d1 = d2 = d3
a)
d1 ≠ d2 ≠ d3
b)
6.3-rasm. Chiziqli AP: a-ekvidistant; b-noekvidistant
Bir hil turdagi, ekvidistant va fazoning bir nuqtasiga yõnaltirilgan nurlatgichlardan tashkil topgan AP ning yõnalganlik harakteristikasi (YH) bitta nurlatgich YH ning tizim kõpaytuvchisiga (AP kõpaytuvchisi) kõpaytmasi orqali aniqlanadi. YH hosil qilishning bu usuli qayta kõpaytirish teoremasi deb ataladi va quyidagi kõrinishda ifodalanadi
f(θ,φ)=f0 (θ,φ)· fc(θ,φ) . (6.1)
Bunda, f0(θ,φ) – elementning kompleks YH; fc(θ,φ) - tizim kõpaytuvchisi bõlib, u nurlatuvchi element turiga bog’liq emas va maydonning ixtiyoriy komponentasi uchun bir hil.
Shuningdek, AP sinfaz (elementlarni qõzg’atuvchi toklar orasidagi faza siljishi Δψ=0 ga teng) va fazalangan (elementlarni qõzg’atuvchi toklar orasidagi faza siljishi Δψ≠0 ga teng emas) bõlishi mumkin.
Chiziqli AP larda uchta asosiy nurlatish rejimi farqlanadi: kõndalang, qiya (6.4.a-rasm) va bõylama (6.4.b-rasm).
Kõndalang nurlatuvchi chiziqli AP nurlatuvchi elementlari bir hil amplitudali toklar bilan qõzg’atiladi. Uning kõpaytuvchisi tebratgichlar soni n ga, tebratgichlar orasidagi nisbiy masofa d/ ga va qõshni tebratgichlarning tok fazalari farqi ψ ga bog’liq.
Kõndalang nurlatuvchi chiziqli AP ning maksimal nurlatish yõnalishi (Δψ=0 ga teng bõlganda) uning õqiga nisbatan perpendikulyar ekanligini bilish juda muhim. Sababi, aynan shu yõnalishda uzoq zonada barcha elementlarning maydonlari sinfaz tarzda ustma-ust tushadi. Tebratgichlar orasidagi masofa keragidan ortiq uzoqlikda joylashganda esa, maydonlar boshqa yõnalishlarda ham sinfaz qõshilishi mumkin. U holda YD bir nechta bosh bargchaga ega bõladi.
a) b)
6.4-rasm. Chiziqli AP: a - kõndalang nurlatuvchi, b - qiya nurlatuvchi
Sinfaz AP ning elementlari orasidagi masofa d<λ bõlganda, YD bitta bosh bargchaga, d>λ/2 bõlganda bosh bargcha normaldan og’gan holatda ikkinchi (yoki bir nechta) qõshimcha bosh bargchaga ega bõladi. Qõshni tebratgichlarning tok fazalarini faza õzgartirgichlar yordmida Δψ ga siljitish hisobiga AP ning maksimal nurlatish yõnalishini boshqarish mumkin. Agar nurlatgichlar orasidagi masofa d yarim tõlqin uzunligidan kichik bõlsa, AP ning YD faza siljishi Δψ ning ihtiyoriy qiymatlarida ham faqat bitta bosh bargchaga ega bõladi.
AP da bir taraflama nurlatishni hosil qilish uchun uning orqa qismiga yahlit metall plastina yoki metall tõr kõrinishidagi reflektor joylashtiriladi. Odatda, reflektorning õlchamlari panjaradan katta qilib tanlanadi va panjaraga nisbatan chorak tõlqin uzunligi oralig’ida õrnatiladi. Reflektorning ishlash samaradorligi asosiy yõnalishdagi nurlanish qarama-qarshi tarafdagi nurlanishga nisbatan necha martaga (yoki necha dB ga) kõpligini kõrsatuvchi parametr – himoya koeffisienti yordamida aniqlanadi.
Yuqorida aytib õtilganidek, bitta chiziqli AP dan tashkil topgan panelli antennaning yõnalganlik hususiyatlarini oshirish uchun qatordagi elementlar sonnini kõpaytirish lozim. Natijada YD bosh bargchasi vertikal tekislikda torayadi.
YD bosh bargchasini gorizontal tekislikda toraytirish uchun (nurlatish sektorini õzgartirib) esa, chiziqli AP sonini kõpaytirish kerak. Shu tarzda, chiziqli tarkibdan yassiga õtiladi (6.5-rasm).
6.5-rasm. Yassi antenna panjarasi: a- YOX tekislikda (E vektorning tekisligi), b – YOZ tekislikda (N vektorning tekisligi)
Yassi panjara deb, N2 ta nurlatgichlar qatoridan va har bir qatorda N1 ta nurlatgichlardan tashkil topgan tizimga aytiladi. AP umumiy tebratgichlar soni: N= N1· N2 kõrinishda aniqlanadi.
YAssi panjaraning YH hisoblashda dastlab chiziqli panjaraning (bitta qatorni) YH hisoblanadi, sõngra chiziqli panjaraning faza markazida joylashgan nurlatgichlarning har bir qatorini nuqtali ekvivalent nurlatgich bilan almashtiriladi. Shuningdek, yassi panjarani hisoblash vertikal joylashgan chiziqli panjarani hisoblashga olib keladi. Undagi ekvivalent elementlar quyidagicha amplituda diagrammasiga ega bõladi
(6.2)
Tebratgichdagi tok amplitudalari teng va panjara elementlarining YD f1(θ,φ) bir hil ekanligini hisobga olgan holda, ushbu nurlatgichlar maydonlarining uzoq zonadagi qõshilishi natijasida quyidagiga ega bõlamiz
, (6.3)
bunda, va umumlashgan koordinatalar; θ, φ – mos tekisliklardagi normal va antennaga yõnaltirilgan nur orasidagi burchak, k – tõlqin soni.
Mobil loqa tizimlarini qurishda va ularga tehnik hizmat kõrsatishda undagi barcha komponentalarning elektr parametrlarini õlchash zarurati yuzaga keladi. Bu kabi asosiy komponentalardan biri antenna - fider trakti bõlib, turg’un tõlqin koeffisienti (TTK) uning muhim tavsifi hisoblanadi.
TTK antenna va fiderning moslashish darajasini (shuningdek, uzatgich chiqishini fider bilan moslashganligini) belgilab, quyidagicha aniqlanadi
(6.4)
bu erda, Rtushuv va Rask - tushgan va akslangan tõlqin quvvatining qiymati.
TTK uzatish liniyasining moslashganlik kõrsatgichi bõlib, antennaning kirish qarshiligi Zkir fiderning tõlqin qarshiligi Wf dan qanchaga farq qilishini kõrsatadi.
Amaliyotda doim uzatilgan energiyaning bir qismining uzatgichga qaytib kelishi kuzatiladi. Bu esa õz navbatida, uzatgichning ish rejimiga salbiy ta’sir kõrsatadi.
Fiderdagi elektromagnit tõlqin uzatgichdan antenna tarafga qarab harakatlanadi. Bunday tõlqin tushuvchi deb ataladi. Agar, antennaning kirish qarshiligi Zkir fiderning tõlqin qarshiligi Wf ga teng bõlsa, tushushuvchi tõlqinning barcha energiyasi yuklamada yutiladi. Qolgan barcha holatlarda
(Zkir ≠ Wf), yuklamaga tõlqinning bir qismi õtadi, qolgan qismi esa manba tarafga Harakatlanadi. Bu tõlqin akslangan tõlqin deb ataladi.
Agar Zkir = Wf bõlsa, tok amplitudasi liniya bõylab doimiy qiymatga ega bõladi. Agar Zkir ≠ Wf bõlsa, qaytgan tõlqin tushuvchi tõlqin bilan qõshiladi va interferensiya yuzaga keladi. Natijada fiderda tokning notekis amplituda taqsimoti hosil bõladi. Fider ohiri tõliq berkitilgan bõlsa (qisqa tutashuv), tushuvchi tõlqinning tõliq akslanishi kuzatiladi va tok taqsimotidagi minimumlar nolga teng bõladi. Ya’ni, fider aktiv quvvatni uzatmaydi.
Mobil aloqa tizimlaridagi antenna-fider traktining TTK qiymati 1,2 dan oshmasligi kerak.
LABORATORIYA ISHINI BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ
Antenna maketining tuzilishi, õlchash qurilmasi va tajribani õtkazish uslubi bilan tanishing.
Antennaning gorizontal tekislikdagi YD larini õqituvchi tomonidan berilgan beshta chastota uchun õlchang.
Ta’minlovchi fiderdagi TTK qiymatini õqituvchi tomonidan berilgan chastota uchun aniqlang.
Antennaning me’yorlashgan yõnalganlik diagrammasini maydoniy koordinatalar tizimida quring.
Fiderdagi TTK qiymatini chastotaga bog’liqlik grafigini quring.
Olingan natijalarni tahlil qiling.
LABORATORIYA QURILMASINING TAVSIFI
Do'stlaringiz bilan baham: |