Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti: “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpoq filial TTT-6 bog‘lamasi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Telekommunikatsiya tizimlarida
hozirda qo‘llanilayotgan raqamli stansiyalar Huawei C&C08 va Alcatel stansiyalarining o‘zaro funksional farqliligi aniqlashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
S-12 tizimining texnik tavsifi, tizimning funksional sxemasi va qo‘llanilish sohalarini o‘rganish;
S-12 tizimining kommutatsiya maydon strukturasi va qurilish tamoyilini
o‘rganish;
3.S-12 tizimida chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rganish;
4.C&C08 tizimining texnik tavsifi, funksional sxemasi, qo‘llanilish sohalarini o‘rganish;
5. C&C08 tizimining SM kommutatsiya moduli strukturasi va kommutatsiya maydon qurilish tamoyilini o‘rganish;
C&C08 tizimida chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rganish;
Alcatel firmasining S 12 raqamli stansiyasi va Huawei firmasining C&C08 raqamli stansiyalarini funksional taqqoslash va afzalliklarini o‘rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati shundaki, telekommunikatsiya tizimlarining raqamli stansiyalaridan foydalanayotgan abonentlarga keng
imkoniyatlar yaratib berish, zamonaviy qo‘shimcha xizmat turlarini taqdim etish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, bu tarmoqlardan foydalanuvchilar sonini oshirish hamda foydalanuvchilarga yuqori tezlikda, sifatli qulay xizmat ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy qismi kirish, III bob va ularning bo‘limlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida Alcatel firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan S-12 raqamli tizimining texnik tavsifi, tizimning funksional sxemasi va qo‘llanilish sohalari haqida so‘z boradi. Bunda asosan S-12 raqamli tizimining
kommutatsiya maydon strukturasi va qurilish tamoyili, S-12 raqamli tizimida chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari ularning tuzilishi va ishlash tamoyillari keng yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan raqamli tizimlardan biri Huawei firmasining C&C08 raqamli tizimining texnik tavsifi, tizimning funksional sxemasi va qo‘llanilish sohalari, bu stansiyalardagi modulli boshqarish strukturasi, chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari va ularning ishlash tamoyillari keng yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida Alcatel firmasining S 12 raqamli stansiyasi va Huawei firmasining C&C08 raqamli stansiyalarini funksional taqqoslash natijasida olingan bir qancha afzalliklari keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi masalalari ham keng yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |