Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт


RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUV SHAROITIDA ELEKTRON



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUV SHAROITIDA ELEKTRON 
TIJORAT VA UNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
 
Fayzullayev B.O

 O

zMU magistranti 
Bugun qaysi bir soha yoki tarmoqqa e’tibor qaratmaylik, barcha barchasiga 
raqamli texnologiyalar kirib borganining guvohi bo’lmoqdamiz. Ayni kunda istalgan 
sohada insonlarga taklif etilayotgan xizmatlar majmuasining sifat va miqdor 
ko’rsatkichlari yuqorilashiga, tarmoqlar rivojlanishining jadallashuviga ham raqamli 
transformatsiyani, raqamli texnologiyalar taraqqiyotini asosiy sabablardan biri sifatida 
ko’rsatishimiz mumkin.
Hozirgi kunga kelib eng rivojlanayotgan biznes turlaridan biri, shak-shubhasiz, 
xizmat ko’rsatishni
zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg’unlikda tashkil 
etayotgan elekton tijorat subyektlaridir. Elektron tijorat ostida tovar buyurtmasini 
qabul qilish, to'lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi 
boshqaruvda qatnashuvni o'z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli 
texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va 
elektron vositalar yordamida o'tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik 
(jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o'tishi ta'minlanadi1.
Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari hamda ijobiy tomonlari mavjud. 
Masalan, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi inson uchun eng 
qimmatbaho boʼlgan vaqtni tejashga, undan unumli foydalanishga koʼmaklashishi 
mumkin. Raqamli iqtisodiyot davlat, biznes va fanni birlashtiradi. Raqamli 
iqtisodiyotda boshqa xalqaro tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga boʼla olis
hga 
erishish uchun «umumiy darcha» 
mexanizmidagi maʼlumotlar modellari va hujjatlar 
xalqaro standartlari va tavsiyalari asosida tashkil qilinishi lozim. Uygʼunlashtirish 
lozim boʼlgan xabarlar va hujjatlarning boshlangʼich maʼlumotlarini qamrab oladigan 
maʼlumotlar roʼyxatini tuzishda, shuningdek, milliy maʼlumotlar modelini 
shakllantirishda ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash 
zarur. 
Raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotda tutgan o’rni 2020
-yilda boshlangan 
“Covid
-
19” pandemiyasida yanada yaqqol namoyon bo’ldi. Barcha operatsiyalar
-ning 
masofaviy amalga oshirilishi natijasida ular hayotimizning yanada ajralmas qismiga 
aylanib ulgurdi. Xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan maxsus ilovalarning ishlab 
chiqilishi, ularning jozibadorligini oshirish maqsadida mijozlarga xizmatdan 
foydalanganlik uchun “cashback”larning sovg’a etilishi ham insoniyatni raqamli 
texnologiyalar tomon “burib” yuboruvchi omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
Barcha sohalar elektronlashuv taraqqiyotini boshdan kechirayotgan bir paytda 
iqtiso
diyotning raqamlashish jarayoni bugungi kunda sugʼurta faoliyatiga ham jid
-diy 
taʼsir koʼrsatmoqda. Texnologiyalar, birinchi navbatda, internet, raqamli, mobil va 
ijtimoiy platformalar sohasidagi tub oʼzgarishlar mijozlarning xohish
-istaklari-da, 
ularning xatti-
harakatlarida va qarorlar qabul qilishlarida sezilarli oʼzgarishlarga olib 
keldi.
1
https://studfile.net/preview/7882891/page:2/ 


489 
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomalarida taʼkidlaganlaridek “Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar 
va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur. Bu bizga yuksalishning 
eng qisqa yoʼlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga 
axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.” Shu bilan birga mamlakatimizda 
bundan buyon “.....zamonaviy sugʼurta xizmatlari yoʼlga qoʼyiladi.....”
1, - 
deya eʼtirof 
etildi. Bu esa albatta Oʼzbekistonda sugʼurta tizimini yangi, zamonaviylashgan va 
jahon standarlariga mos ravishda rivojlantirishni, yangi innovatsion sugʼurta 
mahsulotlarini joriy etishni talab qiladi. 
2030-
yilga qadar “Raqamli iqtisodiyot” konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan 
ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Davlat boshqaruvi tizimini yanada 
takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017

2021 yillarda 
Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida 2018-yil 3-
iyulda Oʼzbekis
ton 
Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish chora-
tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori
2 qabul qilindi. Mazkur qarorga 
koʼra, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning galdagi muhim vazifalari sifatida –
investitsion va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun 
kriptoaktivlar aylanmasi sohasida turli faoliyatlarni, jumladan, mayning (turli 
kriptovalyutalarda yangi birliklar va komission yigʼimlar formatida mukofot olish 
imkoniya
tini beruvchi yangi bloklar yaratish va taqsimlovchi platformani qoʼllab
-
quvvatlash boʼyicha faoliyat), smart kontraktlar (raqamli tranzaktsiyalarni avtomatik 
tartibda amalga oshirish boʼyicha huquq va majburiyatlar bitilgan elektron shartnoma), 
konsalting
, emissiya, ayirboshlash, saqlash, tarqatish, boshqarish, sugʼurtalash, kraud
-
fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy 
etish va rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash, kriptovalyutalar va xorijiy 
tashkilot
lar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, bu borada huquqiy bazani yaratish 
kabilar nazarda tutilgan.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayoni sugʼurtalovchilar faoliyatiga ham jiddiy 
taʼsir etadi. Raqamlashtirish sugʼurtalovchilarning bazaviy innovatsiyalarda

manfaatdorligini belgilab beradi. Ular sugʼurta jarayonlari va mexanizmlarini 
soddalashtirish maqsadida raqamli texnologiyalardan borgan sari faolroq foydala-nadi. 
Bunday texnologiyalarga, xususan, avtomatlashtirish, chatbotlar (chatbots), 
maʼlumotga bulut ichida ishlov berish (cloud computing), sunʼiy intellekt elementlari 
boʼlgan texnologiyalar (artificial intelligence) misol boʼla oladi.
Sugʼurta kompaniyalari faoliyatining maqsadi sugʼurta qildiruvchilarning 
ehtiyojlarini qondirishga qaratilishi lozim, ularning ehtiyojlari albatta iqtisodiyot 
raqamlashtirilishi munosabati bilan oʼzgarib boradi. 
Raqamli sugʼurtalash yoki internet
-
sugʼurta –
bu sugʼurtaga boʼlgan ehtiyojlarni 
raqamli texnologiyalar orqali qondirish usulidir. 
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga M
urojaatnomasi. //Xalq so’zi. 2020
-yil 25-
yanvar 
2
https://lex.uz/docs/-4800657 


490 
Bugungi kunda internet orqal
i tovar sotish kabi internetsugʼurta xizmatlarini 
koʼrsatish quyidagi afzalliklarga ega:
-
uydan chiqmasdan sugʼurta bozori, sugʼurta kompaniyasi va u tomonidan taklif 
etilayotgan sugʼurta xizmatlari toʼgʼrisida maʼlumotlarga ega boʼlish imkoniyatining 
mavjudligi;
-
sugʼurta kompaniyasining maxsus sayti yoki dasturidagi kalkulyator yordamida 
sugʼurta mukofotini mustaqil hisoblash; 
-
turli sugʼurta shakllari boʼyicha maslahatlarni onlayn tartibda olish;
-
elektron sugʼurta shartnomasi tuzish uchun internet orq
ali murojaat qilish; 
-
internet orqali elektron sugʼurta shartnomasini tuzish va sugʼurta mukofotini toʼlash; 
-
sugʼurta shartnomasi boʼyicha onlayn shartnoma olish;
-
sugʼurta hodisasi roʼy berganligini internet orqali xabar berish va toʼlovlarni internet 
orqali olish. 
Sugʼurta bozorida internet sugʼurta xizmatlarining rivojlanishini baholash uchun 
quyidagi koʼrsatkichlardan foydalanish mumkin:
-
internet tarmogʼi vositasida tuzilgan sugʼurta shartnomalari soni va ularning 
umumiy sugʼurta shartnomalari tark
ibidagi ulushi;
-
internet tarmogʼi vositasida tuzilgan sugʼurta shartnomalari boʼyicha toʼlangan 
sugʼurta mukofotlari qiymati; 
-
internet tarmogʼi vositasida tuzilgan sugʼurta shartnomalari boʼyicha toʼlangan 
sugʼurta mukofotlarining umumiy sugʼurta mukof
otlaridagi ulushi. 
Qisqa muddatli davrda bunday natijalarga erishish sugʼurtalovchi uchun oʼz 
foydasini oshirish imkonini taʼminlaydi. Ayni paytda raqamli texnologiyalarni joriy 
qilish sugʼurtalovchi uchun tovarning qiymat zanjirida harakati davomida xaraj
atlarni 
kamaytirish imkonini beradi. Jarayonlarni avtomatlashtirish sugʼurta daʼvo arizalariga 
ishlov berish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlarning ham qisqarishiga olib kelishi 
mumkin. 
Sugʼurta sohasi uchun asosiy masala bozorga mos sug’urta mahsulatlarini 
ishlab 
chiqish va risklarni oʼrganish hamda ularni taqsimlashdir, bu esa bugungi kunda biznes 
va jamoatchilik uchun eng muhim boʼlgan zamonaviy xatarlarni oʼrganish orqali 
sugʼurta sohasini raqamlashtirishning iqtisodiy oqibatlarini oʼrganish zaruratini 
tu
gʼdiradi. Sugʼurta mahsulotlarini sugʼurta agentlari orqali va masofaviy sotishda 
asosiy eʼtiborni zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda virtual 
ofislar va sugʼurta xizmatlari sotishning yangi kanallarini yaratish, onlayn toʼlash 
imkoniyatlari orqali internet-magazinlardan foydalangan holda jahon internet 
tizimidan foydalangan holda sugʼurta xizmatlari sotishni rivojlantirishga qaratish 
lozim.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli 
“Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini isloh qilish va uning jadal 
rivojlanishini taʼminlash chora
-
tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori
1
da sugʼurtaning ayrim 
turlari boʼyicha elektron polislarni (
«E-polis»), shu jumladan Internet, mobil ilovalar, 
infokiosklar orqa
li rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish, ularni qogʼoz shaklidagi 
sugʼurta shartnomalariga (polislariga) tenglashtirish yoʼnalishlari belgilab berildi. 
1
https://lex.uz/docs/4459802?query 


491 
Ushbu qaror ijrosini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish sug’urta sohasini 
raqamlashtirishda m
uhim qadamlardan biri bo’lib xizmat qilishi mumkin:

davlat dasturlari doirasida alohida eʼtibor qaratilayotgan hududlarda sugʼur
-
taning innovatsion-smart xizmatlarini joriy etish; 

majburiy sugʼurta polislari boʼyicha “E
-
polis” tizimini sugʼurta 
bozorida 
birinchilardan boʼlib amaliyotga joriy etish;

sugʼurta kompaniyalarida onlayn toʼlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega 
boʼlgan internet
-
magazindan foydalanish, sugʼurta xizmatlarini umumjahon internet 
tarmogʼi orqali sotishni rivojlantirish;
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda virtual ofislar va 
sugʼurta xizmatlarini koʼrsatishning yangi kanallarini yaratish.
Sug’urta faoliyatini raqamlashtir natijasida sug’urta faoliyatining samaradorligi 
va rentabelligi ortadi, sug’urta munosabtlarining ijtimoiylashuvi ro’y beradi, yangi 
sug’urta turlari va mahsulotlari paydo bo’lishiga erishishimiz mumkin. 
Yaqinda Moliya vazirligining maʼlumotlariga binoan 2020 yilning uchinchi 
choragi yakunlariga koʼra Gross Insurance sugʼurta kompaniyasi Oʼzbekiston sugʼurta 
bozorida birinchi raqamli kompaniya deb eʼtirof etildi. Bu natijaning asosiy va muhim 
sabablaridan biri shuki, Gross Insurance sugʼurta kompaniyasida Gross Mobile mobil 
ilovasi ishlab chiqilgan bo’lib, uning yordamida ilova foydalanu
vchilari avtomobilni, 
o’z mol
-
mulkini, salomatligini yoki sayohatini onlayn tartibda sug’urta qilishi 
mumkinligi, shuningdek, ilova sug’urta hodisasi yuz berganligi haqida onlayn
-arizani 
ro’yxatdan o’tkazishi va topshirish imkoniga egaligi, bu esa ofisga t
ashrif buyurmagan 
holda sug’urta tovonini olish imkonini berishidir. Bundan tashqari ilovadan 
foydalanuvchilar 2% dan 10% gacha cashback oladilar1. Aynan raqamli 
texnologiyalardan keng foydalanish, faoliyatga ularni chuqur tatbiq etish Gross 
Insurancening 
bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida e’tirof etilishi mumkin bo’lgan 
muvaffaqiyatlaridan biridir. 
2020-
yil mamlakatimizda “Ilm
-
maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
yili” deb nom nomlanishi ham sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etishni
ng 
muhim bosqichiga yetib kelganimizdan dalolat beradi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Oʼzbekistonda sugʼurta bozorini rivojlantirish 
masalasi hali toʼla hal etilmagan sharoitida tizimga raqamli texnologiyalarning keng 
koʼlamli va samarali joriy etilishi rivojlanishning yangi sifat bosqichiga oʼtish 
imkonini beradi. Istiqbolda internet-
sugʼurtalash tizimining huquqiy asoslarini yaratish 
zarur. 

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish