Investitsiya krediti
investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan turli xildagi bank kreditlari
sifatida namoyon bo‘ladi. Kredit kreditlashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilingan tartibda
beriladi, ya’ni
qaytaruvchanlik, muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish
.
Davlat tomonidan kreditlashtirish
aniq bir korxonaga (yoki ma’lum loyihaga) imtiyozli
asosda bevosita (maqsadli) kreditlar shaklida amalga oshiriladi. Davlat kreditning foiz stavkalarini,
qaytarish muddatlari va tartibini o‘rnatadi.
Obligatsiyali qarz
qarzli moliyalashtirishning bir ko‘rinishi sifatida, obligatsiyalarni
emissiya qilish asosida tashqi o‘zlashtirishni bildiradi.
Obligatsiya
– qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning
egasi tomonidan ma’lum summadagi pulni to‘laganligi hamda muayyan vaqtdan keyin unda
ko‘rsatilgan (nominal) pulni hamda ma’lum foizlarni qo‘shib qaytarilishini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |