Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

Investitsiya faoliyati
 - investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish 
bilan bog‘liq harakatlari majmui. 
Quyidagilar investitsiya faoliyatining subyektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo‘lishlari 
mumkin: 

 
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari -  fuqarolari (jismoniy shaxslari), yuridik 
shaxslari; 

 
mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari; 

 
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, 
shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy 
yashovchi fuqarolari; 

 
hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, 
shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar. 
Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib 
oluvchi bo‘lishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo‘lishlari 
mumkin. 
Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida 
investorning buyurtmasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin. 
 
Investor
 - o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni 
va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati 
obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektlari hisoblanadi. 
 
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli: 

 
tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo‘lish; 

 
investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish; 

 
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, 
investor oldidagi o‘z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish; 

 
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, 
investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni 
mustaqil ravishda tasarruf etish. 
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi: 

 
qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga rioya etishi; 

 
shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi; 

 
shartnomani bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi tufayli investorga yetkazilgan 
zararni qoplashi; 


 
 
 
71
 
 

 
mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o‘z vakolati 
doirasida qo‘yilgan talablarini bajarishi shart. 
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatni amalga 
oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda litsenziya olishi 
shart. 
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish