Qayd etilgan guruhlarning takfir, jihod, siyosiy xokimiyat, boshqa dinlar vakillariga munosabat kabi masalalardagi da’volari islom ta’limotiga butunlay ziddir. Masalan, jihodchilar ularning nazdida shariat amallarini to’la-to’kis bajarmagan boshqa musulmonlarga nisbatan «qozilikni» da’vo qilib, «munofiq» va «murtad» deb xukm chiqarishdan tap tortmaydilar. Hadisda «Kimki mo’min kishini «kofirsan» deb haqoratlasa, go’yoki uning qonini to’kkanchalik gunoh qilgan bo’ladi» deyiladi. Ya’ni, hech bir odamga musulmon insonni «kofir», deb hukm chikarish xukuqi berilmagan. 2005 yil iyulida Ommon (Iordaniya) shahrida islom dunyosining yetakchi ulamolari tomonidan «takfir» masalasida qabul qilingan fatvoda «to’rt sunniy mazhab va shia mazhabidagi ja’fariy, zaydiy, ibodiy va zoxiryy oqimiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi musulmon hisoblanadi. Ularni imonsizlikda ayblash, joiiga, nomusiga va mulkiga qasd qilish mumkin emas», deb e’lon
Do'stlaringiz bilan baham: |