1.2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ta’lim sohasiga oid me’yorlar va ularning kafolatlari
Har bir suveren davlatning bosh huquqiy asosi bu uning Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyamizning yaratilishi o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini bosib o‘tganligi bilan tavsiflanadi. O‘tish davridagi murakkab zamonda yaratilgan ushbu bebaxo va benazir hujjat asosiy qonun shaklida jamiyatning, xalqning manfaati xamda kelajagiga umid va ishonch uyg‘otdi, ijtimoiy taraqqiyotga mo‘ljal oluvchi yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Konstitutsiyamizning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qizg‘in muxokamalar natijasida suveren demokratik davlatning Konstitutsiyasi sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda:
birinchidan, ushbu hujjatda huquqiy va siyosiy ongning eng yuksak yutuqlarini, xozirgi zamon, konstitutsiyaviylik ilmini o‘ziga jalb etgani, o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanilganligi;
ikkinchidan, bu hujjat, O‘zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy tizimni amalda boshqa tizimga aylanganligini, tubdan o‘zgarish ro‘y berganini Konstitutsiyaviy mustahkamlaganligini ko‘rish mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi siyosiy hujjatdir. Unda ijtimoiy-siyosiy xususiyat, uni rivojlantirishning asosiy g‘oyalari, respublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Konstitutsiyada avvalo insonparvarlik, adolat g‘oyalari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning “insonga qaratilganligi” xususiyatini alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Konstitutsiyaning markazida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi.
Mazmun mohiyati bilan huquqiy demokratik davlatda hech bir fuqaro hech bir odam o‘z ijtimoiy- shahsiy hayotini, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi. SHuning uchun ham biz Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini chuqur bilishimiz, oldimizda turgan muammolarni echishda Asosiy Qonunimizdan javob topishga intilishimiz lozim.
Prezident SHavkat Mirziyoev ta’qidlaganidek: “Asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion va industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos o‘rin egallamoqda. Aynan shu sababli Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish - barchamizning sharafli burchimizdir”.
Asosiy Qonunimizning oldingi qonunlardan va boshqa davlatlarning Konstitutsiyalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |