Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


 Budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

5. Budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi 
 
Davlat budjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan budjetning 
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular 
taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan 
bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadn. Shu bilan birgalikda Davlat budjetining 
xarajatlari bir butunning o‘ziga
 
xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul 
fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu 


 
 
 
91
 
 
taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan 
budjet mablag‘larining harakatidan iborat. 
Davlat budjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo‘ladi. Budjet 
xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi 
bilan belgilanadi: 
davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi: iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va 
h. k. 
Jamiyatning iqtisodiy hayotida budjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun 
ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o‘zlarining 
iqtisodiy 
mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, 
ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha va ma’lum maqsadlariga ko‘ra
  alohida guruhlarga ajratilishi 
mumkin. 
Eng avvalo, o‘zining 
iqtisodiy mazmuniga
 ko‘ra, Davlat budjetining xarajatlari 
kapital 
va 
joriy
 xarajatlarga bo‘linadi. 
Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan 
xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: 
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil 
etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun  mo‘ljallangan xarajatlar: 
b) yuridik shaxslarga  investitsion maqsadlar uchun  budjet kreditlari sifatida beriladigan 
mablag‘lar; 
v) kengaytirnlgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga 
oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar; 
g)  amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangitdan 
yaratishga olib keladigan xarajatlar; 
d)  Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq budjetning kapital 
xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar. 
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, budjet 
tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan budjet xarajatlari, boshqa budjetlar va 
iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va Davlat budjeti xarajatlarining 
turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar budjetning 
joriy xarajatlari
 deyiladi. 
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra
 Davlat budjetining xarajatlari 
milliy iqtisodiyotga 
(xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar
  va 
ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlariga
 bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan 
korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat 
moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Budjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimony jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar 
iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual 
ehtiyojlarining boshqa bir qismi esa, butun jamiyatning ehtiyojlarini kondirishga mo‘ljallangan. Bu 
yerda Davlat budjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, 
ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa, qisman 
(nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, budjet 
mablag‘larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun 
ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam 
ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda 
keng foydalaniladi. 
Davlat budjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy 
iqtisodiet (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq 
ravishda budjet xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif. sog‘likni 
saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimony himoya va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa 
va h. k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Budjet xarajatlari millny iqtisodiyot (xo‘jalik) 


 
 
 
92
 
 
tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan 
birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni 
aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda 
o‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi budjet 
mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga 
yo‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining 
(mashinasozlik, qishlok xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko‘lamlarda budjetdan 
moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti. 
Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga 
ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana 
shunga muvofiq ravishda Davlat budjetining barcha xara-jatlarini quyidagi 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish