Aralash moliyalashtirish
amaliyotda ancha keng tarqalgan va moliyalashtirishning bir
emas, balki bir nechta usullarini bir vaqtning o‘zida qo‘llashni nazarda tutadi. Aralash
moliyalashtirishda investitsiyalarni moliyalashtirishning o‘z manbalari ulushini nazorat qilib borish
zarur.
Moliyalashtirish usullari va manbalarini tanlash ko‘plab mezonlar bog‘liq. Ular orasidan
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona operatsion faoliyatining tarmoq xususiyatlarini,
korxona hajmi va yoshini, turli mabalardan jalb qilingan kapitallari qiymatini, moliyalashtirish
manbalarini tanlash imkoniyatini, kapital bozori kon’yunkturasini, foydani soliqqa tortish
darajasini, risk darajasigna munosabatni, pul oqimlari hajmini, korxona kapitala tuzilishini,
qo‘yilma obyektini ko‘rsatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |