Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi



Download 394,5 Kb.
bet7/11
Sana11.04.2023
Hajmi394,5 Kb.
#926856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi

II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi.
II.1.Temur davlati tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari.
Bir tomondan hali CHingiziy mo’g’ullarning xavfi kuchli ekanligi, chegaralar xavfsizligini ta’minlash, CHig’atoy ulusiga egalik qilish, ikkinchi tomondan, Buyuk Ipak yo’li ustidan nazoratni qo’lga olish muammosi Amir Temurdan to’g’ri tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilashni talab etdi.
Sohibqiron Amir Temurning mo’g’ul zulmiga zarba berishi unga yangicha muammolarni tug’dirdi. Vaziyat Amir Temurdan Xorazm, Oltin O’rda, Mo’g’uliston, Eron, Xuroson kabi o’z davrining kuchli davlatlari bilan yangicha bir-biridan farqlanuvchi tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilashni taqozo qildi.
Amir Temur avvalo CHig’atoy ulusining tarkibiy qismi bo’lgan Xorazmni o’z davlati xududiga qo’shib olish, shu orqali shimoliy chegaralarni mustahkamlash, mazkur hududda kuchli mudofaa makonini yaratish, Oltin O’rdaning Eron va Ozarbayjonda hukmronlik qilishiga yo’l qo’ymaslik, uni ikkinchi darajali mamlakatga aylantirish, Dashti Qipchoqning shimoliy qismiga o’z ta’sirini o’tkazish kabi maqsad va vazifalarni qo’ygan edi.
Amir Temur o’z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avvalo u Audaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, shuningdek Farg’ona va SHosh viloyatlarini, so’ngra Xorazmni o’z tasarrufiga oladi.
SHunday qilib, Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o’zaro nizolarga chek qo’yib, Sirdaryo bo’ylaridan Orol dengizigacha bo’lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi.
Sohibqiron davlati uchun Oltin O’rdaning birlashishi va kuchayishi nihoyatda xavfli edi. Buni yaxshi tushungan Amir Temur Oltin o’rdani tor-mor qilib, nafaqat Movarounnahr, balki Rossiya, SHarqiy Yevropa, jahon tinchligini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, bu hol Rossiyaning mo’g’ullar zulmidan ozod etilishini, madaniy tomondan taraqqiyotini kamida 300 yilga tezlashtirdi. SHuningdek, SHarqiy Yevropa xalqlarining ham mo’g’ullar hukmronligi ostiga tushib qolishi va tsivilizatsiyasi pasayib ketishining xavfini bartaraf qildi. Bundan tashqari, Oltin O’rda, Turkiya va Misr o’rtasidagi harbiy-siyosiy ittifoqning shakllanishiga yo’l qo’ymadi. Buning bilan katta jahon xalqlari urushining hamda jahon tsivilizatsiyasi tanazzulga uchrashining oldi olingan edi, deyish mumkin.
Haqiqatdan ham, Sohibqiron Amir Temur davlatining tashqi siyosat yo’nalishida Oltin O’rda, Usmoniylar davlati hamda Misr davlati katta o’rin tutgan. Amir Temurning rejalariga dunyoda yetakchi mavqega ega bo’lgan davlatlarning rahbarlari - Misr sultoni Barquq, Usmoniylar sultoni Boyazid Yildirim halaqit berayotgan, buning ustiga ular Oltin O’rda bilan birga Amir Temurni yanchib tashlashga intilgan. Manfaatlar, xududlar ustidagi tortishuvlar ham yirik davlatlar orasidagi ziddiyatlarning keskinlashishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Halqaro maydonda vaziyatlar keskinlashayotgan bir paytda Amir Temur to’g’ri diplomatik tadbir va usullar orqali o’z oldida turgan murakkab to’siqlarni yengib o’tdi. Masalan, qariyb yigirma yillik ziddiyatlarga qaramay Misr bilan Amir Temur davlati o’rtasida yirik janglar sodir bo’lmagan.
Haqiqatdan ham, Amir Temur davlati va uning hukmdori zamondoshlarining e’tiborinigina o’ziga jalb etib qolmay, balki jahon siyosiy doiralarida yuz bergan voqealarga ham ta’sir ko’rsatgan. Ma’lumki, bu davrda, bir tomondan, harbiy qudrati tobora oshib borayotgan Turkiyaning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropani xavf ostiga solayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan bu qudratli davlatning o’zi G’arbga tomon shiddat bilan bosib kelayotgan xavfli raqib Amir Temur davlatining kuchli tazyiqiga duchor bo’lgan edi1.
SHunday qilib, Kichik Osiyoda ikki fotixning-o’sha vaqtda harbiy qudrati jihatidan eng yuksalgan AmirTemur bilan G’arbiy Yevropaga dahshat solib turgan Yildirim Boyazidning manfaatlari to’qnashadi. Bunday siyosiy vaziyatda Turkiyaga qarshi vujudga kelgan dushman kuchlarining ma’lum darajada birlashuvi tabiiy edi. Avvalambor turk sultoni Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan mahrum bo’lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad so’rab, uning Qorabog’dagi o’rdugohiga borib qaror topadilar. Xatto Vizantiya va Galatadagi Genuya hokimining noibi Frantsiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so’rab Amir Temurga murojat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida yordam berish hamda Krnstantinopol va Peraning Sulton Boyazidga to’lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to’lashga va’da qiladilar2. Bunday taklif shubhasiz Temurga maqbul tushadi. CHunki, Turkiyani dengiz sohillaridagi tayanchidan mahrum qilish uchun unga dengizdan madad zarur edi. SHunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Turkiya sultoni Yildirim Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat yuzaga kelgan edi. Bu imkoniyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi.
Sohibqiron Amir Temur jahonning yigirma yettita mamlakatini o’ziga bo’ysundirib, o’z davlatini jahonning buyuk imperiyalri qatoriga olib chiqdi. Uning hukmronligi davrida Movarounnahr dunyo taraqqiyoti bilan bevosita bog’lanib, jahonning katta madaniyatiga ega mamlakatlaridan biriga aylandi.
SHuningdek, u Yevro’pa davlatlari bilan ham do’stona, hamkorlik va diplomatik aloqalarni o’rnatishga erishgan. Bu esa saltanatning nainki sharqda balki g’arbda ham obro’si oshishiga sabab bo’lgan.
Jumladan, Amir Temur davri tarixini o’rganishda Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Dnevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Timura”(M,1990) asari katta ahamiyat kasb etadi. Klavixo o’z davrining qudratli davlati sanalgan Ispaniyaning elchisi sifatida 1403–1406 yillarda Movarounnahrga kelgan. U diplomatik munosabatlarning ishtirokchisi, rasmiy vakil sifatida Movarounnahrda ko’rgan bilganlari, unga ko’rsatilgan yuksak ehtirom va boshqa tassurotlari haqida maьlumotlar qoldirgan.
“Kundalik” Amir Temur davlatining kuch –qudrati, ichki va tashqi siyosati, rasmiy marosimlar, oilaviy munosabatlari, ilm – fan taraqqiyoti, urf –odatlar, me’morchilik va boshqa milliy an’analar haqida bizga ko’plab qimmatli maьlumotlarni beradi.
Sohibqiron Amir Temurning jahon tsivilizatsiyasini rivojlantirish faoliyatini ikki davrga bo’lish mumkin:
Birinchisi, 1360-1386 yillarda Amir Temurning Movarounnahrda markazlashgan davlat qurish yo’lidagi kurashi va o’lkani madaniy tomondan rivojlantirish uchun qilgan sayi harakati.
Ikkinchisi, 1386-1402 yillar. Bu davrda Sohibqiron davlatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni hamda tsivilizatsiyani mustahkamlashni amalga oshirdi.
Umuman olganda, Amir Temurning tashqi siyosatda qo’llagan tadbirlari davlatning siyosiy, mudofaa va iqtisodiy qudratini kuchaytirishga xizmat qildi.


Download 394,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish