Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o'zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Zaminimizda zardushtiylik dini hukm surgan paytda ham ma’lum pedagogik mafkura mavjud bo‘lganini «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalari mazmunidan bilamiz. Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijod merosini yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan buyon xalq pedagogikasining tarbiya vositalaridan biri bo‘lib kelgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, jumladan, afsonalar, asotirlar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar, xilma-xil qo‘shiqlar, allalar, termalar, maqollar, matallar, topishmoqlar, dostonlar, askiyalar, aytishuvlar, tez aytishlaming tarbiyaviy imkoniyatlari cheksizdir. ajoyib ma’lumotlar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida o‘z ifodasini topgan.
І – Bob Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish.
1.1 Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek:“…. Inson yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xalqi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog’liqdir”. Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini to’ldiradi. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi. Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi. Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat, mafkura. Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar majmui. Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha- “mafkura”-nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar majmui. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi. Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni anglash”. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir. Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan tartibga solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi. Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti – harakatlari qanday bo’lishi lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb olamini o’rganish, bilish, tahlil etish g’oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog’liq holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr- muhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat, saxovat, iymon, e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi. Ayni holda shu xislatlarning aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi. Asrlar davomida axloq-odob mavzusida qanchadan-qancha kitoblar, hikmatnomalar, ibratli rivoyatlar yaratigan. Qadimgi faylasuflar, donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deb ataganlar. Shuning uchun ham jamiyat a’zosining xulqi- odobiga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. Bu meros namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etigan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy-axloqiy qarashlar bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Misol uchun eng qadimiy, eng navqiron “Avesto”ni olib ko’raylik.Uning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal ” degan tamoyilini oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal, so’z va ish birligi jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir. “Bu nodir kitob bundan o’ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy – tarixiy merosidir”- deb ta’kidlagan edi Prezident I. Karimov.1 “Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchars bog’liq holda ko’rsatilganligi ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof – muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli tra’sir o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb etadi. “Avesto” o’zbek, umuman O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardagi hayoti, dini, tasavvurlari, ma’naviyati, madaniyatini o’rganishdagi muhim manba. “Avesto” dan quyidagi namunalarni keltiramiz: - Tarbiya hayotning muhim tirgagi (tayanchi)
Yaxshilik va ezgulik urug’ini yaratish uchun, kishi noz – ne’matlarni o’zi yaratishi lozim
Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishni alqayman. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlarga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman. Barcha yomon o’ylardan, yomon so’zi yomon ishlardan yuz o’giraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |