Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги


DUTOR NAVOSI ASARI TAHLILI



Download 0,71 Mb.
bet12/17
Sana18.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#457003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Dildora zashita

2.2 DUTOR NAVOSI ASARI TAHLILI.
So’nggi yillarda musiqa ijrochiligi amaliyoti yangicha tus ola boshladi, ya’ni ijrochilikda o’ziga xoslik paydo bo’lmoqda. Tarixiy, ko’xna va navqiron shaxarlar va o’tmish qaxramonlarini madh etuvchi asarlar ko’payib bormoqda. San’at ahlining salohiyati yutuqlarni namoyon etishda faol xizmat qiladigan omillardan biri bu bastakorlik san’atidir. U musiqa merosimizning ummoni hisoblanadi. Zamonaviy talab esa ana shu ummondan bahramand bo’lgan professional musiqa ijodkorlari, ya’ni kompozitorlar an’analariga tayanadi.
Kompozitor Habibullo Rahimovning ijodiy yutug’i shundaki, har bir asari xalqchil, milliy ohang ruhiyati bilan sug’orilgan, musiqa ijodiga bo’lgan munosabati juda keng qamrovli va ko’pdir. Janrlar qamrovi hamda ularni professional darajada umumbashariyat musiqa san’atiga mutanosib holda yaratishini alohida e’tirof etish joizdir. Shu nuqtaiy nazardan Habibullo Rahimovni zamonaviy ilg′or kompozitorlar qatorida ko′rish mumkin. Zero, zamon ruhi uning asarlarida o′tmish an’analari negizida aksini topadi. O′zbek musiqa sa’natining zamonaviy ommabop jarayoni ham kompozitor uchun befarq emas.
Uning xalq cholg′ulari uchun yaratgan turli janrladagi asarlarini bilamiz, shu jumladan, dutor alt va orkestr uchun yozilgan “Dutor navosi” asari o′ziga xos asardir. Bu asar kompozitor ijodida cholg′u sozi uchun yaratilgan asarlari ichida alohida o′rin egallaydi.
Habibullo Rahimov mazkur asari bilan dutor alt cholg′usining imkoniyati qanchalik kengligini ko′rsatib bergan. Ijrochi ushbu asarni ijro etish uchun yuksak maxoratga ega bo′lishi, badiiy jihatdan mukammal ijro eta olishi, cholg′uning imkoniyatlarini to′la-to′kis ko′rsata oladigan darajada mohir sozanda sifatida shakllanishi talab etiladi. Asarning xarakteri, badiiy obraz yo’nalishi, kulminatsiyasi va umumiy tuzilishini anglab olish to’laqonli ijroga yordam beradi. Asar nazariy jihatdan o’zlashtirilgandan so’ng amaliy ijrosiga o’tiladi.
Dutor navosi (Fantaziya)Tojik xalq kuylari asosida fantaziya qilib yozilgan. Fantaziya deb ataladigan asarlar shakli umuman juda xilma-xil bo’ladi. Garchi bu nom asar materialini taqsimlashda ancha erkinlik bo’lishini ko’rsatib tursa-da, aslida fantaziyaning shakli biror bir shakl (uch qismli, rondo, sonata va shunga o’xshash) turiga yaqin bo’ladi. Asar ritmikali variatsiya shaklida bo’lib, 4/4 o’lchovida, kirish bilan boshlangan, kirish qismi re minor (garmonik) holatida, tempi sostenuto yozilgan. Boshidagi beshta takti 4/4 o’lchovida bo’lib oltinchi taktdan 3/4 o’lchoviga o’tadi va to’rtta taktdan so’ng rivojlanib yana 4/4 o’lchovida ikkinchi taktidan poco a poco acellerando va kreshendo bilan kirish qismining avjiga boriladi. Kirish qismidagi avjda o’lchov 2/4 bo’lib yana 4/4 o’lchoviga qaytadi, to’rtta taktdan so’ng 3/4 o’lchoviga o’tib poco rit. bo’lib triol shtrixida birinchi qismga o’tiladi.
Asarning birinchi qismi 7/4 murakkab o’lchovda yozilgan. Haqiqiy Tojik xalqining nafasi kelib turadigan ritm, usul birinchi qismning asosi hisoblanadi. Ijrochidan usul bilan ohangni aniq ijro etish talab etiladi. Birinchi qismning boshida orkestr ikkita takt usul beradi uchinchi taktdan solo qo’shiladi. Bu yerda dutorda to’rtta takt re minorda chiroyli garmoniyada usul beradi va orkestr keyinggi taktlarida dutorga javob qaytaradi. Asar asosan savol-javob tarzida yozilgan desak, adashmaymiz. Chunki oldin dutorda mavzu borsa, unga orkestr albatta javob qaytaradi. Dutorda tovushlarning yuqorilab borishi pauzalar vaqtida orkestrda xuddi o’sha notalarda mavzuning yorqin yangrashi asarni yanada jozibador qilgan Birinchi qism 7/8 o’lchovida davom etib oxirgi reprizadan so’ng rit.bilan ikkinchi variatsiyaga o’tiladi.
Bu yangi mavzuda kuyning o′lchovi 6/8 o′lchoviga o′zgaradi. Bu epizodda kuyning tempi piu mosso harakatchan holga o’tadi. Tonallik saqlangan holda oddiy zarbda, aylanma, ufori zarblarning moxirona qo’llanilishi asarni yanada ijro jihatdan boyitadi. Ijrochi bu mavzuni to′la diqqat e’tibor bilan ijro etishi lozim.
Ikkinchi variatsiyani 6/8 o’lchovida orkestr to’rtta taktni repriza qilib boshlab beradi. Ikkinchi variatsiyani frazalarga bo’ladigan bo’lsak, orkestr ikkinchi qismni boshlagandan so’ng beshta fraza ya’ni beshta kichik mavzu dutorda chalinganidan so’ng solo orkestrga o’tadi. Shu joyiga kelganda orkestrdan mahorat talab etiladi, chunki orkestrda bas va akkomponientlardan tashaqari barcha cholg’ularda mavzu jaranglaydi. Ma’lum kichik mavzulardan so’ng solo yana dutorga o’tadi. Ikkinchi variatsiyaning oxiriga to’rt takt qolganida ikkita takt dutorda va xuddi shu ohang orkestrda qaytariladi, bu ohang uchinchi variatsiyaga o’tishni ta’minlab beradi.
Uchinchi qism ya’ni uchinchi variatsiya 2/4 o’lchovida yana sho’x va harakatchan usulda, piu mosso tempida davom etadi. Asar nafaqat mukammal ijrochilik malakalari, balki yuqorida aytib o′tilganidek asarni teran mazmunan his etib munosib tarzda ijro talqiniga erishish darajasida shakllanagan sozandachilik qobiliyatini talab etadi. Asarda ijrochi uchun qiyinchilik tug′diradiga juda ham ko′plab tomonlar mavjud. Agar ijrochi asar ijrosi uchun puxta tayyorgarlik ko′rmasa, bu asarni mohirona ijro eta olmaydi. Sababi asarda o’lchovlarning almashinuvi, o′lchovlarni bir-biriga ulab ijro qilishda, orkestr bilan bir xilda ijro qilishda ijrochidan juda aniq ritmni his qilishni talab etadi. Asarning barcha variatsiyalarida asosiy mavzu saqlanib qolinadi. Ritm hamda usullar o’zgaradi va kuyning boshidan oxirigacha ohang hamda temp rivojlanib boraveradi. Uchinchi qismda o’n talik notalar asosan teskari shtrixda ijro etiladi.

Uchinchi variatsiyaning shu joyiga yetgandan so’ng dutorda cadenza boshlanadi. Tonallik saqlanib qoladi va ijrochiga erkinlik beriladi. Asar ko’plab ko’rik-tanlovlarda majburiy asar qilib qo’yilgan va ko’rik-tanlov ishtirokchilari asosiy mavzu hamda tonallikdan chiqmagan holda cadenzani improvizatsiya qilib ijro etishgan. Cadenzada ijrochi bor mahoratini ishga solib ijro qilishi muhim. Chunki uchinchi qism juda sho’x va yuqori pardalarda yangraydi. Har xil shtrix, farshlag va nolalardan foydalanib pirranglarni ijro etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Cadenzaning oxiri pirrang shtrixini mahorat ijro etish bilan nihoyasiga yetadi. Cadenzadan so’ng oxirgi variatsiyaga kelamiz.
Oxirgi variatsiya allegro sur’atida davom etadi. Kirish qismida dutorda ijro etilgan mavzu orkestrda qaytariladi. Dutor bir xil ritmda accomponient vazifasini o’taganday bo’ladi. Bu mavzuda bitta tovushni xato ketishi ham aniq seziladi. Bunday xato kuyni harakterini o′zgartirib, ansamblni yo′qotishi mumkin. shuning uchun ijrochi chalg′imasdan bor diqqat e’tiborini kuyga qaratishi lozim. Bitta tovushni xato ketishi yaqqol sezilishi bilan bir qatorda ijrochining keyingi adashish, chalg′ish xatolariga ham asos bo′ladi. Oxirgi qismda orkestrda kuy brogan sari rivojlanib yuqori pardalarda f dinamikasida yangraydi. Asar tugashiga o’n olti takt qolganda sakkiz takt orkestrning o’zi ijro qiladi. Man shu sakkiz taktda orkestr o’zining to’laqonli mahoratini ko’rsatsa bo’ladi. Sakkiz taktdan so’ng dutor tremolo shtixida orkestrga qo’shilib ijro qiladi va asar orkestrning shiddati hamda dutor jozibasi bilan yakunlanadi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish