Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Download 1,86 Mb.
bet7/32
Sana19.05.2022
Hajmi1,86 Mb.
#604543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
huawei cc08 va alcatel stantsiyalarining ozaro funktsional farqliligi

ISDNSM-ISDN abonent moduli. Bu modul har xil turdagi axborotni (telefon, paket va boshqa) uzatish ta’minlaydi.


ISDNTM - integral abonentlar tarmog‘i bilan aloqani ta’minlash moduli. Modul 2048 Kbit/s tezlikda ishlaydigan guruhli 32 kanalli traktga xizmat ko‘rsatadi. U xabar paketi yoki signallashga ishlov beradi.


ISDNJM - ISDN chiqarilgan abonent blokining interfeysi moduli. Bu modul analog - raqamli aralash konsentratori bo‘lib hisoblanadi. Bu shahar va qishloq sharoitiga mos loyihalashtirilgan modul. Konsentrator 976 gacha chiqarilgan analog abonentlarini ulashga yo‘l beradi. Modul RKM ga abonent guruhini raqamli ulash liniyasi bo‘yicha ulashni ta’minlaydi.


HCCM-HJGH-Common Channel Modul - 7 sonli UKS moduli (yukori unumdorlik umumkanal moduli).


ASE - qo‘shimcha boshqaruv qurilmasi.


DSN - raqamli kommutatsiya maydoni.


DSN vaqt - fazoviy kommutatsiya tizimidan iborat. Maydon har xil chaqiruvga xizmat ko‘rsatish bosqichida har xil terminal modullar va tizim modullar orasida ulashni o‘rnatish uchun ishlatiladi. S-12 tizimda to‘liq
taqsimlangan boshqarishga ega bo‘lgani va "umumiy shina" bo‘lmagani uchun modullar orasidagi hamkorlik RKM orqali hosil qilingan traktdan bajariladi.


Modullar tuzilishi

S-12 tizim hamma boshqaruv modullari bir-biri bilan raqamli kommutatsiya maydonida ulovchi traktlar orqali ulanadi. Tizim hamma modullari asosan bir xil tuzilgan, ya’ni bir xil tuzilishga ega. Modul ikki qismdan iborat. Terminal sxema yoki terminal va boshqaruv elementi TSE dan. Terminal sxemalar (Terminal Circuits) bu maxsus uskuna bo‘lib, modulning vazifasiga muvofiq ish bajaradi. Terminalning boshqaruv element TSE yoki terminal boshqaruv elementi xotirali (Memoru) mikroprotsessorlardan (Processor) va terminal interfeysi (Terminal interface) deb nomlangan uskunadan iborat.


S - 12 tizimi terminalsiz modullar ham bor. Bunday modullar qo‘shimcha boshqaruv uskunalar yoki qo‘shimcha boshqaruv elementlari ASE deyiladi va terminal interfeysi orqali raqamli kommutatsion maydonga ulanadi. ASE tizimning qolgan boshqaruv uskunalari uchun yordam berish vazifasini bajaradi. Ular tarifikatsiyani tahlil qilishadi, kanallar resurslarini taqsimlaydi, statistikaga qayta ishlov beradi va boshqalar. Terminal boshqaruv elementi, TSE ikkita pechatli platada tashqil topgan.


Bittasida (RVA) protsessor va xotira, boshqasida terminal interfeysining (TERA) pechatli platasi joylashgan. Hozirgi vaqtda aralash pechatli plata - protsessor - xotira- terminal interfeys (MSIA) ishlab chiqilgan.


Protsessor (mikroprotsessor Intel - 8086) boshqaruv elementining asosiy qismi bo‘lib, bajaradigan jarayonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan taktli chastota, shu platada joylashgan taktli generator yordamida generatsiya qilinadi. Protsessor platasi shikastlangan joylarni aniqlashini ta’minlaydi va ularni korreksiya qiluvchi vositalariga ega.


Bundan tashqari, taymerni nazorat qilish va xotirani himoya qilishni ham bajaradi. SE boshqaruv elementining dastur ta’minoti xotirada saqlanadi. Xotira 256 Kbaytli dinamikli OXK mikrosxemalardan tuzilgan. Xotira 1 Mbayt axborotni saqlash uchun mo‘ljallangan. Xotira bloki yagona xatolarni aniqlaydi. Xotiraga murojaat


qilish uchun protsessor yuqori tezlikdagi HSB shinasi ishlatiladi. Bu shina terminal interfeysni boshqarish uchun ishlatiladi. Terminal sxemani boshqarish uchun past tezlikdagi LSD shinasi ishlatiladi.

Terminal interfeys TI terminal va raqamli kommutatsiya maydoni orasidagi interfeys bo‘lib hisoblanadi. U boshqaruv elementining kommutatsiya maydoni IKM trakti kanallariga kirishni ta’minlaydi. TI orqali boshqaruv elementi xabarlar paketlari bilan boshqa TSE lar bilan almashishi mumkin.


Terminal interfeys TERA platasida joylashgan. TI ishini bajarish uchun juft qabul qilib uzatuvchi portlarga ega. Juft port terminal bilan va ikki juft port esa raqamli kommutatsiya maydoni bilan aloqa qilish uchun xizmat qiladi.


Boshqaruvning bitta qabul qiluvchi porti (Port controller-Poco) takt impulslarini, ovozli signallarni va joriy vaqtdagi signallarni taqsimlash tizimi bilan ulangan.


Ikkita qabul qiluvchi va ikkita uzatuvchi portlar mikrosxema QUAP turida bajarilgan. Hamma port multipleksli shina TDM- Time Division Multiplex bilan bog‘langan. Boshqaruv portini bog‘lovchi trakt orqali har biri o‘zining vaqtli kanalidan tonal signallar uzatiladi.


Har bir TDM shinasi orqali kiruvchi kanal istalgan chikuvchi kanal bilan ulanishi mumkin.


Bu har qanaqa tonal signalini, istalgan chiquvchi kanalga boshqaruv protsessori boshchiligida kerakli port va kanallari yordamida kommutatsiya yo‘li bilan uzatishga imkon beradi. Bu shina orqali axborotni terminal va kommutatsiya maydoni orasida uzatish mumkin. Terminal interfeys tarkibida (Packet RAM 2/4 Kbayt) hajmli paketli OXK bor. TSE protsessori bu xotiradagi xabarlar paketini qabul qilish va uzatish uchun ishlatiladi.



AAL
64ch128


0

7


ALSV
ALSV
TI

Mb/

s
STM

MPR


1.1.3-rasm ASM modulining strukturasi

Terminalda joylashgan AI BORSHT funksiyasini bajaradi. AI lar soni 64 ta yoki 128 ta bo‘lishi mumkin, tushayotgan yuklamaga qarab tanlab olinadi, ular platalarda joylashgan. Platalar soni 8 ta. Ikki xil turdagi platalar bor. 8 tadan AI joylashgan plata ALCN. 16 tadan AI joylashgan plata ALSB (1.1.4-rasm). Bundan tashqari terminalda chaqiruv signalini uzatish uchun chaqiruv signal generatori (RG) va test sinovlaridan o‘tkazuvchi qurilma joylashadi.


ASM ning har bir moduli 8 ta pechatli platadan tashqil bo‘lgan va ularning har biriga 8 ta abonent ulangan. SHuning uchun, har bir ASM 64 ta abonent liniyasiga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi. ASM KM orqali o‘tkazish uchun kiruvchi signallarni 32 kanalli bitli oqimga o‘zgartiradi. ALSB 8 ta platasi, RNGA chaqiruv generator platasi, TAUA testlash platasi va avariya signalizatsiyasi RLMA platasi bilan birgalikda IKM ning ikki kanali orqali MCUA turidagi boshqarish elementiga (TAUA va RLMA) platalari ASM ning ayrim modullariga ulanadi).


Har bir ikki modulga ikkitadan TAUA va RLMA to‘g‘ri keladi. Har ikki boshqaruv elementi abonent komplektlari bilan shunday ulanganki, ularning har biri ikki gurux abonent komplektlariga kirishni ta’minlaydi va ularning bittasi ishdan chiqsa, 8 ta abonent komplektlari, ikkinchisi bilan boshqariladi. Hamma platalar va modullar manba bilan CONV (to‘g‘rilagich) orqali bajariladi.



Kirish interfeys


Teskor shina


Kirish

interfeys
Kirish
interfeys
Kirish
interfeys
Kirish
interfeys
ASP

va


SAP

MSUA
bilan


interfey

s DRTS


1.1.4-rasm ALCB platasining funksional bloklari


MCUA platasi abonent modullari va xizmat komplektlarida modullarida boshqaruvning terminal elementi sifatida ishlatiladi. Unda 1 Mbayt hajmli xotirasiga adresatsiya qilingan 8086 mikroprotsessor kiritilgan. RNGA platasining vazifasiga chaqiruv signalini generatsiya qilish va uni har xil liniya bo‘yicha uzatish kiradi. Plata ikkita chaqiruv tokli generatordan iborat bo‘lib, ular ALSB ning 32 ta platasi bilan ulangan. TAUA platasi o‘lchash uchun mo‘ljallangan va ikkita har xil bo‘lakdan iborat: birinchisi apparat vositalariga ega bo‘lib, signallarni qabul qiladi va uni shakllantiradi, ikkinchi esa qayta ishlash jarayonini bajaradi.


Analog abonent liniyalar modulining asosiy vazifalariga kuyidagilar kiradi. -abonent liniyalarini manba bilan ta’minlash;


-shleyfni nazorat qilish;


-chaqiruv tokini generatsiya qilish;


-16 KGs chastotasida tarifikatsiyalash impulsini generatsiya qilish; -Analog raqamli o‘zgartirish va raqamli analog o‘zgartirish; -IKM – multipleksirlash;


-2 simli liniyadan 4 simli liniyaga va orqaga o‘tkazish usul gibridli sxema; -liniyaviy va ichki tekshiruvlarni o‘tkazish uchun kirish;


-adaptirlangan dasturiy ta’minlash bilan abonent liniyalarni so‘nishini ta’minlash.



ALSB liniya komplektlarining har birida quyidagi funksional bloklar joylashgan.



  1. Chaqiruv toki va testlash shinalarini hosil qilish uchun kiruvchi rezistr va releli kontaktlar;




  1. Uzatish interfeysi (liniyaga bitta);




  1. Signalni raqamli qayta ishlash bloki:




  • analog - raqamli o‘zgartirgich (har 4 ta liniyaga bitta). MCUA interfeysi

bloki - plataga bitta.


Har bir blokning asosiy vazifalari quyidagicha :





Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish