten Bonno de Kondilyak
(1714-1780) ishlab chiqqan bilish nazariyasi falsafa tarixida
ayniqsa muhim rol o‗ynadi. U o‗zining «Inson bilimlarining kelib chiqishi haqida tajriba»,
«Sezgilar haqida risola», «Tizimlar haqida risola», «Hayvonlar haqida risola» deb nomlangan
asarlarida Lokkni sensualizm va empirizm tamoyilini amalga tatbiq etishda noizchillikda ayblab,
bilishning sensualistik nazariyasini asoslashga harakat qiladi. Kondilyak fikriga ko‗ra, inson
dunyoga kelganda, u nafaqat hech narsani bilmaydi, balki sezish qobiliyatiga ham ega bo‗lmaydi.
Bularning barchasini u tajriba orqali o‗zlashtiradi. Kondilyak sezgi azaldan biron-bir mazmunga
ega emas, lekin u lazzatlanish va azob-uqubatni aks ettirishga qodir, Shu bois, u yoqimli va
ko‗ngilsiz bo‗ladi va xotirada saqlanib qoladi, deb hisoblaydi.
Hissiyotdan mavxum fikrlashga o‗tish, Kondilyak fikriga ko‗ra, uzluksiz jarayon sifatida Yuz
beradi: mayl, xotira izidan taqqoslash va mulohaza yuritish keladi. Kondilyak g‗oyalarga borliqqa
bog‗liq bo‗lmagan holda mavjudlik xossasini yuklashga bo‗lgan har qanday urinishlarga qarshi
chiqadi. Borliqni u g‗oyalardan qat‘iy nazar mavjud bo‗lgan hodisalar sifatida tasavvur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |