Imom al-Buxoriy
(810-870)
Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so‘zlari (hadislarni)
va sunnatlari (hayot tarzlari, qilgan ishlari)ni to‘plash, kitob shakliga keltirish VIII
asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar
to‘plami vujudga keddi. Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom
Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ter-miziy, Imom Nasoiy, Imom Abu Dovud va
Imom Mojjalar qalamiga mansubdir. Bular qatoriga yettinchi qilib Imom Dorimiy
Samarqandiyni ham qo‘shadilar. Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar
imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir.
Bu ulug‘ zot hijriy 194 (milodiy 810) yili Buxoroda tug‘ilganlar. 825 yili
otalari va birodarlari bilan haj safariga borib, o‘sha yerda qolib ketganlar. U yerda
ilmlarini takomillashtirib, payg‘ambar (s.a.v.) hadislarini to‘plash, tartibga solish,
ulardan qaysi biri to‘g‘ri qaysi biri payg‘ambarga (s.a.v.) taalluqli emasligini
aniqlash maqsadida Makka, Madina, Shom, Misr, Falastin, Iroq shaharlarini kezib,
bir necha yil badaviy arablar orasida yurdilar. Shu tariqa ranju mashaqqatlar bilan
jami 600 ming hadis to‘plab, bulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri
sahih» hadislarni yod olganlar. 600 ming hadisdan 7265 tasini «Jome as-sahih»
(«Ishonchli to‘plam») kitobiga kiritdilar.
Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15 ta bo‘lib, ulardan quyidagilarni
ko‘rsatamiz:
1. «Al-Jome as-sahih». Buyuk allomaning eng buyuk va mashhur asari. Bu
kitob «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi. Bu asarga kiritilgan ishonchli
hadislar soni takrorlanadiganlari bilan 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan hadislar
67
4000 tadir. Asar yozilganligiga 1200 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, shu vaqtgacha u
Islom olamida Qur‘ondan keyin ikkinchi o‘rinni tutadigan muhim manba
vazifasini o‘tab kelmokda. O‘rta asrda yashagan ba‘zi adib va xattotlar uchun bu
kitob nusxalarini ko‘chirish tirikchilik vositasi ham bo‘lib kelgan. Taniqli adib va
ilohiyatchi olim an-Nuvayriy (vafoti 1332) undan 8 nusxa ko‘chirib, har birini
1000 dirhamdan sotgan. Uning 1325 yili ko‘chirilgan nodir nusxasi Istanbudda
saqlanmokda. «Al-Jome‘ as-sahih»ga ko‘plab sharhlar bitilgan. U qayta-qayta
nashr etilgan.
Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarda faqat Islom dini ta‘limotiga oid
qoidalar aks ettirilibgi-na qolmay, ular mehr-muhabbat, halollik-poklik, saxiylik,
ota-ona,
kattalarga
hurmat,
yetim-yesir,
beva-bechoralarga
muruvvat,
mehnatsevarlik, vatanga muhabbat kabi oliyjanob insoniy fazilatlar majmuasidir.
Hadislarda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimani qilmaslik
lozimligi haqidagi zamonamiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katga tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, pandu-nasihatlar va o‘gitlar o‘z aksini
topgan.
2. «Al-Adab al-mufrad» (Adab haqida yagona kitob). Yuqorida zikr
qilganimiz payg‘ambarimiz (s.a.v.)-ning olti nafar tan olingan hadis olimlari
to‘plagan hadislarida axloq-odob masalasi asosiy o‘rinda turadi. Chunki
musulmon bo‘lish uchun eng avvalo yaxshi xulqli, odobli, insofli, pok va halol
bo‘lish shart. Bu borada payg‘ambar alayhissalom o‘zlari: «Men yaxshi va oliy
axloqlilarni kamolotga yetkazish uchun payg‘ambar qilib yuborildim» deganlar.
Shuning uchun ham Imom Buxoriy o‘zining shoh asari «Jome as-sahih»da-gi
axloq-odob haqidagi hadislarni bitta kitobga jam-ladi.
Bu olimni qoniqtirmagandan keyin, butun Islom olamini yaxshi xulq va
odobda tarbiyalashni ko‘zda tutgan holda axloq va odobga oid hadislarni alohida
bir kitobga to‘plab, «al-Adab al-mufrad» nomli asarini yozdi. Kitob 644 bobdan
iborat bo‘lib, ularda 1322 hadis jamlangan. Bu asarda boshqa muhaddislar
kitoblarida uchramaydigan bir qancha hadislar ham berilgan. Asarning yana bir
68
qimmatli tomoni shuki, undagi hadislarni yozib olgan hadis rivoyatchilari
(isnodlar) boshqa muhaddislar isnodlariga nisbatan ancha ishonchli kishshgar
bo‘lgan.
«Al-Adab al-mufrad» qo‘lyozmalari Sharq va G‘arbning juda ko‘p
kitobxonalarida mavjud. U 1898 yili Hindistonda. 1930 yili Qohirada. 1970 va
1980 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi
tashabbusi bilan ikki marta arab tilida nashr etildi. Uning 600 hadisdan iborat 267
bobi taniqli islomshunos olim Shamsuddin Boboxonov tomonidan o‘zbek tiliga
ag‘darilib, 1990 yili «O‘zbekiston» nashriyotida chop etildi. Tarjimada ba‘zi
hadis-larga izohlar ham berilgan.
«Al-Adab al-mufrad»ning 1-24 boblari ota-onaga xizmat qilish, ularning
hurmatini joyiga qo‘yish, ayniqsa, qarigan chog‘ida ularni e‘zozlab parvarish
qilish, diliga ozor bermaslik, ularning haqqini ado etish masalalariga
bag‘ishlangan. Ba‘zi misollar keltiramiz.
Muslim ibn Xayyila (raziyallohu anhu) aytdilar-ki, rasulullohdan «Ey rasululloh,
men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?» deb so‘radim. «Onangga»— dedilar.
«Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh «Onangga» deyaverdilar.
To‘rtinchi marta so‘ra-ganimda: «Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga»
dedilar.
Abu Hurayra (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh; «Bolaning otasi
birovlarning quli bo‘lsa uni hojasidan sotib olib, ozod qilmaguncha uning haqqini
ado qilgan bo‘lmaydi» - deydilar.
Abu Bakr (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh: «Men sizlarga gunohlarning
eng kattasini aytib beraymi? - deb uch marta so‘radilar. Sahobalar «Ey rasululloh,
aytib bering», - deyishdi. «Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish»,
dedilar.
Hadislardan anchasi qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan bordi-
keddi qilib turish, holidan xabar olish va ularga rahm-shafqatli bo‘lish haqidagi
hadislardir. Bakr ibn al-Horis Ansoriy (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi. U
69
kishi rasulullohdan «Yo rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?» -
deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.); «Onangga, otangga, opa singillaringga, aka-
ukalaringga va yaqin kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak
bo‘lgan qarindoshliqdir», - dedilar.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nomi o‘zi bilan «Adab
durdonasi» adab axloqning durdonasidir. 1200 yildan buyon Islom olamida
insonlarda yaxshi oliyjanob xislatlarni tarbiyalash, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish,
xizmat qilib, odamlarni pok iymonli, e‘tiqodli, insofli bo‘lishga yo‘llab, yomon
illatlardan saqlab kelayotgan bebaho asar hozirgi bizning za-monamizda ham o‘z
qimmatini yo‘qotmay hayotimizning hamma talablariga to‘la javob beradi.
3. «At-Tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix).
4. «At-Tarix al-avsat» (O‘rtacha tarix).
5. «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix).
6. «At-Tafsir al-kabir» (Katta tafsir).
Ammo bunday bebaho durdonalardan Sho‘ro davrida xalqimiz butunlay
bebahra bo‘lib kelgani achinarli holdir. Mustaqillik tufayli dinimiz, iymon
e‘tiqodimiz qayta tiklandi. Imom Buxoriyning to‘rt qismdan iborat «Jome‘ as-
sahih» asari o‘zbek tiliga to‘la tarjima qilinib nashr etildi. U zoti sharif haqida
o‘nlab risolalar, yuzlab maqolalar chop etildi. Olimning Xartangdagi Sho‘ro
davrida tashlandiq holga aylantirilib, jamoa xo‘jaligi ombori, atrofida qarovsiz
chakalakzor bo‘lgan tabarruk maqbara va masjidi misli ko‘rilmagan darajada
ta‘mirlanib, yoniga o‘sha davr uslubida yangi masjid, minora va arklar barpo
etildi. Bularning hammasiga Prezidentimiz I.A.Karimov bevosita rahbarlik
qildilar. Inshoot kerakli mablag‘ va qurilish materiallari bilan uzluksiz ta‘-minlab
turildi.
1974 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi
tashabbusi bilan Respublikamizda butun Islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom
al-Buxoriy tavalludining 1200 yilligi nishonlangan edi. 1998 yidda Respublika
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan buyuk alloma Imom Buxoriy tavalludining 1225
70
yilligi juda keng miqyosda nishonlandi. Imom al-Buxoriy jamg‘armasi tashkil
etildi. «Imom al-Buxoriy soboqlari» jurnali ta‘sis qilindi. Toshkentdagi oliy diniy
maktabga uning nomi berildi. Faqat mustaqillik tufayligina o‘zbek xalqining
buyuk farzandi, iftixori, shon-sharafi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom
al-Buxoriy butun dunyoga qaytadan nom taratib, o‘z shu‘lasi bilan Islom ahlini
nurafshon etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |