136
resurslar bilan ta’minlaydi. Aynan uy xo‘jaliklari moliyasining mana shu funksiyasi orqali har bir
insonni hayot faoliyatini olib borish uchun zarur resurslar bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi.
Taqsimlash funksiyasini amal qilish
obyekti
uy xo‘jaligining tasarruf etadigan daromadi –
yalpi daromadning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uy xo‘jaligining
ixtiyorida qoladigan qismi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyasi
nazorat
hisoblanadi. Bozor munosabatlari
sharoitida uy xo‘jaligi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaligi
a’zolarining hayot darajasi to‘laligicha daromadning unga tegishli ulushiga bog‘liq. Bu miqdorga
qator omillar tahsir qiladi. Ular ta’siri ostida daromaddagi ulush ko‘payishi yoki kamayishi
mumkin. Shuning uchun, iste’molning odatiy darajasini saqlab turish masadiga ega bo‘lgan holda,
uy xo‘jaligi olingan daromadni turli jamg‘armalar bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek bu
jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirmasdan ilojisi
yo‘q.
Uy xo‘jaligi iqtisodiyoti uning turli qatnashchilari o‘rtasidagi yetarlicha murakkab
munosabatlari majmuiga tayanadi. Uy xo‘jaligini turli qatnashchilarining iqtisodiy manfaatlarini
muvofiqlashtirish ularni
tartibga solish
orqali ta’minlanadi. Tartibga solish deganda daromadning
uy xo‘jaligining bir a’zoziga to‘g‘ri keladigan tegishli qismini o‘zgarish mumkinligi tushuniladi.
Shunday qilib, uy xo‘jaliklari moliyasi yana bir muhim funksiya –
tartibga solish
funksiyasini ham bajaradi. U uy xo‘jaligini yagona bir butunlikda balansli rivojlanishini
ta’minlaydi. Bunga moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yo‘li bilan erishilinadi. Shuni ta’kidlash
kerakki, uy xo‘jaligi darajasida uning rivojlanishini tartibga solish, asosan, o‘zini-o‘zi tartibga
solish bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonda uy xo‘jaligi qatnashchilarining erkinligi davlat
tomonidan chegaralanishi mumkin emas.
Uy xo‘jaligi pul jamg‘armalarining zarurligi va shakllantirish usullari, ularning hajmi va
maqsadi to‘g‘risida, ularni ishlatish vaqtlari to‘g‘risida mustaqil qaror chiqaradi. Boshqacha so‘z
bilan aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklari egalik qilayotgan daromadlarni
taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish vositalariga ega emas. Shu bilan birgalikda,
davlat uy xo‘jaliklari real egalik qilayotgan daromadlariga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Uy
xo‘jaliklarining real daromadlari uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy
munosabatlar jarayonida yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini ko‘p marotaba taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi natijasida tashkil bo‘ladi. Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanayotgan soliqlarning
stavkalarini ko‘tarilishi ularning real daromadlarini kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga,
soliqlar orqali yig‘ilgan moliyaviy resurslar budjet orqali soliqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot
sohalariga yo‘naltiriladi, natijada uy xo‘jaliklarini real daromadlarining darajasi ortadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida uy xo‘jaliklari moliyasining muhim funksiyalaridan
biri
investitsiya
funksiyasidir. U shundan iboratki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun asosiy
moliyaviy resurslarni yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining
o‘sishi mazkur funksiyani bajarilishining moddiy asosi hisoblanadi. Ko‘pincha uy xo‘jaliklarining
investitsiya funksiyasi faqatgina kapitallashtirilayotgan daromadlar ulushi, ya’ni jamg‘arma
(omonat) (turli moliyaviy institutlarga va real ishlab chiqarishga qo‘yilmalar) sifatida
ishlatilayotganlar bilan bog‘lanadi. Biroq, bu yondoshuv bir tomonlama hisoblanadi. Aslida esa,
iste’mol ulushining ortishi ham iqtisodiyotda investitsiyalarning o‘sishiga ko‘mak beruvchi omil
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: