Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchshik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchtar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkilot etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabix, kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak». Oxirgi yillarda dunyodagi turli davlatlar, xalklar, millatlar va dinlar o’rtasiga nizo solish, keskinlik o’choqlarini keltirib chiqarish niyatida islom dinidan mafkuraviy vositalar sifatida foydalanilmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o’rin egallaganidan foydalanib mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo’poruvchilik harakatlari tez-tez ko’zga tashlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |