Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. ХП—ХШ asrda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ohy malumot beradigan o'quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo'la boshladi. Universitetlarning vujudga kelishiga o'sha vaqtlarda ko'p Yevropaliklaming arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafasi) bilan tanishuvi katta ta’sir ko'rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G'arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga nisbatan harbiy harakatlari sabab bo'ldi. O'sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ilm fan rivojlangan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab ohy o'quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun andoza bo'ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o'quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o'qitilar, yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar Kordovada o'qib, oliy ma’lumot olardilar. - Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. ХП—ХШ asrda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ohy malumot beradigan o'quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo'la boshladi. Universitetlarning vujudga kelishiga o'sha vaqtlarda ko'p Yevropaliklaming arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafasi) bilan tanishuvi katta ta’sir ko'rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G'arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga nisbatan harbiy harakatlari sabab bo'ldi. O'sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ilm fan rivojlangan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab ohy o'quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun andoza bo'ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o'quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o'qitilar, yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar Kordovada o'qib, oliy ma’lumot olardilar.
- Universitetlarning paydo bo'lishining yana bir sababi yuksak malakali huquqshunoslarga talabning oshganligi edi. Mazkur sabablardan tashqari ХН-ХШ asrlarda G'arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o'zgarishlar: hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlaming o'sib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o'rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug'dirdi, bu hoi o'z navbatida universitetlarning paydo bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |