6.Budjetdan moliyalashtirish
Davlat budjetining xarajatlaridan foydalanish budjetdan moliyalashtirish orqali amalga
oshiriladi. Shu munosabat bilan, budjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan
tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga budjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi
tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishnnng o‘ziga xos bo‘lgan shakl va usullari bilan
xarakterlanadi hamda ma’lum bir tamoyillarga tayanadi. Budjetdan moliyalashtirishning
tamoyillari, shakllari
va
usullari
bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal
qilish natijalariga o‘z ta’sirinn ko‘rsatadi, Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar xal etilayotgan hozirgi
paytda oqilona va samarali budjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Budjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo,
moliyalashtirish tamoyillari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan
moliyalashtirishning tamoyillarini
umumiy
va
xususiy
guruhlarga bo‘lish mumkin. Umumiy
tamoyillar budjetdan mablag‘ oladngan barcha subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy
tamoyillar esa, subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda budjet mablag‘larining
taqdim etilish tartibini belgilab beradi,
Budjetdan moliyalashtirishning
umumiy tamoyillari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
–
minimum xarajatlarda maksimum samarani olish;
–
budjet assignovaniyalaridan foydalanishnnng maqsadli xarakterdaligi;
–
ko‘zda tugilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning
foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag‘larini taqdim etish.
Umumiy tamoyillar oilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida
xususiy
tamoyillardan
ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagalar kiradi:
–
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet assignovaniyalarini ajratish;
–
budjet assignovaniyalarining o‘lchamini aniqlashda "qoldiq" yondoshuvidan foydalanish:
-
budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit usuli orqali ta’minlash
bilan birgalikda foydalanish:
-
korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish tamoyili va boshqalar.
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga
bo‘ysunadigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
5) davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi
diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-
tadbirlarini amalga oshirish;
95
11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet
tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy
davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari
va tadbirlarini amalga oshirish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Amaliyotda budjetdan moliyalashtarishning turli shakllaridan foydalaniladi.
Smetali
moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, budjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash
va boshqalar
budjetdan moliyalashtirishning shakllaridir.
Davlat budjetining xarajatlaridan foydalanish budjetdan moliyalashtirish orqali amalga
oshiriladi. Shu munosabat bilan, budjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan
tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga budjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi
tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishnnng o‘ziga xos bo‘lgan shakl va usullari bilan
xarakterlanadi hamda ma’lum bir tamoyillarga tayanadi. Budjetdan moliyalashtirishning
tamoyillari, shakllari
va
usullari
bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal
qilish natijalariga o‘z ta’sirinn ko‘rsatadi, Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar xal etilayotgan hozirgi
paytda oqilona va samarali budjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Budjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo,
moliyalashtirish tamoyillari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan
moliyalashtirishning tamoyillarini
umumiy
va
xususiy
guruhlarga bo‘lish mumkin. Umumiy
tamoyillar budjetdan mablag‘ oladngan barcha subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy
tamoyillar esa, subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda budjet mablag‘larining
taqdim etilish tartibini belgilab beradi,
Budjetdan moliyalashtirishning
umumiy tamoyillari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
–
minimum xarajatlarda maksimum samarani olish;
–
budjet assignovaniyalaridan foydalanishnnng maqsadli xarakterdaligi;
–
ko‘zda tugilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning
foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag‘larini taqdim etish.
Umumiy tamoyillar oilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida
xususiy
tamoyillardan
ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagalar kiradi:
–
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet assignovaniyalarini ajratish;
–
budjet assignovaniyalarining o‘lchamini aniqlashda "qoldiq" yondoshuvidan foydalanish:
-
budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit usuli orqali ta’minlash
bilan birgalikda foydalanish:
-
korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish tamoyili va boshqalar.
Amaliyotda budjetdan moliyalashtarishning turli shakllaridan foydalaniladi.
Smetali
moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, budjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash
va boshqalar
budjetdan moliyalashtirishning shakllaridir.
Budjetdan mablag‘ ajratish
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan
budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Budjet dotatsiyasi -
o‘z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar
yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun
yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
96
Budjet ssudasi -
yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik
shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
Budjet subvensiyasi
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga
sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul
mablag‘lari.
Budjet transferti
- budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ
orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |