Imom ad-Dorimiy (797-869).
Mashhur hofiz, shayxulislom Abu
Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon at-Tamimiy as-Samarqandiy ad-Dorimiy.
Samarqandning Dorim degan joyida tug‘ilgan. Ilm va hadis talabida Misr, Shom,
Iroq, Makka va Madinani kezgan. Yetuk mufassir, faqih va olim bo‘lib yetishgan.
Samarqand qoziligiga talab qilinganda unamagan. Sulton uni yoqtirib qolib, o‘z
huzuriga oladi va bir oz qozilik ham qiladi, keyin iste‘foga chiqib, Marvga ketib,
shu yerda vafot etadi.
Uning asarlaridan:
1. at-Tafsir.
2. «al-Jome» (Majmua) kabilar.
Bandor degan olimning aytishicha, dunyoning hofizi Qur‘oni to‘rtta bo‘lgan
ekan: Rayda - Abu Zar‘a, Nishopurda - Muslim ibn Hajjaj, Samarqandda -
Abdulloh ibn Abdurrahmon ad-Dorimiy va Buxoroda - Muhammad ibn Ismoil.
Do'stlaringiz bilan baham: |