BBC World Service. Some of the programmes can be not only listened to on-line but also
downloaded as MP3 and then listen to off-line.
http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/teachingenglish/index.shtml BBC World –
Learning English – Teachers
Lesson PlansWords in the News
A weekly lesson plan based on our Wednesday Words in the News story. Each lesson plan comes
with notes and instructions for teachers, worksheets for students and a full answer
key.http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/radio/specials/1728_uptodate/This
link
leads you to another BBC World Radio recent help for teachers:a series of lesson plans based on short
talks by Professor David Crystal on new words and expressions that have come in to the English
language in recent years. Each unit comes with downloadable transcripts, audio and lesson plan. The
series is called Keep your English up to date.
http://www.bbc.co.uk/worldservice/learningenglish/flatmates/index.shtml
O`QITISH JARAYONINI LOYIHALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Shamsidinova G., Kuychieva M., Bekmurodova O., Turdiyev S. – NavDPI
Hozirgi globallashuv davrida ta’lim – tarbiya jarayonini olib borish o`ta murakkab bo`lganligi
tufayli, har qanday faoliyatni to`g`ri amalga oshirish garovi bo`lib xizmat qiladi, tabiatdagi narsa va
hodisalarni boshqalarga tushuntirishni osonlashtiradi hamda beriladigan bilimni tez o`zlashtirib, uzoq
vaqt davomida yodda saqlab turilishiga xizmat qiladi.
Dars – ta’limning asosiy tashkiliy shakli bo`lib, u muayyan miqdordagi doimiy tinglovchilar
tarkibi bilan qat’iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo`naltirilgan didaktik tadbir
hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiya sohasining birlamchi asosi, uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonining
tashkil qiluvchi omili, o`qituvchi va pedagoglarning faoliyat ko`rsatish joyi bo`lib, u turli qismlardan
tashkil topgan. Darsning tashkil etilishi uchun, avvalo, o`qituvchi va o`quvchilar bo`lishi, uni amalga
oshirish uchun, sinf xonasi yoki auditoriya, uning ichidagi jihozlar: doska, stol,stul va hokazo, shu
jumladan axborot uzatish moslamalari, ya’ni texnik vositalar zarurligi, dars o`tilishi uchun reja,
dastur, darslik va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar kerak bo`lishi hamda o`qituvchilar zamonaviy
pedagogik usul va uslublar bilan qurollangan bo`lishlari shart.
O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki yillaridanoq, pedagogikaning mazmun va
mohiyati, ta’lim nazariyasi, usul va uslublarda katta o`zgarishlar ro`y berib, rivojlangan xorijiy
31
mamlakatlar ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo`llanilib kelinayotgan pedagogik texnologiya
tamoyillariga tayangan holda, ijtimoiy – pedagogik sharoitni hisobga olingan, professor-
o`qituvchilarlarning ma’rifiy mentalitetidan kelib chiqqan pedagogik texnologiyaning zamonaviy
milliy modeli vujudga keldi.
Mamlakatda “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul
qilinishi, o`qituvchilar tafakkurida asrlar davomida shakllanib kelgan pedagogik mentaliteti va shu
hudud aholisining milliy o`ziga xosligidan kelib chiqib, milliy pedagogikaning mazmun va mohiyati
muayyan bir tartibga keltirildi.Buning natijasi o`laroq, “Pedagogik texnologiya” tushunchasi ilmiy
muomalaga kiritilib, ta’lim-tarbiya sohasi tubdan o`zgardi.
“Pedagogik texnologiya yuqori samaradorligi bilan alohida o`rin tutib, o`quv jarayonining
sifati va ta’lim-tarbiya jarayonini faqat yaxshi va a’lo darajada bo`lishligini kafolatlash imkonini
beradi.
Bugungi kunda DTS asosida shakllantirilgan ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik
texnologiya asosida tashkil qilishda qo`llaniladigan pedagogik usullar uch toifaga ajratilmoqda.
Mazkur usullar o`quv predmetlari mashg`ulotlarining loyihalarini tuzganda va pedagogik
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilinayotganda, bilim sohalarining xususiyatidan kelib
chiqib, kerakli joylarida ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
-An’anaviy usullar. O`quvchilarga bilimlarni “etkazib berish” tamoyiliga asoslanib,“Aytib
berish”, “Ko`rsatib berish”, “Namoyish”, “Ma’ruza taqdimoti”, “Savol-javob”, “To`rt pog`onali
usul”lar kiradi.
-Interaktiv yoki noan’anaviy usullar. O`quvchilarni bilim egallashlarida “Faollashtirish”
tamoyiliga suyanib, ularga:“jadallashtirib o`qitish usuli”, “muammoli dars”, “fikriy hujum”, “aqliy
hujum”, “kichik guruhlar bilan ishlash”, “davra suhbati”, “klaster usuli”, “B.B.B.”,”6x6x6”, (“3x3”,
“4x4”), “bumerang”, “qora quti”, “beshinchisi ortiqcha”, “ishbob o`yin”, “rolli o`yin”, “bahs-
munozara”, “qarama-qarshi munosabat”, “zakovatli zukko”, “zig-zag”, “charxpalak”, “zinama-zina”
va boshqa ko`p usullar kiradi.
-“Ilg`or yoki Zamonaviy usullar”. Ta’lim – tarbiya jarayonini “Jadallashtirish va samaradorlikni
oshirish” tamoyilidan kelib chiqib,ularga “yo`naltirilgan matn”, “dasturlashtirish”, “texnologik xarita
usuli”, “modulli o`qitish usuli“,“loyihalash usuli” hamda barcha usullarning afzallik tomonlarini
o`zida mujassamlashtirgan “Pedagogik texnologiya” usuli kiradi.
Bu uch toifadagi usullar tarixan tarkib topib, vaqt o`tishi bilan biri-biridan takomillashib, o`z
davrining talabiga javob berganlar.
Ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, shu loyiha asosida o`quv mashg`ulotini amalga
oshirishda,"Pedagogik texnologiya" quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
1. Tizimli yondashuv tamoyili.
2. Didaktika y’ani ta’lim nazariyasining barcha qonun-qoidalaridan kelib chiqish.
3. O`quv mashg`ulotining elementlarini o`zaro uzviy, funksional bog`liq, yaxlitlik sifatida
ko`rish.
4. Tinglovchilar egallashlari shart bo`lgan bilimlarni, o`zlari mustaqil ravishda topishlariga
urg`u berish.
5. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida tuzilgan loyiha bo`yicha o`quv mashg`ulotini
amalga oshirishda, egallanadigan bilimlarni tinglovchilar anglashlari, xotirasida saqlashlari va
amaliyotda qo`llay olishlarini bir vaqtning o`zida olib borishga erishish.
6.Har bir o`quv mashg`uloti yakunida erishiladigan natijalarning tinglovchi erishishi shart
bo`lgan ish harakatlar tizimi shaklida bo`lishi.
7. O`quv mashg`ulotining yakunida, oldindan shu mashg`ulot uchun aniqlangan baholash tur
va mezonlari asosida barcha tinglovchilarning bilimlarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash va
hokozolar.
O`quv mashg`ulotlar loyihasini tuzishda bajariladigan vazifalar quyidagicha:
32
- o`quv predmetini yaxlit, “o`ta katta -mego”, “katta -makro” “o`rta- mezo” modullarga
ajratilib, bu modullar yakunida kutiladigan o`quv va tarbiyaviy maqsad aniqlanadi va jadval shakliga
keltiriladi.
- har bir juft soatlik o`quv mashg`ulotlarning, ya’ni o`rta modullarning xususiy jadvallarini
tuziladi.
- ushbu o`quv mashg`ulotining loyhalash xususiy jadvallarida ko`rsatilgan tartib bo`yicha
o`quv jarayonini amalga oshirishning jarayoni yoziladi. Unda har bir o`rta modulda beriladigan
bilimlar birma-bir ifodalanib, ularni tinglovchilarga yetkazishda qo`llaniladigan dars tipi va turi,
pedagogik uslublar, axborot-texnologiya va didaktik materiallarning qo`llanish joylari ko`rsatiladi.
Ushbu qoidalarga asoslanib, “Pedagogik texnologiya” tamoyillariga suyangan holda, istalgan
o`quv mashg`ulotning loyihasini tuzish imkoniyati mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |