6.6. Fiderdagi turg’un tõlqin koeffisientining qiymatini aniqlovchi laboratoriya qurilmasi
Turg’un tõlqin koeffisientining qiymatini aniqlovchi laboratoriya qurilmasining tarkibiy sxemasi 6.10-rasmda keltirilgan.
6.10-rasm. Laboratoriya qurilmasining tarkibiy sxemasi
TTK qiymatini aniqlash tadqiq etilayotgan antenna (4) generatori (1) va fideri oralig’ida joylashtiriladigan õlchovchi liniya (3) yordamida amalga oshiriladi. Õlchovchi liniyaning indikatori (5) antenna fideridagi (2) elektr maydon kuchlanganligiga proporsional bõlgan qiymatini hisoblash uchun hizmat qiladi. TTK qiymatini õlchash faqat sinfaz panelli antenna bõlgan holatlardagina amalga oshiriladi (3-bõlimga qarang).
6.7. LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI
Sinfaz panelli antennaning gorizontal tekislikdagi yõnalganlik diagrammasini õlchash.
Yuqori chastota generatorini yoqing va besh daqiqa davomida qizdiring.
Generatorga õqituvchi tomonidan berilgan chastotani õrnating.
Yuqori chastota generatori tumblerini “Vikl” holatiga õtkazing.
Tadqiq etilayotgan panelli antennani uzatuvchi antennaga yõnalgan holatga keltiring.
Rezonans tõlqin õlchagich indikatori kõrsatgichini maksimal qiymatga sozlang.
Generatordagi chiqish quvvati sathini õzgartiruvchi boshqargich yordamida rezonans tõlqin õlchagich indikatori kõrsatgichini butun shkala bõyicha 75% oralig’iga keltiring.
Tadqiq etilayotgan panelli antennani õz õqi atrofida besh gradus qadam bilan aylantirib, gorizontal tekislikdagi f(θ) yõnalganlik harakteristikasi õlchang va natijalarni 6.1- jadvalga kiriting. Õlchashlar 00 dan 3600 bõlgan burchak sektorlari uchun olib borilsin.
Yuqoridagi 6.1.7 punktda keltirilgan talablarni õqituvchi tomonidan berilgan boshqa chastotalar uchun ham takrorlang.
Quyida keltirilgan tenglama yordamida me’yorlashgan yõnalganlik harakteristikasi Fm(θ) qiymatlarini hisoblang
Fm(θ)= f(θ) / fmah(θ) (6.5)
Olingan natijalar asosida maydoniy yoki tõg’ri burchakli koordinatalar tizimida yõnalganlik diagrammasini chizing, bosh bargchaning tõliq va yarim quvvat bõyicha kengligini aniqlang.
6.1- jadval.
Antennaning yõnalganlik harakteristikasi
Θ,
graduslar
|
0
|
5
|
10
|
...
|
...
|
...
|
340
|
350
|
360
|
f(θ)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fm(θ)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fiderdagi turg’un tõlqin koeffisientining
qiymatini aniqlash
Yuqori chastotali generator tumblerini “Vikl” holatiga õtkazing.
Tadqiq etilayotgan antenna fiderini rezonans tõlqin õlchagichdan uzib, õlchash liniyasiga ulang.
Õlchash liniyasiga generatorni ulang.
Yuqori chastotali generator tumblerini “Vikl” holatiga õtkazing.
Õlchash liniyasi hajmiy rezonatorini uning indikatori kõrsatgan maksimal rezonansga sozlang.
Õlchash liniyasi karetkasini surish yordamida indikator kõrsatgan eng katta αmax va eng kichik αmin qiymatlarini aniqlang. Olingan natijalarni 6.2-jadvalga kiriting.
Õqituvchi tomonidan berilgan boshqa chastotalar uchun ham αmax va αmin qiymatlarini aniqlang. Diqqat! Generator chastotasini õzgartirishdan avval tumblerni “Vikl” holatiga õtkazing. Õlchash liniyasining hajmiy rezonatorini har bir berilgan chastota uchun qaytadan sozlash talab etiladi.
TTK quyidagi tenglama yordamida aniqlang
,
olingan natijalarni 6.2-jadvalga kiriting.
TTK ning chastotaga bog’liqlik grafigini quring.
6.2- jadval.
TTK ning chastotaga bog’liqlik grafigi
Do'stlaringiz bilan baham: |