2.3 C&C08 tizimida chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari C&CO8 tizimining chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish tizimchasi OS
operatsion tizim asosida amaliy tizimchadan va ma’lumotlarni boshqarish tizimchasi DBMS dan iborat. U UfTT xizmatlarini, ma’lumotlar uzatish xizmatlarini, ISDN xizmatlarini va IN xizmatlarini berish uchun bog‘lanishlarga ishlov berishga javob beradi. Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish tizimchasi ITU-T va ETSI turli spetsifikatsiyasiga mos keluvchi integratsiyalangan tizimi hisoblanadi.
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish tizimchasi uch turdagi funksional modullardan iborat:
resurslarni boshqarish funksional moduli SRM, ular DTMF qurilmalarini stansiyalararo aloqaning qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarini va tarmoqni boshqarish uchun ishlatiladi;
signalizatsiyaga ishlov berish funksional moduli SPM ajratilgan kanal
bo‘yicha va UKS signalizatsiyasiga ishlov berishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish tizimchasi OS va DBMS bilan xabarlarni uzatish rejimida o‘zaro xamkorlik qiladi. Ma’lumotlar bazasiga murojaat esa, asinxron rejimida bajariladi.
UfTT chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatish
C&C08 chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish tizimchasi chegarasida mos SPM modullariga bir xil xizmat ko‘rsatiladi. SPM va CCB orasidagi signalizatsiya C&C08 ichki stansiya signalizatsiya muolajalariga mos ravishda kordinatsiya qilinadi.
Har bir chaqiruvga xizmat ko‘rsatishda odatda, bitta SPM manbasi, bitta belgilangan SPM va bitta SSV ishtirok etadi. SPM asosan, bayonnomalarni moslashtirishga javob beradi. Ular sifatida NNI “tarmoq tarmoq” interfeysi va UNI “foydalanuvchi-tarmoq” interfeysi bayonnomalari ishlatilishi mumkin.
SSV, asosan nomerlarni tahlilini bajaradi, C&C08 ichki stansiya bayonnomalarini boshqaradi, ulanayotgan kanalni aniqlaydi, tarifikatsiyaga ishlov beradi va x.k.
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyidagi fazalardan iborat: chaqiruvni yaratish fazasi, nomerlarni qabul qilish fazasi, ulashni o‘rnatish fazasi, javob signalini qabul qilish fazasi, so‘zlashuv va uzish fazasi. Chaqiruvni bir fazadan boshqasiga o‘tkazish, chaqiruvlarni boshqarish markazi holatini o‘zgartirish bilan aks ettiriladi.
Chaqiruvni yaratish fazasi SPM moduli manbasidan chaqiruvni va SSV dan bog‘lanishni o‘rnatishga so‘rov signalini olishi bilan boshlanadi. Nomerni qabul qilish fazasida boshqarish SSV ga o‘tadi. Bog‘lanishni o‘rnatish va javob signalini qabul qilish fazalarida, to bog‘lanish o‘rnatilmagunicha va chaqiruv so‘zlashuv fazasiga o‘tmagunicha, chaqiruvni boshqarishni SPM moduli bajaradi. Uzish fazasida so‘zlashuv trakti va boshqa resurslar bo‘shatiladi.
Misol tarikasida ichki stansiya aloqasini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |