132
miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog‘ozlar dividend yoki foizlar ko‘rinishida
daromad to‘lashni hamda mazkur hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish
imkoniyatini ham nazarda tutadi.
Boshqacha qilib aytganda:
egalik qilish huquqini tasdiqlovchi;
dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad olishni ko‘zlovchi;
emissiya qiluvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro mulkiy munosabatni
bildiruvchi;
boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli hujjatlar
qimmatli qog‘ozlar deb yuritiladi.
Ular blankalar, sertifikatlar shaklida yoki hisob varaqlardagi yozuv ko‘rinishida bo‘lishi
mumkin. Ular hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida ham foydalaniladi.
Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi
Davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi maqsadlar uchun chiqariladi:
Joriy-yildagi budjet taqchilligini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish. Markaziy Bank krediti
yoki qo‘shimcha pul massasini muomalaga chiqarishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yo‘li
bilan budjet taqchilligini qoplash afzalroq hisoblanadi. Chunki kredit resurslaridan foydalanish
kredit bozorining boshqarilishini qiyinlashtirishga olib keladi. Shu sababli iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarning tajribasida kredit resurslaridan foydalanishga davlat tomonidan ma’lum chegaralar
qo‘yiladi.
Budjet taqchilligini qo‘shimcha pul massasini chiqarish yo‘li bilan to‘ldirish esa muomalada
real aktivlar bilan to‘ldirilmagan to‘lov vositalarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z
navbatida inflyatsiyaga va pul muomalasining buzilishiga olib keladi.
Davlatning ilgarigi qarzlarini qoplash. Bu yerda ham Markaziy bank kreditidan ko‘ra
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular vositasida qoplash ancha kam chiqimdir.
Investitsiya uchun qo‘shimcha manba yaratish. Yangi firmalar ochish, amaldagi ish
joylarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda korxona, firma, tashkilotlarga bank
kreditidan ko‘ra qimmatli qog‘ozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Davlat budjetining kassaviy majburiyatlarini ta’minlash.
Soliq to‘lovlarining notekis tushumlarini barqarorlashtirish.
Mahalliy boshqaruv oganlari tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli rivojlanish
dasturlarini qo‘llab-quvvatlash. Masalan, mahalliy boshqaruv organlariga o‘z obligatsiyalarini
chiqarishga ruxsat berilgan. Ulardan tushgan pul mablag‘lari, asosan, mahalliy hududlarni
obodonlashtirishga, ekologiyani yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy, maishiy xizmat obyektlarini
qurishga va ta’minlashga yo‘naltiriladi. Mahalliy obligatsiyalarni sotib oluvchi investorlarga,
rag‘batlantiruvchi vosita sifatida, mahalliy soliqlardan ozod etish kabi imtiyozlar ham taqdim
etilishi mumkin. Shuning uchun ham mahalliy obligatsiyalar soliqlarga tortiluvchi boshqa turdagi
barcha obligatsiyalarga nisbatan ko‘proq daromad keltiradi.
Tijorat banklarini likvidli zahira aktivlari bilan ta’minlash. Shu maqsadda davlat bozor
muomalasida bo‘lmaydigan qarz majburiyatlarini chiqaradi. Bu majburiyatlar asosan xalqqa
sotilishi mo‘ljallangan bo‘lib, sotib olgan kishi ularni boshqa birovlarga sota olmaydi va
belgilangan muddat kelmaguncha qarzga barcha o‘z pullarini davlatdan qaytarib ololmaydi.
Shunday qilib, hamma qimmatli qog‘ozlar daromad keltiruvchi bo‘lib, bozorda ham, boshqa
bozorlarda bo‘lgani kabi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatda yuzaga keladi. Bu
yerda
tovarlar sifatida qimmatli qog‘ozlar namoyon bo‘ladi. Ular bilan bo‘ladigan oldi-sotdi
munosabatlari kimoshdi savdosi va banklarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: