“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
deb
1
nomladilar.
Shuning uchun raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish –
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor
vazifalardan bo‘lishi yuritilayotgan ijtimoiy
-iqtisodiy siyosatning asosi hisoblanadi.
Mazkur o‘ziga xos rivojlanish
va islohotlar 2020 yil va keyingi yillarda ham
iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur maqsadli vazifalardan hisoblanadi.
Xususan, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minla
sh va inflyatsiyani
jilovlash
–
iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa hisoblanadi. Shu bois
O’zbekistonda bu yildan boshlab inflyatsiyani targetlash tizimi joriy qilinib,
iqtisodiy o‘sish bilan inflyatsiya o‘rtasida muvozanatni ta’minlash va tashqi
iqtisodiy xavf-
xatarlarni inobatga olish ko’zda tutilgan. Shuning uchun erkin
raqobatni rivojlantirish orqali ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni
ta’minlash natijasida narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga erishish muhim
vazifa bo’lm
oqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
farmoni
da “milliy
iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat,
xizmatlar
ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini
ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish,
shu asosda ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar
tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga
tubdan o‘zgartirish, turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli
va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash,
turizm infratuzilmas
ini kengaytirish” belgilab
2
berilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Ha
rakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi
farmoni (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son):
–
T.: Adolat, 2018. 26 - bet.
351
Bugungi kunda O’zbekistonda jadal amalga oshirilayotgan islohotlar va
yangilanishlar Davlatimiz tomonidan ijtimoiy -
iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga
qaratilgan strategiya ratsional asosda ishlab chiqilganligini, islohotlarning ustuvor
yo‘nalishlari aso
sli belgilanganligini va ularni amalga oshirish maqsadida
ko’rsatilgan vazifalar izchilligini natijasi erishilayotgan yutuqlarda va qo’lga
kiritilayotgan marralarda o’z aksini topmoqda. Aynan hozirgi O‘zbekiston
sharoitida amalga oshirilib kelinayotgan muhim yangiliklardan biri bu barcha
sohalardagi ijobiy yutuqlar qatorida investitsiyalar hajmi sezilarli darajada
oshganligi hisoblanadi.
Xususan, 2019 yilda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
4,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan
–
3,1 mlrd. AQSh dollariga
yoki 3,7 martaga
1
ortgan
.
Shuningdek, investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga
nisbati 37 foizga yetganligi islohotlarning hosili sifatida namoyon bo’lmoqda.
O‘zbekiston birinchi marta 2019 yilda xalqaro kredit reytingini oldi
va jahon moliya
bozorida 1 mlrd. AQSh dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirishga
erishdi. Bundan tashqari, iqtisodiyotimizda energetika, neft-gaz, geologiya,
transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi, issiqlik ta’m
inoti va
boshqa ko’plab tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar yo’lga qo’yildi. Qolaversa,
milliy sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni
kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Shu bois 2019 yilda iqtisodiy
o
‘sish 5,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga,
eksport hajmi
–
28 foizga
2
ortgan. Mazkur jarayonlar natijasida O’zbekiston, Jahon
bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish
ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8
-
o‘rinni egallagan va eng
yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy olgan. Ushbu jarayonlar barcha sohalar
qatori turizm sektorida ham o’z aksini topib, Respublikamizga 86 ta davlat
fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy
etilishi natijasida 2019 yilda 6,7 mln. nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, bu
ko’rsatkichni 2016 yil bilan taqqoslaganda 4,7 mln. nafarga yoki 3,3 barobarga ko‘p
demakdir.
O‘zbekiston Resp
ublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomasida
“Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol
investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur. Joriy yilda 23 milliard dollarlik
investitsiyalar o‘zlashtiril
adi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.
2020 yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni
qo‘llab
-quvvatlash maqsadida ul
arga soliqlarni bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash, infratuzilma
yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy
etilmoqda. Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda yangi texnologik uskunalar
xarid qilish, yangi obyektlarni qurish va modernizat
siya qilish xarajatlari bo‘yicha
chegirmalar kengaytirildi” deb
3
bu boradagi faoliyatlarning ko’lamini va mohiyatini
ko’rsatib bergan.
Milliy
iqtisodiyotni muttasil rivojlantirish maqsadida
investitsiyaviy faollikni yanada kuchaytirish va yangi imkoniyatlarni yaratib berish
1
Stat.uz
2
Stat.uz
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020.
352
zarur hisoblanadi. Aynan joriy yilda 23 mlrd. dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish
va 206 ta yangi yirik quvvatlar ish
ga tushirilishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, joriy
yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning asosiy qismi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalardan va kreditlar iborat bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur
jarayonda investorlarni qo‘llab
-quvvat
lash uchun soliqlarni bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash,
infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash va boshqa
mexanizmlari joriy etilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning yana bir yo’nalishi ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida davlat
ulushini keskin kamaytirish
ko‘rinishida amalga oshishi talab etiladi. Mamlakatda investitsiyalarni
o’zlashtirishning samarali vositalaridan biri bu davlat
- xususiy sheriklik
mexanizmlari asosida faoliyat olib borish bo’lib, unga ko’ra hozirgi kundagi
is
lohotlar jarayonida mazkur mexanizmni transport, energetika, yo‘l, kommunal,
tibbiyot, ta’lim va boshqa shu kabi sohalarga keng tatbiq etish ahamiyatli
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda qurilish sohasi milliy iqtisodiyotning eng ustuvor yo’nalishiga
va lokomativ kuchiga aylangan. Zero, bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
salmoqli darajaga chiqqanligi uning ahamiyatini isbotlaydi. Shu bois bu tarmoqni
muttasil rivojlantirish uchun qurilish bilan bog’liq mezonlarni xalqaro standartlar
darajasiga chiqarish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq
etish talab etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda barqaror va samarali
iqtisodiyotni barpo qilish maqsadida yaqin yillarda amalga oshirib kelinayotgan
ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar o‘zining mevas
ini bermoqda. Ayniqsa, keying yillarda
juda qisqa vaqt mobaynida milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘zgarishlarning
ta’minlanishi, ishlab chiqarishda chuqur tarkibiy takomillashuvni va
diversifikatsiyani amalga oshirilishi hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
izchil rivojlanishni yo‘lga qo‘yilishi, jahon bozori talablariga mos keladigan
samarali tashqi savdoning vujudga kelishi, xususan, eksportni jadal kengayishi va
texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar salmog‘ini oshirish
borasidagi harakatlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda xorijiy
investitsiyalar o‘zlashtirishni kuchaytirish va unda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar ulushini ortishiga erishish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab
chiqarish tizimini va tashkiliy tuzilishini isloh qilish, sanoat va qayta ishlash tizimini
takomillashtirish, xizmat sektorlarini rivojlantirish va unda zamonaviy xizmatlar
rolini oshirish, milliy bank-moliya tizimini chuqur isloh qilish va ular faoliyatini
rivojlantirish, kichik
va o’rta biznes bo’g’inlarini jadal kuchaytirish, xususiy
tadbirkorlikni va kichik biznesni tashkil etishni barqaror rivojlantirishga erishish
maqsadida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlar kelajakda beqiyos yutuqlar
va ahamiyatli natijalarga erishish uchun asos hisoblanadi.
Mamlakatimizda keng-
ko’lamli islohotlar va o’zgarishlarni amalga oshirish
jarayonida milliy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni jadal joriy etish yangi
O’zbekistonning salohiyatini keskin darajada kuchaytirishga asos bo’
ladi. Ayni
paytda mamlakatimizda mazkur faoliyatni joriy etish va rivojlantirish uchun
imkoniyatlar yetarli darajada hisoblanadi.
353
Do'stlaringiz bilan baham: |