137
iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar va b.;
–
kapital xarajatlarga mo‘ljallangan pul mablag‘lari;
–
etarlicha uzoq muddat davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini olish
(mebel, uy-joy, transport vositalari va sh.k.), uy xo‘jaligi qatnashchilari tomonidan yetarlicha kam
iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar (ta’lim, tibbiy operatsiyalar, sayyohlik
yo‘llanmalari);
–
pul jamg‘armalari (omonatlari);
–
ko‘char va ko‘chmas mulkka qo‘yilgan pul mablag‘lari.
Odatda, uy xo‘jaligi o‘zining xo‘jalik faoliyatini bo‘sh joydan boshlamaydi, ya’ni birlamchi
asosan me’ros bo‘yicha, ba’zida hadya natijasida o‘tuvchi avvalgi boylikka ega bo‘ladi. Bu boylik
turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Eng avvalo, ko‘chmas mulk, naqd pullar ko‘rinishidi, ayrim
hollarda esa – qimmatli qog‘ozlar. Birlamchi resurslardan tashqari uy xo‘jaliklari moliyaviy
resurslarining manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
a) uy xo‘jaligining tasarruf etadigan daromadi;
b) iste’mol krediti;
v) ijtimoiy transfertlar;
g) boshqa resurslar (misol uchun, bu lotereyalardan yutuqlar, shaxsiy zayomlarni boshqa
jismoniy shaxslarga sotishdan daromadlar bo‘lishi mumkin).
Daromadlar
uy xo‘jaliklarining iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga, to‘plash va jamg‘arishga hamda majburiy to‘lovlarga, ya’ni xarajatlarni amalga
oshirishga xizmat qiladi.
Uy xo‘jaliklarining daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha ajratish mumkin. Eng avvalo,
daromadlarni pul ko‘rinishidagi va natural ko‘rinishdagilarga bo‘lish mumkin. Natural
ko‘rinishdagi daromadlarga shaxsiy tomorqalardan va xo‘jaliklardan olingan mahsulotlar,
shuningdek qishloq xo‘jalik korxonalaridan natural haq ko‘rinida olinadigan mahsulotlar kiradi.
Agar, uy xo‘jaligi mahsulotlarning bir qismini bozorda sotish maqsadida ishlab chiqaradigan yoki
yetishtiradigan bo‘lsa, u holda sotishdan olingan tushumni pul daromadlari, deb hisoblash lozim.
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlarini ularni kelish manbalari bo‘yicha bo‘lish mumkin. Uy
xo‘jaliklarining pul daromadlari uchta manbadan olinishi mumkin:
1)
yollanma xodim sifatida ishlayotgan oila a’zolarining ish haqlari, mukofotlari, ish
haqlariga qo‘shimchalar, xizmat safari xarajatlari mablag‘lari, ish beruvchi tomonidan amalga
oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to‘lovlar;
2)
tadbirkorlik faoliyatidan, korxonalar foydasida ishtirok etishdan, shaxsiy mulk (ko‘chmas
mulk) bilan operatsiyalardan va kredit-moliyaviy operatsiyalardan olinadigan daromadlar;
3)
davlat pensiyalari, nafaqalari, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar.
Ish haqi
uy xo‘jaligi daromadlarini asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: