Õzbеkistоn rеspublikаsi ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri vа kоmmunikаtsiyаlаrini rivоjlаntirish vаzirligi



Download 4,84 Mb.
bet6/11
Sana17.10.2022
Hajmi4,84 Mb.
#853588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
test

6-laboratoriya ishi
SINFAZ YASSI ANTENNA PANJARANI TADQIQ ETISH



    1. ISHDAN MAQSAD

Laboratoriya ishini bajarishda talabalar:
- sinfaz yassi antenna panjarani konstruksiyasini, ishlash prinsipini, uning konstruktiv elementlari vazifasini, antennaning yõnalganlik harakteristikasi hususiyatlarinini, yõnalganlik harakteristikasining chastota va konstruktiv parametrlarga bog’liqligini bilishlari;
- laboratoriya sharoitida antenna maketining yõnalganlik diagrammalarini, fiderdagi yugurma tõlqin koeffisienti qiymatlarini aniqlay olishlari kerak.

6.2. QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT


Mobil aloqa tizimida qõllaniluvchi antennalarning aksariyatini panelli antennalar tashkil etadi. Ular õzida bir turdagi nurlatgichlardan tashkil topgan chiziqli yoki yassi antenna panjarasini mujassamlashtiradi. Odatda, antenna panjarasining elementi sifatida simmetrik tebratgichlardan (silindrik, yassi, elpig’ichsimon) foydalaniladi.
Panelli antennalar sektorli yõnalganlik diagrammasini (YD) Hosil qilib, unda bosh bargchaning gorizontal tekislikdagi kengligi vertikal tekislikdagiga nisbatan kengroq bõladi
(6.1-rasm).


a) b)
6.1-rasm. Panelli antennaning yõnalganlik diagrammasi:


a - gorizontal tekislikda, b - vertikal tekislikda

Gorizontal tekislikdagi nurlanishning sektor burchagini qiymati panelli antenna ichiga joylashtirilgan chiziqli panjaralarning soniga bog’liq bõlib, odatda, bitta yoki ikkita panjaradan iborat bõladi. Panelli antennaning vertikal tekislikdagi YD bosh bargchasining kengligi chiziqli panjaradagi elementlar soniga bog’liq. Ikkita chiziqli antenna panjarasidan tashkil topgan panelli antenna 6.2-rasmda keltirilgan.


Chiziqli antenna panjarasida maydon hosil bõlish hususiyatini kõrib chiqamiz.
Nurlanishda yuqori yõnalganlikni va belgilangan tekislikda YD bosh bargchasining sektorli shaklini hosil qilish uchun, fazoda belgilangan tartibda joylashtirilgan, talab etilgan amplituda va faza munosabatiga ega bõlgan toklar bilan qõzg’atiladigan tebratgichlar, tirqishli ohiri ochiq tõlqin õtkazgichlar kabi sust yõnaltirilgan antennalardan tashkil topgan tizimdan foydalanish mumkin. Bunda, panelli antennaning umumiy yõnalganlik hususiyati tizimning gabarit õlchovi (ayniqsa nurlatgichlar soni kõp bõlganda) bilan bog’liq bõlib, alohida nurlatgichlarning yõnalganlik hususiyatlari eng kam ahamiyatli hisoblanadi.

6.2-rasm. Antenna panjarasi


Bunday tizimlar sarasiga antenna panjaralari (AP) kiradi. Odatda, AP deb, fazoda bir hil yõnaltirilgan va ma’lum qonuniyat asosida joylashtirilgan nurlatuvchi elementlar tizimiga aytiladi. Elementlarning joylashuviga kõra AP ning chiziqli, yassi, gardishli, silindrsimon va boshqa turlari mavjud. Ulardan eng kõp tarqalgani chiziqli va yassi AP Hisoblanadi.


Eng sodda AP chiziqli bõlib, unda nurlatuvchi elementlar panjara õqi bõylab joylashtiriladi. Chiziqli AP ikki turga bõlinadi: ekvidistant (6.3.a-rasm) va noekvidistant (6.3.b-rasm). Ekvidistant AP da qõshni nurlatuvchi elementlar bir hil d masofa uzoqlikda, noekvidistant AP da, turlicha d masofa uzoqlikda joylashadi. Odatda, chiziqli AP boshqa turdagilarni tahlil qilishda õz hususiyatiga kõra asosiy hisoblanadi.
Bir hil turdagi va fazoda bir nuqtaga yõnaltirilgan nurlatgichlardan tashkil topgan AP dan õtkir nurlanish hosil qilishda foydalaniladi. Bu shart bajarilishi uchun AP dagi barcha nurlatgichlarning maydonlari belgilangan yõnalishda sinfaz tarzda ustma-ust tushishi, boshqa barcha yõnalishlarda nosinfaz bõlishi kerak.



Download 4,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish