Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi



Download 394,5 Kb.
bet8/11
Sana11.04.2023
Hajmi394,5 Kb.
#926856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi

II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi.
II.2. Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni.
Mavzuni tadqiq etish asnosida XIV asr oxiri va XV asrning boshlarida halqaro munosabatlar, har bir davlat rahbarining o’ziga xos diplomatik salohiyati va strategiyasi mavjudligi, bu aloqalarda Amir Temur kuchli taktikalar qo’llagani, ushbu omillar saltanatning xalqaro maydonda obro’ qozonishiga xizmat qilganligini tushunib yetish mumkin.
Bu davrda Amir Temur Turkiya bilan bilan bo’lajak to’qnashuvda Trapezund (Turkiya, hoz.Trabzon sh.) va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanish maqsadida Genuya va Venetsiyaga sovg’a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuborgan.
Ispaniya elchisi Klavixoning kundalik daftaridagi ma’lumotlariga qaraganda, o’zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ionn VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib borgan. Amir Temurning 1402-yil 15-may kuni Ionn VII Paleolog nomiga yo’llangan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, xatto unga “odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kema bilan” yordam berish majburiyatini o’z zimmasiga oladilar1.
Bu davrda Amir Temur Frantsiya qiroli Karl VI (1360–1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 –1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) lar bilan diplomatik aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib borgan. Bu davlatlar orasida, ayniqsa Frantsiya, Vizantiya imperiyasi taqdiriga befarq qaray olmas edi. SHu boisdan Frantsiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa Galatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o’z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o’rnatishga intilar edi. Amir Temur va Karl VI diplomatik yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo’llab-quvvatlaydi. SHunday qilib, Amir Temurning Kichik Osiyo va G’arbiy Yevropa davlatlari bilan olib borgan dastlabki diplomatik yozishmalari va elchilik aloqalari uning G’arbda – Turkiya ustiga yurishi munosabati bilan boshlanib, ulardan asosan Sulton Boyazidga qarshi birgalikda kurashish rejalari ko’zda tutiladi. Biroq Anqara yaqinida turklarning 160 minglik qo’shini ustidan qozonilgan buyuk g’alabadan so’ng Amir Temurning G’arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalarining mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda u ular bilan do’stona munosabatlarni mustahkamlash va o’zaro savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yish kabi masalalarga ahamiyat qaratadi.
Vizantiya imperatoridan boj olib, uni bevosita bo’ysundirish bilan kifoyalangan Amir Temur 1402-yilning yozida Frantsiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo’llaydi. Elchilar Parijga 1403-yilning may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda gertsoglar rozi bo’lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadilar. SHuning uchun ham Amir Temur 1402-yilning 1-avgustida Frantsiya qiroli Karl VI ga yo’llagan maktubida bu haqida quyidagilarni alohida ta’kidlaydi: “Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o’lkangizga o’tgan ajdodlarimiz davridagidek, borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun qoyda keltirishsa, ko’p xursand bo’lar edik. SHuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta’minlanadi”1.
Frantsiya qiroli Karl VI 1403-yilning 15-iyunida Amir Temurga yo’llagan javob maktubidan ma’lum bo’lishicha, Amir Temur takliflari Frantsiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Xuddi shu davrda u buyuk g’arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh (1366-1408) bilan Angliya qiroli Genrix IV o’rtasida olib borilgan diplomatik yozishmalarda ayniqsa faol qatnashadi. 1393-yilda SHimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o’z ichiga olgan xulagular tasarrufidagi mulklarga hokim qilib tayinlangan Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G’arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o’zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi. SHu sababli G’arbda Mironshoh tez orada “katolik dinining homiysi” sifatida shuhrat topadi. Amir Temur, Mironshoh va Genrix IV larning o’zaro diplomatik yozishmalaridan ma’lum bo’lishicha, Angliya bilan elchilik aloqalarini o’rnatib, savdo-sotiqni jonlantirish yo’lida olib borilgan harakatlarda, ayniqsa Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, Amir Temur saltanatining G’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari – xoh u elchilar qatnovi, xoh savdo karvonlari bo’lmasin, dastavval Mironshohning tasarrufidagi o’lkalar orqali o’tar edi. Bundan eng avvalo ushbu viloyatning noibi manfaatdor edi.
Amir Temur Osiyo va Yevropa mamlakatlari hukmdorlariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Markaziy Osiyo orqali o’tadigan Buyuk ipak yo’lida karvonlarning, yo’lovchilarning xavfsizligini ta’minladi.
Misr Arab Respublikasi arab olamining ajralmas qismidir. Markaziy Osiyo davlatlari va arab olami musulmon sivilizatsiyasiga aloqador bo’lib, ularning qadimiy madaniy birliklari mavjud.
Sohibqiron Amir Temur va Misr sultonlari Barquq (1382-1399) va Nosir Faraj (1399-1412) hamda ularning suriya noiblari bilan 20 martadan ortiq elchilar ayirboshlagan va xat yozishgan. Amir Temur boshlagan aloqalar temuriylar davrida ham davom etgan.
XIV asr oxiri XV asrda yashab ijod etgan Ibn Xaldun, Ibn Do’qmoq, Ibn al-Frot, al-Maqriziy, al-Asqoloniy, al-Ayniy, Ibn Arabshoh, as-Suyutiy kabi Misr tarixchilari asarlarida Amir Temurga tegishli ma’lumotlar ko’plab uchraydi. Ularning zamonasida eng yirik mutafakkir deb e’tirof etilgan Ibn Xaldun (1332-1406) Amir Temur bilan bir necha bora uchrashgan. U sohibqiron haqida “ Vatanparvarlik bobida yer yuzidagi hech qaysi hokim, na Xusrav, na Yuliy Sezar, na Iskandar van a Buxtanasar (Valtasar) unga teng kelolmaydi ”, drb yozgan.
Sohibqironning Yaqin Sharq mamlakatlariga qilgan yurishlari va Amir Temurga uyishtirilgan ittifoqqa to’xtalib o’tsak :
Sohibqiron Amir Temurning 1393-1394-yillarda Kichik Osiyoda Usmoniylar, Qaysari-Sevas hududlarida Qozi Burhoniddin Ahmad hamda usmoniylarga tobe bo’lgan Qaraman o’g’illari bekligi va Misrda Barquq hukm surgan davrda Arab Iroq hududlariga yurish qilgani ma’lum.
Amir Temurning Kichik Osiyo va Misrliklar sultonligi qal’a va shaharlari yaqiniga kelishi qo’shni davlatlarni qattiq havotirga soladi. Arab va Turk manbalarida yozilishicha, bu katta siyosiy xatarni yo’qotish uchun Sevas va Qohirada jiddiy harakatlar boshlanadi.
Shom shaharlarining hokimlari Qohiraga yo’llagan maktublarida xalq tahlika ichida qolgani aytilib, shoshilinch yordam so’ralgan. Vaziyat qaltisligini anglagan Barquq ham mashvarat o’tkazadi.
Amir Temur mazkur hududlarda harbiy harakatlar boshlar ekan, diplomatik tashabbuslarni ham unutmadi. Bag’dodni olgach, shimolga yurib, Tekritga kelganida Al-Jazoira hukmdorlari bilan Mutahhartin, Qaraman o’g’li Aloviddin, Dulqodirali Suli, Qoraquyunli va Oqquyunlilarning beklariga, shuningdek, Qozi Burxoniddin Ahmadga maktublar yo’llab, itoat etishlarini so’raydi. Misr mamlakatlar sultoni Barquqqa ham elchilar hay’ati yuboriladi.
Mana shunday siyosiy vaziyatda Qozi Burxoniddinning faol harakati va tashabbusi bilan mintaqada Amir Temurga qarshi kuchlar birlasha boshladi. Misr sultoni ham bu harakatga qo’shildi. Bu harakatlardan zimdan xabardor bo’lgan Amir Temur mazkur ittifoqni parchalab tashlash uchun qat’iy harakatga o’tadi. U bilan bu yo’lda asosiy raqib sifatida dastlab Qozi Burxoniddin Ahmadni ko’radi. Sohibqiron 1394-yilning yoz oylarida unga maktub yo’llab, o’z elchisi Qutlug’shohning qaytarilishini talab qiladi. Mintaqaviy ittifoqqa orqa qilgan Qozi Burxoniddin bu odil taklifni rad etadi.
Amir Temur bu qat’iy javobdan keyin Kichik Osiyo ichkarisiga yurish boshlaydi va Sharqiy Anatoliyaning kuchli qal’alaridan Arjinni zabt etib, Sevasga qarab harakat qiladi.
Amir Temur mintaqaga ikkinchi marta kelishi bilanoq o’ziga qarshi harakat qilayotgan kuchlarni bartaraf etishga kirishdi. Birinchi bo’lib, Qozi Burxoniddin bilan Qoraquyunlilarga zarba berdi.
Manfaatdor tomonlar qanchalik urunmasin mintaqiy mudofaa ittifoqining faoliyati uzoqqa bormadi. Uning tarqalib ketishiga eng avvalo, To’xtamishxonning mag’lubiyati sabab bo’ladi. Endi Kichik Osiyo va Shomda Sohibqiron kuchlariga qarshi tura oladigan hech qanday to’siq qolmagan edi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Sohibqiron Amir Temur nafaqat buyuk harbiy sarkarda va lashkarboshi, ayni zamonda davlat arbobi va mohir diplomat edi. U o’z imperiyasida maxsus diplomatic korpus joriy etgan bo’lib, bu xizmat har tomonlama yetuk, bir necha tillarni o’zlashtirgan kishilardan iborat bo’lgan. Amir Temurning shaxsan o’zi qo’l ostidagilarni xalq tomonidan tan olib kelinayotgan diplomatik tamoyil- “ Elchiga o’lim yo’q” tamoyilini buzmaslikka qat’iy nazorat joriy etgan. Sohibqironning 1393-1398- yillar davomida Yaqin Sharq mintaqasiga qilgan yurishlari davomida mintaqadagi mamlakatlarning amir va sultonlariga o’z fikr va maqsadlarini to’g’ri yetkazish uchun dastlab diplomatiyaga tayangan.

Avvalo Amir Temurning insonparvarligi, mard, jasur, tashabbuskor, strateg, tadbirkorligi va ahloqiy fazilatlari uning kuchli shaxs bo’lganligi kelgusidagi yutuqlariga asos bo’lib xizmat qilgan. Uning diplomatiyasida bugun ko’tarilayotgan yagona makon barpo etish va integratsiyani kuchaytirish maqsadlari mavjud bo’lgan.


Amir Temurning qat’iyati, tirishqoqligi, maqsadga intiluvchanligi va imkoniyatdan maksimal foydalanganligi, tezkorligi, diplomatik yutuqlarining muhim omillaridan hisoblanadi.
Muzokaralar orqali nizolarni bartaraf etish Amir Temur diplomatiyasining muhim yutug’i bo’lib, uning strategiyasi diplomatiyasini kuchaytirishga xizmat qildi. Sohibqiron o’z davrining boshqa hukmdorlaridan farqli ravishda maslahat va kengashga asoslanib, diplomatik asoslarni kuchaytirgan.
U nizoli masalalarda vaqtni cho’zib, di’lomatiya yo’lini tutgan va raqibining to’g’ri xulosaga kelishiga imkon bergan. Amir Temur kechiruvchan diplomat bo’lib, pastkashlikka qarshi saxiylik, sabr-toqat, kechiruvchanlik va bag’rikenglik yo’lini tutgan. Har qanday sharoitda ham uning di’lomatiyasida yutqiziqsiz va talofatsiz maqsadga erishish bosh g’oya bo’lgan. Amir Temur vaziyatlarga qarab diplomatiyaning nasihat, ogohlantirish, qo’rqitish va ovoza tarqatish kabi usullaridan foydalangan. U raqiblarining zaifliklaridan ustalik bilan foydalangan va g’alabalarga diplomatiyada qo’llagan to’g’ri tadbirlari orqali erishgan.
Amir Temur saltanatida elchi tanlash masalasiga alohida e’tibor berilib ularga yurt ramzi qaralgan. SHunga monand saroydagi diplomatiya kor’usi mukammal tuzilgan bo’lib, u muntazam ravishda faoliyat yuritgan. Diplomatik munosabatlar shaxsan Amir Temur nomidan olib borilgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Sohibqiron Amir Temur nafaqat buyuk harbiy sarkarda va lashkarboshi, ayni zamonda davlat arbobi va mohir diplomat edi. U o’z imperiyasida maxsus diplomatic korpus joriy etgan bo’lib, bu xizmat har tomonlama yetuk, bir necha tillarni o’zlashtirgan kishilardan iborat bo’lgan. Amir Temurning shaxsan o’zi qo’l ostidagilarni xalq tomonidan tan olib kelinayotgan diplomatik tamoyil- “ Elchiga o’lim yo’q” tamoyilini buzmaslikka qat’iy nazorat joriy etgan. Sohibqironning 1393-1398- yillar davomida Yaqin Sharq mintaqasiga qilgan yurishlari davomida mintaqadagi mamlakatlarning amir va sultonlariga o’z fikr va maqsadlarini to’g’ri yetkazish uchun dastlab diplomatiyaga tayangan.
SHunisi e’tiborliki, xalqaro uchrashuvlar, rasmiy marosimlar aniq va san’atkorona ishlab chiqilgan qoidalar asosida olib borilgan. Bu qoidalarning yuksak me’moriy-badiiy yechim, etika, estetika yutuqlari bilan boyitilganligi ham davlatning obro’ e’tibor qozonishida muhim rol o’ynagan.
Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni xususida shularni aytish mumkinki, sho’rolar davrida Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan olib borgan diplomatik yozishmalari I.I. Umnyakov tomonidan o’rganilgan, ammo bu di’lomatik aloqalarda Sohibqironning tutgan o’rni va roli, halqaro munosabatlarni muvofiqlashtirishdagi faoliyati tahlil etilmagan.
Davlatimizning mustaqillikka erishuvi tom ma’noda Amir Temur davrida bitilgan yozishma-maktublarning tadqiq etilishiga katta imkoniyat yaratdi. Jumladan, di’lomatik yozishmalar tarixi tadqiqotchilar tomonidan xolisona o’rganila boshlandi. Jumladan, Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan matbuot sahifalarida diplomatik yozishmalarga doir tadqiqotlar e’lon qilindi1.
Maktublar mazmuni xalqaro munosabatlarning rivoji va nizolarning sabablari, shuningdek, munosabatlarda kim diplomatiya normalariga amal qilgani yoki unga xilof ish tutganini haqida atroflicha bilishimizda bizga yordam beradi.
Turli davlatlar bilan olib borgan yozishmalarida Amir Temur yaxshi qo’shnichilik, o’zaro yordam, iqtisodiy hamkorlik g’oyalarini targ’ib qilish bilan birga o’zining amalga oshirishi lozim bo’lgan geostrategik maqsad va vazifalarini amalga oshirishni istagan.
Yozishmalar Amir Temur o’z davridagi boshqa musulmon hukmdorlardan farqli o’laroq g’ayridin qirollarga nisbatan do’stona munosabatda bo’lgani va ularni istiqbolli hamkor sifatida qabul qilganiga shohidlik beradi. Yevropa davlatlari bilan aloqalarda tez-tez elchilar almashinib turishi va ular orqali do’stlikning mustahkamlanishi hamda har ikki mamlakat taraqqiyotiga katta hissa qo’shuvchi savdogarlar, tadbirkorlar toifasiga katta imkoniyatlar yaratilishi tomonlar o’rtasida kelgusida do’stlik aloqalari rivojlanishiga sabab bo’lgan. Amir Temur tarixda ilk marotaba musulmon sharqidan nasroniy g’arbga do’stona va hamkorlik yo’lida qo’l uzatgan, mashriqu mag’rib o’rtasidagi g’ovlarni olib tashlashga intilgan jahongir sifatida tarixga kirgan. Maktublar mazmuni Amir Temur tomonidan savdogarlarga katta imkon yaratish, bu orqali mamlakat va xalqning iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadlari sharq va g’arb o’rtasida birinchi marta rasmiy masala sifatida hal etishga intilganini ko’rsatadi.
SHuningdek, o’zaro yozishmalardan Amir Temurning xalqaro munosabatlarda sulh, tinchlik va hamkorlik tarafdori bo’lganini anglash mumkin.


XULOSA


Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugun oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog’imiz kerak”1. Zero, biz yashayatgan zamin qadim-qadimdan ziyo maskani bo’lib, xalqimiz boy madaniy merosiga, yuksak qadriyatlarga ega xalqdir.
Buyuk bobomiz Amir Temur, jahonga mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad al-Farg’oniy, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko’plab siymolar jahon ilm-fani, madaniyati va tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shganlar.
SHu sababli mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov o’z asarlarida doimo xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o’rganishga, ulardan mustaqillik ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da’vat etib kelganlar. Zero, ajdodlarimiz qoldirgan madaniy meroslarda shunday fikrlar borki, ular bugungi kunda ham taraqqiyotimizning o’ziga xos yo’lini belgilashda o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Xalqimiz madaniyatini, milliy istiqlol mafkurasini yaratish va uni rivojlantirishda madaniy merosimiz, undagi ilm-fan, ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarni o’zlashtirish va amalga tatbiq qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning: “Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohotchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan Amir Temur “Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan” davlatni barpo etdi”1, -degan so’zlari Amir Temurning davlatchiligimiz tarixida o’rni beqiyos darajadaligini ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davrida yaxlit davlatchilik kontseptsiyasi yaratilgan bo’lib, saltanat boshqaruvining barcha sohalari, xususan har bir sohaning ichki jarayonlari, tarmoqlararo aloqalar qonun yo’li bilan tartibga solingan. Bu davrda davlat boshqaruvida mavjud bo’lgan mo’g’ul, fors va turkiy islomiy an’analarning ijobiy jihatlaridan davlat boshqaruvida foydalanilishi yangicha siyosiy an’analar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu o’zgarishlarni amalga oshirishda Amir Temurning davlat rahbari sifatida tutgan siyosiy mavqei ham katta ahamiyat kasb etdi.
Davlatning ijtimoiy funktsiyasi iqtisodiy, qonuniy va ma’naviy vositalar orqali bajarilgan.
Amir Temur davlat boshqaruv idoralarining har tomonlama qulay, tezkor, yengil, sodda va iqtisodiy jihatdan tejamkor holda faoliyat yuritishini ta’minlay olganligi uning yutuqlarga erishishiga olib keldi.
Saltanatda markaziy va mahalliy boshqaruv idoralarining o’zaro aloqadorligi, bir-biriga bo’ysunish qoidalari tartibga solindi, shakl va mazmun o’rtasidagi mutanosiblik tag’minlandi. Bu esa mamlakatda yuksak kommunikatsiya tizimi yaratilishiga sabab bo’ldi.
Amir Temur bu tizimni salohiyatli, ilmli va mag’naviy jihatdan yetuk mutaxassislar bilan kuchaytirdi.
SHuningdek, qurultoylar ham mamlakat boshqaruvi va taraqqiyotida rol o’ynagan.
Amir Temur davrida sud va huquq tartibot sohalari ixtisoslashgan bo’lib, bu soha davlat tayanchi vazifasini o’tagan.
Boshqaruvda mamlakat mudofaasiga katta e’tibor qaratildi. Amir Temur tahdid solishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi xavflarni o’z vaqtida bartaraf etdi, ularning ‘aydo bo’lishga to’sqinlik qiluvchi tadbirlar belgiladi.
Saltanatning harbiy siyosati avvalo mudofaani kuchaytirishga qaratilgan edi. Uning tomonidan olib borilgan mudofaa, harbiy siyosat va diplomatiya yigirma yetti davlatni o’z ichiga olgan yirik saltanatda barqarorlikni tag’minlashga, Osiyo mintaqasida o’z maqsadlariga erishishga, integratsion jarayonlarni tezlashtirishga xizmat qilgan. Amir Temur tashqi yurishlarini avvalo zulm, adolatsizliklar, boshboshdoqliklarni tugatish maqsadida uyushtirgan, mintaqalarda el-ulus farovonligini tag’minlashga harakat qilgan hamda islom dini va shariat mustahkamligi uchun kurashgan.
Saltanat diplomatik aloqalarida inson’arvarlik, do’stlik va hamkorlik g’oyalari ustuvor bo’lgan. Xorazm, Oltin O’rda, Usmoniylar, Misr kabi davlatlar bilan olib borilgan tashqi siyosatida ham di’lomatiya qonun qoidalariga doimiy ravishda amal qilingan.
Amir Temur Yevro’a qirollari bilan do’stona di’lomatik munosabatlarni o’rnatgan. Bu esa o’sha davrning katta hodisasi edi.
Uning diplomatiyasi va tashqi siyosatida ilk marotaba “yagona makon” g’oyasini ilgari surilgan. Bu esa barcha insonlarning yagona makonda faoliyat yuritishlari mumkinligi haqidagi dastlabki tushunchalarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Bu asoslar Amir Temur davlatchilik g’oyalari baynalminalchilikka asoslanganligini ko’rsatadi.
Umuman olganda, Amir Temur davlatchiligi yuksak nazariy qoidalarga asoslangan holda boshqarilgan bo’lib, undagi mezonlar amaliyotdan olingan tajribalar orqali shakllangan.
Yuqoridagi tahlillar va dalillar asosida Amir Temur saltanatida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, siyosiy tizimda yangicha, mustahkam, o’z davrida mavjud bo’lgan turli boshqaruv an’analarining maqbul jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan, hamda ularga muhim ijobiy o’zgartirishlar kiritilgan davlatchilik asoslari bar’o etilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Amir Temur davrida shakllangan davlatchilik tajribasi siyosiy tariximizdagi eng rivojlangan bosqichni tashkil etadi.
SHuningdek, mazkur mavzuda olib borgan tadqiqot ishimiz quyidagi tavsiyalarni ilgari surish imkonini beradi:

  1. Amir Temur va temuriylar tarixiga bag’ishlab xorijda va yurtimizda yaratilgan manba va adabiyotlarni jamlashtirish, ularning xolislik darajasini aniqlash hamda mazkur ishlardagi ilg’or fikrlarni ilmiy doiraga kiritish;

  2. Bu davr davlatchilik tarixini kengroq o’rganishda “O’zbekiston tarixi”, “O’rta asrlar tarixi” fanining Amir Temur davriga tegishli qismlarini qayta ko’rib chiqish, ularga zarur qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish;

  3. Oliy ta’lim muassasalarining “O’zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Ma’naviyat asoslari”, “Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya” va boshqa fanlarini o’rganishda Amir Temur davlatchiligi saboqlariga tayanishni kuchaytirish maqsadga muvofiq keladi. CHunki bu davrda qo’lga kiritilgan muhim yutuqlardan yoshlarning ilmiy va ma’naviy tafakkurini shakllantirishda foydalanish;

  4. “Psixologiya” fanidan yoshlar psixologiyasini shakllantirishda Amir Temur tajribasiga tayanish;

  5. “Davlat va huquq nazariyasi”, “Tadbirkorlik huquqi”, “Halqaro huquq”, “Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi”, “Markaziy va mahalliy davlat boshqaruv asoslari”, “Davlat va huquq tarixi”ni yozishda turli soha mutaxassislari bilan temurshunos olimlarning keng hamkorligini ta’minlash;

  6. Harbiy sohaga tegishli bilim yurtlarida, Milliy xavfsizlik institutining talabalariga ma’ruzalar o’tishda, XIV-XV asrlardagi Osiyo va Yevropa mintaqasidagi xalqaro munosabatlar tarixini o’tish jarayonida ulardan amaliy foydalanishni kuchaytirish;

  7. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talaba va magistrantlariga Amir Temur saltanatining tashqi siyosati va diplomatiyasi tarixi bo’yicha maxsus kurs tashkillashtirish;

  8. Amir Temur va temuriylar davlatchilik tarixini o’rganish markazini, davrga taalluqli maxsus ilmiy nashrni tashkillashtirish lozim.



Download 394,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish