Õzbеkistоn rеspublikаsi ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri vа kоmmunikаtsiyаlаrini rivоjlаntirish vаzirligi



Download 4,84 Mb.
bet2/11
Sana17.10.2022
Hajmi4,84 Mb.
#853588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
test

2-laboratoriya ishi
LOGOPERIODIK ANTENNALARNI TADQIQ QILISH
2.1. ISHDAN MAQSAD
Logoperiodik antennalarning yõnalganlik hususiyatlarini va kirish qarshiligini tadqiq qilish.

2.2. QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR


Logoperiodik antennalarning konstruksiyasi asosida elektrodinamik õxshashlik prinsipi yotadi. Bu prinsipga mos ravishda ishchi tõlqin uzunligi marta oshishi bilan agarda antennaning geometrik õlchamlari Ham marta õzgarsa u Holda antennaning elektrik harakteristikalari õzgarmaydi. Logoperiodik antenna (LPA) quyidagi konstruksiyadan tashkil topadi (2.1-rasm).

2.1-rasm. Qisqa tõqin diapazoni yassi logoperiodik antennasining sxemasi

Ikki õtkazgichli liniyaga antenna uchidan uzoqlashishi bilan ularning uzunligi va ular orasidagi masofa oshib boradigan simmetrik vibratorlarga, ya’ni bir hil ( õxshash vibratorlar) ulangan. Õlchovsiz davriy struktura deb nomlanuvchi õhshashlik koeffisienti quyidagiga teng




, (2.1)
bu yerda - vibratorning elka uzunligi,
- antenna uchida i –chi vibratorgacha bõlgan masofa.

Antennaning kirish nuqtalari bõlib, birinchi eng kichik vibrator qisqichlari hisoblanadi. Mana shu qisqichlarga fider ulanadi. Qolgan vibratorlar taqsimlovchi uzun liniya yordamida energiya oladi. Vibrator uchlarini ulovchi liniyalar antenna elkasi burchagi α ni hosil qiladi. Logoperiodik vibratorli antennaning ishlash prinsipini kõrib chiqaylik. Kichik vibratorlardan katta vibratorlarga qarab taqsimlovchi liniyada tarqaluvchi elektromagnit tõlqinlar vibratorlarni turlicha qõzg’aydi. Yarim tõlqin uzunligidan judayam kichik bõlgan vibratorlar ( ) juda zaif qõzg’aladi, shu sababli ularning kirish qarshiliklari kichik aktiv tashkil etuvchilar va nisbatan katta teskari reaktiv tashkil etuvchilar bilan harakterlanishiga qaramasda ular tõlqin tarqatmaydi. Taqsimlovchi liniyaning kichik vibratorlar qismida elektromagnit tõlqinlarning sõnishi deyarli mavjud emas. Yarim tõlqin uzunligiga deyarli teng uzunlikdagi vibratorlar( ) kirish qarshiliklari uncha katta bõlmagan aktiv tashkil etuvchi ( ) va juda kichik reaktiv tashkil etuvchilar bilan harakterlanganligi sababli intensiv tarzda qõzg’aladi.


Yarim tõlqin uzunligidan juda katta uzunlikdagi viratorlar ( ) kirish qarshiligi reaktiv tashkil etuvchisi kattaligi sababli nisbatan zaifroq qõzg’aladi.
Vibratorlarning rezonansdan uzoqlashishi bilan vibratorlardagi toklar keskin kamayishi hisobiga nurlangan maydon antennaning aktiv qismini tashkil qiluvchi rezonans va unga yaqin joylashgan vibratorlardan aniqlanadi.
Tõlqin uzunligi oshishi bilan antennaning aktiv qismi nisbatan uzunroq vibratorlar tomonga siljiydi, tõlqin uzunligi kamayishi bilan esa nisbatan qisqaroq bõlgan vibratorlar tomonga siljiydi.
Shunday qilib, ma’lum chastotalarda uzunligi yarim tõlqin uzunligiga deyarli teng bõlgan uch-oltita vibratorlar intensiv ravishda tõlqin tarqatadi. Antennaning yõnalganlik diagrammasi , asosan, aktiv qismdagi vibratorlar toklarining amplituda-faza taqsimoti bõyicha aniqlanadi. U direktorli antenna vibratorlaridagi toklarning amplituda-faza taqsimotiga õhshash bõladi. Shuning uchun logoperiodik antennalarning yõnalganlik diagrammalari direktorli antennalarning yõnalganlik diagrammasiga õhshash bõladi. Demak, rezonansdan uzoq masofada joylashgan vibratorlar (nisbatan uzunroq) reflektor rejimida ishlaydi, ta’minot nuqtalariga yaqinroq masofada joylashgan vibratorlar esa direktor rejimida ishlaydi. Shuni aytish kerakki, vibratorlarning toklar fazasi nurlanish yõnalishida qolishi kerak. Nurlanishning maydon kuchlanganligi antenna õqidan kichik vibratorlar tomonda maksimaldir. Rezonansga nisbatan ta’minot nuqtalariga yaqin joylashgan vibratorlarning kirish qarshiliklari sig’im harakterga ega bõlib, ularga rezonans vibratordan qõyilgan toklar faza bõyicha ohirgisiga nisbatan orqada qoladi. Rezonansga nisbatan qisqaroq vibrator ta’minot manbaiga yaqinroq joylashadi, lekin rezonans vibratorga qaraganda vaqtliroq qõzg’aladi, bu esa tok fazasi orqada qolishini kompensasiyalaydi. Nurlanish yõnalishida toklar fazasi orqada qolishini qõlga kiritish uchun manbaa bõyicha siljitiladi (taqsimlovchi fiderning har hil õtkazgichlariga ulanganligi sababli qõshni vibratorlarning toklar fazasi 1800 ga siljiydi).
Antennaning kirish qarshiligi aktiv qismga kiruvchi vibratorlarning hususiy va kiritigan qarshiliklari Hamda taqsimlangan liniyaning tõlqin qarshiliklari orqali aniqlanadi. Antennaning konstuktiv tuzilishiga bog’liq ravishda 60 dan 140 Om oraliqda bõlishi mumkin.
Logarifmik shkaladan foydalanganda rezonans chastotalar bir hil lnτ ga teng bõlgan intervalda takrorlanishidan antennaning nomi aniqlangan.
Rezonans chastotalar oralig’ida joylashgan chastotalarda antennaning elektr harakteristikalari rezonans chastotalarga mos keladigan harakteristikalardan farq qiladi.
Elektrodinamik prinsipiga mos ravishda aktiv zonadagi vibratorlar toklarining amplituda-faza taqsimoti joylashish õrniga bog’liq bõlmagan holda bir hil bõladi. Bu shuni anglatadiki, barcha rezonans chastotalarda logoperiodik antennaning yõnalganlik diagrammasi va kirish qarshiligi bir hil bõladi. α õzgarmas bõlganda τ ning oshib borishi (ma’lum oraliqda) yõnalganlik diagrammasini toraytiradi, ya’ni aktiv qismga kiruvchi vibratorlar soni oshadi. Bu shunday tushuntiriladiki, τ qancha katta bõlsa qõshni vibratorlar bir biridan uzunlik bõyicha shuncha kam farq qiladi, bundan vibratorlar toklari ham ularning rezonansdan uzoqlashishi hisobiga nisbatan sustroq sõnadi. Lekin τ ning katta qiymatlarida yõnalganlik hususiyati yomonlashadi, ya’ni bunda aktiv qism kengligi kamayadi.
α burchagi qiymatining ma’lum bir qiymatlargacha kamayishi (õzgarmas τ da) yõnalganlik diagrammasining torayishiga olib keladi, bunda qõshni vibratorlar orasidagi masofa oshadi, ya’ni aktiv qism kengayadi. va chegaraviy qiymatlari. YAssi LPA ning yõnalganlik diagrammasi E tekislikda N tekislikdagiga nisbatan torroqdir. N tekisligida yõnalganlik diagrammasini toraytirish uchun fazoviy logoperiodik antennalar quriladi.
Shunday qilib, vibratorli logoperiodik antenna chiziqli qutblangan antenna hisoblanib, chetki vibratorlar õlchamlaridan aniqlanadigan keng chastota polosasida elektr parametrlari deyarli õzgarmasdir.
UQT diapazoni logoperiodik antennasi ikki õtkazgichli liniyaga ulangan chiziqli vibratorlardan tashkil topadi (2.2-rasm). Qõzg’atish ikki õtkazgichli liniya õtkazgichlaridan birining ichiga joylashtirilgan truba kõrinishida tayyorlangan koaksial kabel yordamida amalga oshiriladi. Koaksialdan ikkiõtkazgichli liniyaga õxshash õtishda simmetriyalovchi qurilma talab qilinmaydi. Vibrator uzunliklari ln/ln+1 = τ shartni qanoatlantiradi. Ishlash prinsipi QT diapazon antennalari bilan bir hildir.



2.2-rasm. UQT diapazoni logoperiodik antennasi

2.3. LABORATORIYA QURILMASINING TAVSIFI


LPA yõnalganlik diagrammasini tadqiq qilish qurilmasining struktura sxemasi 2.3-rasmda kõrsatilgan.





2.3-rasm. LPA yõnalganlik diagrammasini tadqiq qilish qurilmasining struktura sxemasi ( 1 - generator, 2 - koaksial kabel, 3 - uzatuvchi antenna, 4 - qabul qiluvchi (LPA) antenna, 5 - indikator qurilmali rezonans tõlqin õlchagich).



2.4-rasm. LPA kirish qarshiligini aniqlash qurilmasining struktura sxemasi (1 - generator, 2 - koaksial kabel, 3 - õlchash liniyasi , 4 - tadqiq qilinayotgan (LPA) antenna, 5 - indikator qurilmali rezonans tõlqin õlchagich)

2.4. LABORATORIYA ISHIGA TOPSHIRIQ


2.4.1. tadqiq qilinayotgan antennaning geometrik õlchamlari bõyicha rezonans(ishchi) chastotalarni aniqlang.
2.4.2. Bir nechta ishchi chastotalarda ( õqituvchi kõrsatmasiga binoan) E tekislikda logoperiodik antennaning yõnalganlik diagrammasini aniqlang.
2.4.3. Bir nechta ishchi chastotalarda ( õqituvchi kõrsatmasiga binoan) logoperiodik antennaning kirish qarshiligini aniqlang.

2.5. LABORATORIYA ISHINING BAJARISH TARTIBI


2.5.1. Yõnalganlik diagrammalarini aniqlash.
2.5.2. Generatorni yoqib 10-15 daqiqa mobaynida qizdiring.
2.5.3. Ishchi chastotalardan birini õrnating va rezonans tõlqin õlchagichni rezonansga sozlang( tõlqin õlchagich indikator qurilmasi kõrsatkichining maksimal og’ishi bilan).
2.5.4. Antennaning maksimal qabul qilish holatida, generator chiqish quvvatini sozlagan holda qulay bõlgan tõlqin õlchagich indikator qurilmasi kõrsatkichi darajasini õrnating
2.5.5. dan gacha bõlgan oraliqda antennani aylantirib har antenna aylanish burchagi φ da , tõlqin õlchagich indikator qurilmasi kõrsatkichi α ni yozgan holda antennaning yõnalganlik diagrammasini aniqlang.
2.5.6. Õlchov natijalarini 2.1-jadvalga kiriting.
2.5.7. Boshqa chastotani õrnatib 2.5.3… 2.5.6 punktlarni bajaring.
2.1-jadval
… MGs chastotada logoperiodik antenna yõnalganlik hususiyatlarini eksperimental tadqiq qilish natijalari

φ0

0

10

20



350

α
















F(φ) = α /αmax
















2.5.8. Tõg’ri burchakli koordinatalar tizimida me’yorlangan yõnalganlik diagrammalari F(φ) grafigini quring.
2.5.9. Kirish qarshiligini aniqlash.
2.5.10. 2.2-rasmga mos keluvchi struktura sxemani yig’ing.
2.5.11. Generatorni yoqib 10-15 daqiqa mobaynida qizdiring.
2.5.12. Indikator qurilmasi kõrsatkichining maksimal og’ishiga qarab õlchash liniyasi golovkasini rezonansga sozlang.
2.5.13. Õlchash liniyasi golovkasini siljitib, õlchash liniyasidagi yugurma tõlqinlar koeffisientini
, (2.2)
ifodadan foydalangan holda aniqlang.
Bu erda - õlchash liniyasi indikatorining minimal kõrsatgichi; - õlchash liniyasi indikatorining maksimal kõrsatgichi.
2.5.14. z1 õlchash liniyasidagi kuchlanish minimumi holatini aniqlang. 2.5.15. Õlchash liniyasi chiqishiga qisqa tutashtiruvchi yuklamani qõying va z2 õlchash liniyasidagi amplituda taqsimoti yangi holatini aniqlang.
2.5.16. Amplituda taqsimoti tugunining nisbiy siljish qiymati ni aniqlang
. (2.3)
2.5.17. Yugurma tõlqin koeffisienti KBV ning qiymatini, Δz/λ õlchash liniyasida amplituda taqsimoti nisbiy siljishini va liniyaning tõlqin qarshiligi ni bilgan holda logoperiodik antennaning kirish qarshiligini tõliq qarshiliklarning doiraviy diagrammasi (2.5-rasm) yordamida aniqlang.
2.5-rasm. Tõliq qarshiliklarning doiraviy diagrammasi

2.6. HISOBOT TARKIBI


Hisobot quyidagilardan tarkib topishi kerak:
2.6.1. Õlchash qurilmalarining struktura sxemalari.
2.6.2. Eksperimental me’yorlangan yõnalganlik diagrammalari.
2.6.3. Kirish qarshiligining qiymati.
2.6.4. Qõlga kiritilgan natijalar tahlili asosida logoperiodik antennaning yõnalganlik va diapazonli hususiyatlariga qilingan Xulosalar.
2.7. NAZORAT SAVOLLARI
2.7.1. Logoperiodik antennaning konnstruksiyasi asosida qaysi prinsip yotadi?
2.7.2. LPA ning ishlash prinsipini tushuntiring.
2.7.3. LPA ning aktiv zonasi deb nimaga aytiladi?
2.7.4. LPA ning yõnalganlik hususiyatlari nima orqali aniqlanadi?
2.7.5. LPA ning kirish qarshiligi nima orqali aniqlanadi?
2.7.6. LPA ning ishchi diapazoni nima orqali chegaralanadi?
2.7.7. Nima uchun antenna logoperiodik deb nomlanadi?
2.7.8. Logoperiodik antennalar qanday aloqa tizimlarida qõllaniladi?
2.7.9. Nima uchun yassi LPA ning N tekisligidagi yõnalganlik diagrammasi E tekisligidagiga nisbatan kengroq bõladi?
2.7.10. Yassi va fazoviy LPA larning yõnalganlik harakteristikalari õzaro nima bilan farqlanadi?

Download 4,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish