Davlatdan moliyalashtirish ko‘p hollarda
yuqori samarali investitsiya loyihalarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida, davlatning tashqi aloqalari doirasidagi loyihalarni
moliyalashtirish ko‘rinishlarida amalga oshiriladi.
Lizingli moliyalashtirish jihozlar sotib olish uchun berilgan kreditlar bilan o‘xshashlikka
ega, biroq lizing mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Lizing vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki jalb
qilingan moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyatining muhim
bir turi hisoblanadi. Bunda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining)
topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-
mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq
evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.