O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
« Axborot xavfsizligini ta’minlash » kafеdrasi
Ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha hisobot
5330500 – “Axborot xavfsizligi” yo`nalishi
Bajardi: 713-18 AXu guruh talabasi Hamidov Ibrohim
Amaliyot rahbari: Mardiyev U.R.
Toshkеnt – 2021
Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha Hisobot
Reja:
1. Kirish
2. Amaliyot o’tilgan maktab haqida qisqa ma’lumot
3. Texnika xavfsizlik qoidalari
4. Amaliyot davomida bajarilgan omillar bayoni va o`qitish metodikasi.
5. Dasturiy ta'minotni o'rnatish jarayoni
6. Xulosa
Kirish.
Barchamizga ma’lumki har bir olingan bilim mustahkam bo’lishi uchun uni amaliyotda sinab ko’rish talab etiladi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim Vazirligi hamda Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirliklari qaroriga asosan biz talabalar olgan bilimlarimizni ishlab chiqarish amaliyotida qo’llab bilim, ko’nikma va malakamizni yanada oshirishga erishdik. Bizga amaliyot davomida yetuk bilimga ega bo’lgan ishchi xodimlarga biriktirildik.
Amaliyot o’tilgan maktab haqida qisqa ma’lumot
Shermuhammad Ashirov nomidagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabi 1986- yilda qurilgan.
U maktabga Shermuhammad Ashirov nomi berilganligi quyidagicha bo`lgan. Shermuhammad Ashirov 1975 yil 23 yanvarda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Xalqobod qo‘rg‘onida tug‘ilgan. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining ilk bitiruvchilaridan biri. 2000 yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda halok bo‘lgan. II-darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.
Poytaxtdan chiqqan mashina uzoq yo‘l bosib, Yangiyo‘l tumani Sohibkor ko‘chasiga burilganda, hamrohim bizdan yuz metrlar narida ketayotgan uch ayolni ko‘rsatdi. «Hassa tutgan ayol Shermuhammadning onasi», dedi u. Orqa o‘rindiqdan zehn solib qarayman. Hayotning goh quvonchli, goh tashvishli kunlarini boshidan o‘tkazgan uch ona sekin qadamlar bilan ketib borardi.
Darvoza yaqinida mashinadan tushdik. «Assalomu alaykum, yaxshi yuribsizmi?» Munisxon aya hassaga tayanib, elkamizni qoqib qo‘ydi. Mahallamizda bir odam olamdan o‘tibdi, shunikida fotiha qilib kelyapmiz, deydi. Yillar va sherdek o‘g‘lidan ayirgan qazo qoldirgan asorat onaning qadam bosishidan yaqqol ko‘zga tashlanadi. 2000-yili Shermuhammad Ashirov nomi 7- umumiy o`rta ta`lim maktabiga qo`yildi.
2019- yil marhum nomini ulug`lantrish maqsadida maktabga marhumning haykali qo`yildi.
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI № 7 haqida tez-tez so'raladigan savollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |