Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


MASOFADAN O’QISH TIZIMIDA O’QUV- USLUBIY MATERIALLARNING O’RNI



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

 
MASOFADAN O’QISH TIZIMIDA O’QUV- USLUBIY MATERIALLARNING O’RNI 
 
Sh.N.Turapov (TATU) 
Hozirgi kunda respublikamizning hamma ta’lim muassasalari axborotli texnologiyaning eng 
so’nggi uskunaviy vositasi bo’lmish kompyuterlar bilan jihozlanmoqda. Bundan ko’zlangan 
maqsad esa kompyuterlardan dars jarayonida unumli foydalangan holda dars samaradorligini 
oshirish, uninng sifatini yaxshilash, o’rganilayotgan mavzuning to’laqonli yoritilishini 
ta’minlashdan iboratdir. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa, kompyuterlar yordamida o’quv 
jarayonini avtomatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda o’quv 
adabiyotlarining elektron variantlarini yaratish ishlari yo’lga qo’yilmoqda. Hammamizga 
ma’lumki o’quvchining bilim olishi uchun o’quv adabiyoti muhim rol o’ynaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish 
kontsepsiyasida ularning ta’rifi va shakllari ko’rsatilgan. 
-
O’quv adabiyotlari – muayyan ta’lim turi (yo’nalishi yoki mutaxassisligi) o’quv rejasida 
qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, 
o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manbaa bo’lib, 2 
xil shaklda tayyorlanadi. 
-
An’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari – ta’lim oluvchining yoshi va psixo-fiziologik 
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati, muqova turi va boshqa ko’rsatkichlarni 
hisobga olgan holda qog’ozda chop etilgan manba. 
-
Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni 
jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni muloqot usulida taqdim etish va nazorat qilish 
imkoniyatlariga ega bo’lgan manba. 
Kompyuterlarning ta’lim jarayoniga kirib kelishi natijasida talabalarga kompyuterlardan 
darsda, o’quv-amaliyotda va mustaqil ravishda foydalanish imkoniyati yaratildi. Talabalar 
kompyuterlar yordamida bilim olish, olgan bilimlarini tekshirish, o’zlarini qiziqtirgan savollarga 


167 
javob olish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Bu imkoniyatlarni esa bizga kompyuterlar orqali dars 
o’tish tizimlari-masofadan turib talim beris va elektron darsliklar yaratib beradi.
Ba’zi bir olimlar elektron darslik bilimlarni o’zlashtirish, yangi axbortlar guruhini hosil 
qilish, olingan bilimlarni tekshirish va shu kabi ishlarni bajarishi kerak deb hisoblaydilar.
Masofali o’qitish uchun yaratiladigan o’quv-uslubiy materiallarga quyidagi talablar 
qo’yiladi: 
- fan mazmuni davlat ta’lim standartlari va o’quv maqsadlariga mos kelishi; 
- mustaqil ta’lim olishni ta’minlashi; 
- fan bo’yicha etarli miqdorda ma’lumotlarni o’zida jamlashi
- fan bo’yicha mashq va masalalar bilan ta’minlashi; 
- boshqa fanlar bilan o’zaro bog’lanishi; 
- o’z-o’zini baholash va nazorat qilish va boshqalar. 
O’qitish jarayonini axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida masofadan 
o’qitishni tashkil qilishda o’quv-uslubiy materiallardan foydalanish metodikasi an’anaviy o’qitish 
uslubidan tubdan farq qilib, u pedagog xodimlar va talabalar uchun:
-
o’quv materiallarini ko’rgazmali ko’rinishida taqdim etadi; 
-
differentsial va individual o’qitish jarayonini tashkil qiladi
-
o’qish jarayonini baxolash, teskari aloqa bog’laydi; 
-
o’rganilayotgan fanlarni namoyish etish va ularning dinamik jarayonini ko’rsatadi; 
-
fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va 
axborot texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish