119
XIVA – QO`QON SIYOSIY-DIPLOMATIK MUNOSABATLARI
Mubinov M.A., BDU o`qituvchisi, Mubinov94@mail.ru
Istiqlol yillarida O`rta Osiyodagi davlatchilik va tashqi siyosiy jarayonlar tarixining XIX
asr davrini o`rganishga katta e‘tibor qaratilmoqda. So`z yuritilayotgan davrda mintaqada mavjud
bo`lgan uchta xonlik – qo`ng`irotlar sulolasi hukmronligi (1804-1920) davridagi Xiva, minglar
sulolasi hukmronligi davridagi (1710-1876) Qo`qon xonliklari va mang`itlar sulolasi
hukmronligi davridagi (1747-1920) Buxoro amirligi tarixi bilan bog`liq tadqiqotlar qilinmoqda.
Buning natijasida, keyingi yillarda mazkur uch xonlik tarixiga doir ko`plab ilmiy tadqiqotlar
vujudga keldi. Uch xonlik tarixi, ularning Sharq va G`arbning boshqa davlatlari bilan tashqi
aloqalari tadqiqi jarayonida ularning bir-birlari bilan elchilik munosabatlari masalasi ham muhim
o`rin tutgan. Uch xonlik o`zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlari tarixi ham Sharq
davlatlari bilan munosabatlarga o`z ta‘sirini o`tkazgan.
Xiva-Buxoro, Buxoro-Qo`qon, Xiva-Qo`qon o`rtasida o`zaro diplomatik, savdo-sotiq
aloqalari davom etib, xonliklar o`zaro va o`z qo`shnilari bilan aloqalarni yaxshilashga hamda bu
orqali o`z siyosiy nufuzini ko`tarishga uringanlar. XIX asrda Xiva xonligidagi mahalliy
tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy manbalarda Qo`qon va Xiva xonliklarining siyosiy,
aniqrog`i, elchilik munosabatlari tarixi qanday aks etgani, qaysi masalalarga asosiy e‘tibor
qaratilgani haqida fikr yuritiladi
113
. Bu borada Xiva xonligining Qo`qon xonligi bilan aloqalari,
Qo`qondan kelgan elchilar va ularga hamroh qilib jo`natilgan elchilar haqidagi ma`lumotlarni
keltirish orqali fikrimiz oydinlashadi.
XIX asr boshida – Xivada qo`ng`irotlar hukmronligi davrida – Qo`qon xonligida
Olimxon hukmronlik qilardi. 1810-yildan Qo`qonda Umarxon (1810-1822) hukmronligi
boshlanib, uning davrida katta ijobiy o`zgarishlar ro`y berdi. Xonlikdagi rivojlanish uning
kuchini oshirdi: Umarxon Qo`qonni Buxoro amirligiga qaramlikdan qutqarib, mustaqil va kuchli
davlat bo`lishi uchun harakat qila boshlaydi. Ayni maqsad yo`lidagi o`zgarishlar sabab Buxoro
amirligi Qo`qonga nisbatan raqobatchi, keyinchalik, dushmanlik pozitsiyasida bo`ldi
[Бабаджанов: 48]. Natijada, Qo`qon xonligi Xiva xonligi bilan yaqinlashish siyosatini olib
boradi.
Mirzo Qalandar Mushrifning ―Shohnomayi nusratpayon‖ asarida 1821-yilning may oyida
Qo`qon hukmdori Umarxon saroyiga Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) nomidan
rasmiy maktub bilan kelgan elchilik va uning oqibatlari xususida so`z boradi. Muhammad
Rahimxonning Umarxonga yuborgan maktubida shunday jumlalar bor: ―Agar men tomonga
marhamat nazarlari bilan ishora qilib, sarkashligi bila ma‘lum bo`lgan Buxoro podshohining
ahvolini xarob qilishga amr qilsalar, agar Parvardigor o`z lutfi karami bilan madadkor bo`lsa,
aminmanki, ularni tag-tugi bilan yulib tashlardim. Assalom attaqsir‖ [Xudoyberganov: 87].
Elchilar keltirgan maktub va Umarxonning unga javobi Xiva va Qo`qon xonliklari o`rtasida
Buxoro amirligiga qarshi harbiy ittifoq tuzilganini anglatadi. Chunki bu ikki tomon o`rtasidagi
elchilik bordi-keldisi uchta davlat o`rtasida yuz bergan harbiy-siyosiy jarayonlarga bevosita
aloqadordir. Markaziy Osiyo mintaqasida asosiy ta‘sirga ega hukmdor mavqeini egallash
borasida ham Amir Haydar va Umarxon o`rtasida kurash Qo`qon va Xiva xonliklari
113
Munis (1778-1829) ―Firdavs ul-iqbol‖, Ogahiy (1809-1874) ―Riyoz ud-davla‖ (Olloqulixon hukmronligi davri
haqida), ―Zubdat ut-tavorix‖, ―Jome ul voqeoti sultoniy‖, ―Gulshani davlat‖, ―Shohidi iqbol‖.
120
yaqinlashuviga turtki bo`ldi. Amir Haydar hukmronligining boshlaridanoq Usmonli turklar
davlati bilan aloqalarini yaxshilab, Qo`qon va Xiva xonlarining turk sultoni bilan yaqinlashuviga
to`sqinlik qilib turadi [Анке фон Кюгеллен: 112]. Umarxon Muhammad Rahimxon I taklifini
qabul qilib, Xiva elchilariga Abduholiq qorovulbegini hamroh qilib sovg`a salomlar bilan
jo`natdi. Bu hol Buxoroga qarshi rasman Xiva-Qo`qon harbiy ittifoqi tuzilganidan darak beradi.
Ko`p o`tmay ittifoqchilar amaliy harakatlarni ham boshlab yuborishgan. Xususan, o`sha yilning
ramazon oyining 27-kunida (1821-yil 28-iyun) Umarxon saroyiga Xiva qo`shini Buxoro
tumanlariga yetib kelgani haqida xabar keladi. Bu vaqtda Umarxon ham urushga alohida
tayyorgarlik ko`rgani shubhasiz. Chunki ramazon hayiti o`tishi bilan u ham 12 ming askar bilan
yurishga otlandi. ―Tarixi Turkiston‖ asari muallifi Mirzo Olim Maxdum Umarxonning Buxoroga
yurishini faqatgina xitoy-qipchoqlarning iltimosiga binoan bo`lganini ta‘kidlaydi [Mirzo Olim
Mahdum hoji: 86]. Buxoro va Xiva manbalari mualliflari xitoy-qipchoqlar Shahrisabz, Urgut
hokimlarining Umarxon va Muhammad Rahimxon I o`rtasidagi ahdlashuv, o`zaro (ehtimol
maxfiy) yozishmalaridan xabarlari bo`lmagan. Shu sabablimi, ―Tarixi Amir Haydar‖ asarida
Muhammad Rahimxon I Qo`qon xoniga emas, balki xitoy-qipchoq sardorlariga hamkorlikni
taklif qilib maktublar yuborgan deyiladi. Samarqand qamalida Amir qiyin ahvolda qoladi.
Shahar ulamolari tinchlik so`rab Umarxonga arznoma yozadilar. Mashhur ―ko`k tosh‖ (sangi
kabud) ni sulh evaziga beradilar. Umarxon arzlarni qabul qilib, O`ratepa orqali Qo`qonga qaytib
ketadi. Mirzo Qalandar Mushrif esa Xiva qo`shini Qorako`lgacha kelgani to`g`risida ma‘lumot
beradi, xolos. Muallif Muhammad Rahimxonning keyingi faoliyatiga e‘tibor bermagan. Lekin
Umarxon bilan doimiy aloqalar bo`lib turgan [Анке фон Кюгеллен: 114].
Xulosa qilib aytganda, XIX asrda Xiva, Qo`qon va Buxoro xonliklari orasida diplomatik
aloqalar siyosiy vaziyatga qarab o`zgarib turdi. Xiva va Qo`qon aloqalari Buxoro amirligiga bu
munosabatlarda imkon qadar oz qatnashganligiga, ushbu aloqalarda Dashti qipchoq, Usmoniylar
saltanati aralashib turganligi ma‘lum bo`ladi [Гулямов: 247-251].
Adabiyotlar:
1. Анке фон Кюгеллен. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в
произведениях их историков (XVIII-XIX вв.). –Алматы, Дрейк пресс. 2004.
2. Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия. –Токио-Ташкент,
2010.
3. Mirzo Olim Mahdum hoji. Tarixi Turkiston. –T.: Yangi asr avlodi, 2008.
4. Muhammad Rizo Erniyozbiy o`g`li Ogahiy. Riyoz ud-davla. V jild. –T., 1978.
5. Muhammad Rizo Erniyozbiy o`g`li Ogahiy. Zubdatu-t-tavorix: tarixlar sarasi. – T.:
O`zbekiston, 2009. -137 b.
6. Гулямов Х.Г. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII
– первой половине XIX века. Ташкент, 2005, -С.247-251.
7. Xudoyberganov K. Xiva xonlari tarixidan. –Urganch, 2008.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |