Aqidaparastlik reaktsion diniy-siyosiy oqimlarning qurolidir, afsuski, muayyan ko’rinishda u O’zbekistonda ham paydo bo’ldi. Aqidaparastlik fuqarolarni «hakiqiy» va «soxta» dindorlarga ajratishi bilan ham taxdid solmokda. Buning qanday oqibatlarga olib kelishi Afg’oniston va Jazoirda sodir bo’lgan voqealardan bizga ma’lum. Jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo’lgan, murosasizlik va mutaassiblikka asoslangan g’oyalar «ekstremistik» xdsoblanadi. Diniy ekstremizm esa diniy firqalar yoki ayrim dindorlar tomonidan jamiyatda kdbul qilingan qonun-qoidalarga zid bo’lgan g’oyalarni targ’ib qilish va shunday g’oyalarga mos kelmaydigan faoliyat olib borishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |