Ўзбекистон республикаси фанлар академияси



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/141
Sana24.02.2022
Hajmi2,9 Mb.
#240033
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
ortiqov-4118---9225-1-2-20200929

 
 
QADIMGI XORAZM MUDOFAA INSHOOTLARINING ASOSIY XUSUSIYTLARI 
Rajapov M., UrDU magistranti
Vatanimiz hududi ko`plab arxeologik va qadimgi manzilgohlarga boy o`lka hisoblanadi. 
Qadim davrlardan bu hududlarda odamlarning manzilgohlari shakllanib to hozirgi kunga qadar 
ularning ko`pchiligi saqlanib qolgan. Aholi yashaydigan manzilohlarni, shahar va qishloqlarni 
himoya qilish maqsadida mudofaa inshootlari qurilgan. Ilmiy tilda bunday turdagi binolarni 
fortifikatsiya deb atash ham mumkin. Umuman mudofaa maqsadida qurilgan har qanday 
binolarg fortifikatsiya atamasini qo`llaymiz. Arxeologik tadqiqotlar natijasidan shu narsa 
ma`lumki, fortifikatsiya qurish an`anasining boshlanish nuqtasi Bronza davriga borib taqaladi. 
Mudofaa istehkomlarining harbiy san`at darajasida qaror topishi taxminan mill. avv. I 
mingyilliklar o`rtalariga to`g`ri keladi
108
. Aynan shu davrda muntazam burj va shinaklari bo`lgan 
harbiy istehkomlar qurila boshlangan. Dastlabki davrda mudofaa devorlar va minoralar u qadar 
mustahkam bo`lmagan. Devorlarni buzadigan harbiy qurollarning ixtiro qilinishi natijasida 
istehkom va minoralar mustahkam , devorlari esa qalin qilib qilib qurilgan. Asosiy qurilish 
materillari sifatida paxsa va xom g`ishtdan ishltilgvn bo`lib, yarim aylana va to`g`ri burchakli 
minoralar bilan mustahkamlangan.
Harbiy arxitektura uzoq, muddat xizmat qiladigan harbiy istehkomlar tipiga oid boʻlib, 
ulardan koʻzlangan maqsad mudofaani, ayniqsa, davlatning strategik jihatdan muhim punktlari 
mudofaasini kuchaytirishdan iborat boʻlgan. Shuning uchun biron-bir obyekt xavfsizligi 
toʻgʻrisida qal‘a devorini koʻtarmasdan oldin, unga joy tanlashdayoq, puxta qilingan. Shu 
munosabat bilan bunday obyektlar binokorlari mudofaa inshootlari chegaralari sifatida tabiiy 
toʻsiqlar (daryolar, kanallar, tepaliklar, gʻorlarning tik yonbgʻrirlari)dan foydalanishga 
intilishgan. Joyning toʻgri tanlanishi qal‘aning bir, ikki tomondan, bazida hamma tomondan 
himoya qilinishini ta‘minlardi. Ustyurt terrasasidan birida joylashgan Katta Oybuyirqal‘a uch 
tomondan devor bilan oʻrab olingan, jarga yondashgan toʻrtinchi - janubiy tomon esa tabiiy 
108
Зияева Д.Х. Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан. –Т.: Шарқ, 2012, 29-бет 


88 
himoyaga ega boʻlgani uchun devor yoʻq
109
. Arxeologiya ishi dalolat berishicha, qadimgi 
Xorazmdagi tekislikda barpo etilgan deyarli barcha istehkomli inshootlar xandak, bilan oʻrab 
olingan. Masalan, Qoʻyqirilganqal‘ada uning tashqi devori ortida, unga juda yaqin joyda q 
al‘ani aylanasi boʻylab toʻliq, oʻrab olgan, suv toʻldirilgan xandak, boʻlgan. Qadimgi 
Xorazm mudofaa tizimiga xos elementlardan biri boʻlgan proteyxizma Qoʻyqirilganqal‘ada, 
Xivadagi Tuproqqal‘ada, Govurqal‘ada, Shovotdagi Tuproqal‘ada, Katta Oybuyirqal‘ada, Ichan 
qal‘ada (Xiva), Qal‘ajikda, Burliqal‘ada, Katta Qirqqizqal‘ada, Qoʻrgʻoshinqal‘ada va boshqa 
hudud yodgorliklari orqali o`rganilgan
110
. Proteyxizmalar, odatda, qal‘a devoridan tashqarida 2-
20 m masofada paxsa yoki xom gishtdan qurilgan. Proteyxizma bilan asosiy qal‘a devori 
oʻrtasida boʻshliq, boʻlib, extimol, uning strategik vazifasi ham boʻlgandir. Bu devor qal‘a 
devori poydevorini devor- teshar mashinalardan himoya qilgan, hujumchilarni qal‘aning asosiy 
devori oldida ovora qilib qoʻyishga xizmat qilgandir. Bunday hollarda, qal‘aning asosiy 
devoriga etib kelish uchun yov proteyxizmadan oʻtishi lozim boʻlgan. 
Devor mudofaa tizimida eng muhim joy boʻlib, u nafaqat toʻsiq, balki asosiy jangovar 
sarxad hamdir. Devor harbiy istehkomning bir qator muxim elementlaridan tarkib topib, boʻlar, 
jumladan, asos, devorning oʻzi, valgang, oʻqdan saqlanish toʻsigʻi, pilyastr, kontrfors 
(gʻisht tirgovich), shinak, burj, darvoza va boshqalardir. Oraligʻida otish yoʻlagi boʻlgan 
qoʻshdevor qadimgi Xorazm harbiy me‘morchiligiga eng koʻp darajada xos boʻlgan 
hodisadir. Ilk arxaik istehkomlarda antik mudofaa qurilmalarining eng zarur elementlaridan biri - 
asos (sokol) boʻlmagan. Mudofaa inshootlarining navbatdagi juda muxim elementa burjdir. 
Burj qal‘a devorlari perimetri boʻylab, odatda, devordan balandroq boʻlib, tashqariga turtib 
chiqqan. Burjlar joylashgan tarxdga koʻra har xil tipda: toʻgʻi burchak, kvadrat va oval 
shaklda boʻlgan. Ular orasida tarxi yarim oval shakldagi burjlar eng qadimgi tiplarga kiradi. 
Bunday burjlar Koʻzaliqirning quyi satxida ma‘lum
111
. Xorazmning ilk arxaik davridagi 
shinaklar Koʻzaliqir shahristonida mavjud boʻlgan . Bu yerda shinaklar paxsada bir-biridan 2 
m masofada ochilgan va qavat darajasida shaxmat tartibida joylashgan. Qadimgi Xorazmning 
ayrim qal‘alarida, shinaklar va yorugʻlik tuynuklaridan tashqari, ajabtovur tuynuklar - toqlar 
saqlanib qolgan. Ular, masalan, Anqaqal‘ada qayd etilgan. Bu yerda burjlar oraliridagi har bir 
devorda ikkitadan toq, joylashgan. 
Tuynuklarning barchasi devorniki bilan bir xil terilgan oʻlchamdagi gʻishtlardan 
terilgan. Shu kabi tuynuk Ayozqal‘a 1 shimoliy devorida ham topilgan, u ham yarimdoira toq 
shaklida. Darvozalar harbiy jixatdan doimo aloxida e‘tiborni tortgan. Qadimgi Xorazm qal‘alari 
tarxi tuzilishining taxlili darvoza qurilmalarining uch guruhini ajratish uchun asos beradi: 1- 
peshdarvoza adashtirma yoʻli (labirinti); 2 –peshdarvoza burjlari; 3 – qoʻshimcha qurilmalarsiz 
oddiy tip. Birinchi tip eng koʻp yoyilgan. Ayrim istehkomlarda darvozaga yaqinlashish pandus 
(nishab yoʻlka) vositasida qiyinlashtirilgan. Pandusli joylarda dushman qal‘a devori boʻylab 
harakatlanar ekan, himoyasiz qolgan yonboshini oʻqqa tutib berishga majbur boʻlgan. Pandus 
Xivadagi ilk qanxxa davriga oid Tuproqqal‘a peshdarvoza istehkomida topilgan. 
Qoʻrgʻoshinqal‘ada tuproqdan koʻtarilgan pandus qoldigʻi qayd etilgan. Kirish joyi pandus 
bilan boshqacha jixatdan ham jixozlangan. Masalan, Qoʻyqirilganqal‘ada markaziy binoga yetib 
borish uchun pandus orqali oʻtish zarur boʻlgan, u qal‘aga kiriladigan asosiy joydan boshlanib, 
109
Хожаниязов Г. Фортификация древнего Хорезма. – Нукус; 1996 52-С 
110
Хожаниязов Г. Кзилкала (работы 1981-1982 гг.) // Археология Приаралья. Вып.З. – Ташкент: ―Фан
‖ ,
1986. C.54. 
111
Толстов С.П. Древний Хорезм. – Москва: ―Наука
‖ , 1948.C. 52. 


89 
34 m uzunlikda davom etgan. Markaziy binoga kirish yoʻli pandus bilan, aftidan, koʻtarma 
koʻprik orqali bogʻlangan. Tuproqqal‘ada shahristonida pandusning boshqacha varianti 
koʻzga tashlanadi. Xovliga shahar tarafdan kvadrat shakldagi katta burj orqali kirilgan. Burjga 
materik satxidan gʻisht zina orqali chiqilgan. Qadimgi Xorazm qal‘a darvozalariga yetib borish 
ba‘zan tabiiy «panduslar» yordamida mushkullashtirilgan Xorazmda qal‘a darvozalarini pandus 
bilan jixozlash ilk oʻrta asrlarda ham qoʻllanilgan. 
Mudofaa istehkomlarini barpo etishda loyosimon sogʻtuproq, asosiy qurilish materiali 
boʻlgan, undan paxsa yoki xom gʻisht tayyorlangan. Sogʻ tuproqdan, shuningdek, qurilish 
qorishmasi yoki devorni suvash uchun loy tayyorlangan. Paxsa devor juda yuqori sifatli 
materialdan qilingan, unda yoriqlar yo boʻlmagan yoki sezilar-sezilmas boʻlgan. Paxsa asosan 
devorning tub qismlari (asos)da ishlatilgan, gʻishtdan esa devorning oʻzi, gumbazlar 
koʻtarilgan. Ba‘zan platformaga xom gʻisht terilgan. Qadimgi Xorazm binokorlik ishida 
zilzilaga qarshi hususiyatga ega eng qadimgi tarxlash tuzilmasi boʻlganligi aniqlangan. 
Qurilishda tabiiy tepaliklardan foydalanilgan Inshootlar asosini qum- paxsa yoki qum-gʻisht 
bilan koʻtarish qadimgi Xorazm binokorlik ishining uziga xos hususiyati boʻlib, qumtepalarda 
imorat qurish boʻyicha ibtidoiy ananalar bilan bogʻliq. Qadimgi Xorazm binokorlik ishida 
haddan tashqari kamyob yogʻochdan bino konstruksiyasining usiz ish bitmaydigan joyida - 
ustun, toʻsin sifatida, eshik va qal‘a darvozasini yasashda foydalanilgan. Ba‘zan qal‘a devorini 
mustahkamlash uchun gʻisht qatorlari orasiga ham yo gʻoch tashlangan.Qadimgi Xorazm 
binokorlik ishida toshdan juda cheklangan holda foydalanilgan. Kvadrat shakldagi gʻishtga 
oʻtilishini, extimol, Xorazm binokorlik ishiga ahomaniylar qurilish texnikasining ta‘siri bilan 
izohlash mumkindir
112

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish