Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash 
 
Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish 
investitsiya resurslari shakllanishini 
boshqarish 
hisoblanadi. 
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi 
investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya loyihalarini 
amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, 
moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) 
qo‘llanilishi mumkin.  
Investitsion jarayonni moliyaviy  ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. Investitsion resurslarni 
shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning 
zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha 
manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: 
o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan 
manbalar. 
Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari 
ichki (ikkilamchi), 
jalb qilingan va qarz mablag‘lari 
– 
tashqi (birlamchi) 
manbalar sifatida qaraladi. 
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:  

 
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda; 

 
amortizatsiya ajratmalari;  

 
mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;  

 
asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;  

 
nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar. 
Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – 
doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar 
bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin hamda 
egalariga qaytarilmasligi mumkin.  
Ularga quyidagilar kiradi:  

 
aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar; 

 
korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning 
pay va boshqa badallari;  

 
yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan 
mablag‘lar;  

 
maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida 
beriladigan davlat mablag‘lari;  

 
qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, horijiy 
davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy 
investorlarning mablag‘lari. 
Korxonalarning qarz mablag‘lari – 
ma’lum vaqtga  va qaytarish sharti hamda ulardan 
foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.
 
Ularni 
uzoq muddatli 
va 
qisqa muddatlilarga 
ajratio‘ mumkin. 
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:  

 
banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari; 

 
uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;  

 
uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini 
muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;  

 
lizing va b. 
Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:
  

 
tijorat (tovar) kreditlari; 

 
qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini 
muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;  

 
banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari. 
 
Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning 
xususiy kapitalini 
tashkil 
qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi shart emas. Investorlar 


 
 
 
68
 
 
investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida 
ishtirok etadilar. Investitsiyalarning qarzli mablari korxonaning 
qarz kapitalini 
tashkil qiladi. 
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning 
asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik moliyalashtirish, budjetli 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish