Amaldagi qonunlarga ko’ra, diniy yig’inlar diniy tashkilotlar joylashgan binoda, va faqat ba’zi diniy rasm-rusm (janoza o’kitish, nikoh va h.k.)ni bajarish uyda o’tkazilishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik haqidagi Kodeksning 201-moddasida diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari, boshqa diniy marosimlar o’tkazish qoidalarini buzish eng kichik oylikning 5-10 mikdorida jarimato’lash yoki 15 sutka qamoq jazosi belgilangan. Ba’zi "tariqatchi" va "otinoyilar"ning da’vati yosh qizlarimizni milliy kiyimlarimizga xos bo’lmagan, arab mamlakatlari iqlimiga mos bo’lgan kiyimlarga o’ranib, dunyoviy ilm va madaniyatdan, umuman, jamiyatdan uzoqlashib ketishiga xizmat qilmoqda. O’zbekiston aholisining deyarli yarmini ayollar tashkil etadi. Pedagogika, tibbiyot va boshqa og’ir jismoniy mexnatni talab kilmaydigan qator soha vakillarining aksariyati ayollardir. Agar qizlarimiz dunyoviy ilmlarni o’rganmasa, ushbu sohalarda, xossatan, tibbiyotning ginekologiya yoki pediatriya sohasida kimlar ishlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |