504
biznesning barcha jabhalarini qamrab oladigan (odamlar, imkoniyatlar, jarayonlar,
modellar,…) ustuvor yo’l hisoblanadi. U raqamli texnologiyalarning o'zgarishi,
imkoniyatlari va ularning jamiyatdagi ta'siridan to'liq foydalanish uchun biznes
faoliyatni, jarayonlarni, vakolatlarni va modellarini chuqur va tezkor transformatsiya
qilishdir. Oddiy so'zlar bilan aytganda, raqamli transformatsiya yangi va mavjud
bozorlarda o'sishni ta'minlash uchun biznes yuritishning farqlovchi usullarini yaratish
uchun raqamli texnologiyadan foydalanishni anglatadi.
Raqamlashtirishning afzalliklari va kamchiliklari haqi
da ozgina to’xtalib o’tsak.
1
Afzalliklari:
ma'lumotlar
markazlashtirilganligi
va
ularga
kirish
imkoniyati
ossonlashganligi tufayli har qanday ma'lumotlar bizning kaftimizga qulaygina
yetkazilayapti. Masalan, hozirda odamlar kompyuterlar
va mobil telefonlardan
foydalanib, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga zudlik bilan javob olish
imkoniyatiga ega bo’lganliklarini ham misol qilishimiz mumkin;
raqamlashtirish odamlarning xabarlarini o’zaro zudlik bilan va turli xil
formatlarda almashishiga imkon beradigan ko'plab dasturlar bilan ishlay olish muhitini
yaratdi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar orqali muloqatlashish, yoki
videoqo'ng'iroq qilish;
biz raqamlashtirish orqali yangi g'oyalarni keng ommaga tezda yetkazish
imkoniyatiga egamiz. Biz endi nafaqat jamiyatning eng badavlat, qudratli a'zolari
fikrlari bilan tanishish imkoniyatiga, balki hozirda istalgan har qanday shahslar bilan
fikrlar almashish imkoniyatiga egamiz;
internet sababli hozirda ish olamida yangi imkoniyatlar yaratilib masofaviy ish
ya’ni raqamli ish paydo bo’ldi. Hozirda Internet texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar
singari yangi ish o'rinlari ham keng tarqalmoqda va har kim o'zining onlayn biznesini
ochib uni rivojlantirishi mumkin;
raqamlashtirish tijorat raqobatini shunchalik kuchaytirdiki,
xaridorlarda endi
juda keng tanlov qilish imkoniyatlari paydo bo'ldi, bu albatta ijobiy hodisa hisoblanadi.
Endi eng yirik kompaniyalar tomonidan belgilagan narxlarni iste’molchilar qabul
qilishga majbur emaslar.
Kamchiliklari:
raqamlashtirish shaxsiy ma'lumotlar ustidan nazoratni markazlashtirishga olib
keldi, buni esa barcha tuxumlarni bitta savatga solishga qiyoslashimiz mumkin.
Texnologiya inson xatosini yo'q qilsa-da, u ham muvaffaqiyatsizlikdan xoli emas,
shuning uchun 100% ishonchli bo'lmagan texnologiyalarga tayanib, biz o'z
aktivlarimiz ustidan nazoratimizni yo'qotish xavfimiz mavjud. Nazoratni topshirish,
buzg'unchilik niyatida bo'lgan xakerlardan ehtiyotkor bo’lishimizni talab qiladi;
aloqaning qulayligi hayotdagi ijtimoiy ko'nikmalarimizga salbiy ta'sir
ko'rsatishi mumkin. Bu esa o’z navbatida jamiyatning kuchini susayishiga olib keladi;
axborotlarga osonlikcha kirish, yomon niyatda bo’lgan shahslar tomonidan uni
suiiste'mol qilishlari ehtimolini oshiradi;
1
DIGITAL ADOPTION e hub
505
nihoyat, raqamli almashinuvlarning tezkorligi, sayoz xarakterli g'oyalarning
keng tarqalishi, jamiyatda esa hayotiy masalalarni chuqurroq ko'rib chiqa olmaydigan
passiv shahslarni yaratishi mumkin.
Agar bugun biznes raqamli transformatsiya qilinmagan bo'lsa, bugungi kunda u
mavjud emasga o'xshaydi. Har qanday biznesdan mijozlar
raqamli yutuqlardan
foydalanishni talab qilishmoqda. Korxonalar uchun ham uning muhim afzalliklari
mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
mijozlar tajribasidan foydalanish - Ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda,
korxonalar mijozlarining fikr-mulohazalarini to'plashlari, mahsulot va xizmatlarini
sifatini yaxshilashlari, mavjud hato va kamchiliklarini bartaraf etishlari mumkin. Bu
esa o’z navbatida mijozlarning qoniqishini ta'minlashga yordam beradi;
bo’linmalari o’rtasida hamkorlikning yahshilanishi –
korxonalar ko'proq
ma'lumotlarga ega bo’lishganligidan qaysi jarayonlar yoki texnikalar samaraliroq
ekanligini tahlil qilishadi, xodimlarning ish unumdorligini oshiradi, bo'limlar o'rtasida
ochiq va ravon aloqa qilish imkonini beradi;
fikr va mulohazalar ma’lumotlarga asoslanadi –
raqamli texnologiyalar o'lchov
va hisoblarni aniq kuzatish imkonini beradi va shaffoflikni ta’minlaydi;
xarajatlarni kamaytirish,
rentabellikni oshirish
–
raqamli texnologiyalar qo'l
aralashuvini kamaytirgani uchun jarayonlar tezroq va xatosiz amalga oshadi, bu
tejamkorlikka va mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarishga olib keladi;
bozorni kengaytirish
–
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda,
o'rganilmagan bozorlarga kirib borish va yangi mijozlarga mahsulotlarini tanitishi
mumkin, natijada mijozlar bazasi kengayadi;
tezroq va yahshiroq qaror qabul qilish
–
yetarli ma'lumotlar mavjud bo'lganda,
korxonalar ish samaradorligi, muvaffaqiyat darajalarini to’gri
baholay olishlari
mumkin, mijozlarning xulq-atvorini tushunib to'g'ri biznes qarorlarini qabul qilishlari
mumkin;
ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash
–
firmalar kuchli raqobat sharoitida
xaridorlarni qiziqtiradigan turli xil mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida
etkazib beruvchilar va distribyutorlar, subpudratchilar va ixtisoslashgan maslahatchilar
bilan ishlash yengillashadi.
Raqamli transformatsiya davr talabi va korxonalar oldidagi qilinishi zarur bo’lgan
majburiyatga aylanib borayotgan hozirgi zamonda, Evropa davlatlari tomonidan
yaratilayotgan sharoitlar va Evropa korxonalari o’zlarining oldilariga qo’yayotgan
vazifalar quyidagilardan iborat:
jahon andozalariga mos raqamli infrastrukturani qurish;
raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun ma’lumotlar bazasiga
kirishda teng
huquqlilikni va shafoflikni ta’minlash;
raqamli biznesni yaratish va rivojlantirish uchun eng yahshi hududga aylanish;
barcha tadbirkorlarga bizneslarini raqamli biznesga aylantirishlari uchun davlat
tomonidan keng ko’mak berish ishlarini ama
lga oshirish;
online sharoitida yashash va ishlashga barcha sharoitlarni yaratish;
o’z fuqarolariga online hizmat ko’rsatish bo’yicha ilg’or davlatlardan bo’lish;
raqamli iqtisodiy ma’lumotlarni keng ommaga ochiq oydin yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: