Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


FAVQULODDA VAZIYATLARDA UCHUVCHISIZ UCHISH



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

FAVQULODDA VAZIYATLARDA UCHUVCHISIZ UCHISH 
VOSITALARI (DRONLAR)DAN FOYDALANISH AFZALIGI
D.A. Davronbekov (professor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
S.A.Norkobilov (doktorant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar, dronlar ko‘plab sohalarda, shu 
jumladan favqulodda vaziyatlarda katta imkoniyatlarga ega. Favqulodda vaziyat 
joyiga boshqa yo‘llar bilan etib borish imkonsiz bo‘lgan, inson resurslari va vaqt 
cheklangan vaziyatlarda dronlar uchib, suratga tushirishi mumkin va ma’lumotlarni 
operator yoki mobil aloqa baza stansiyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri qutqaruv 
xodimlariga uzatadi. 
Dron - bu kichik havoda uchuvchisiz boshqariladigan texnik vosita. Hozirgi 
kunda dronlar turli maqsadlarda ishlatilishini ko‘rishimiz mumkin – ob’yektlarni 
3D modelini yaratish uchun tasvirga olish, ko‘ngilochar shoular, hatto ba’zi 
mamlakatlarda pochta jo‘natmalarini etkazib berish, televedine sohasida tasvirga 
olish, favqulodda vaziyatlarda yordam berish va ko‘plab maqsadlarda foydalanish 
mumkin.
Uchuvchisiz dronlar qutqaruvchilarga katta yordam beradi, jumladan 
ko‘pgina rivojlangan davlatlarda so‘nggi vaqtlarda favqulodda vaziyatlli holatlarda 
dronlarning qanchalik samarali bo‘lishini ko'rsatdi. Favqulodda vaziyatlarning 
monitoringi: oldini olish, oqibatlarini baholash, toshqinlar, yong‘inlar, favqulodda 
vaziyatlarda axborot ta’minotini tashkil etish juda muhim. Hozirgi kunda maqsad 
va vazifalarga muvofiq tanlab olinishi kerak bo‘lgan bir necha turdagi dronlar 
mavjud. Masalan, xavfli hududlarni kuzatish va vaziyatni baholash uchun qidiruv-
qutqaruv dronlari, bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish uchun 
mo‘ljallangan va turdagi dronlar mavjud.


122 
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ob’yektni dron orqali 
kuzatish, har qanday xavf odamlarning hayotiga hamda moddiy boyliklariga zarar 
yetkazmaslik uchun darhol javob berishni talab qiladi. Ko‘rinadigan va termal 
kameralar bilan jihozlangan dronlardan foydalanish yomon ko‘rinadigan holatlarda 
ham, ya’ni tuman, har xil gaz yoki tutun mavjud bo‘lganda ham, yordamga muhtoj 
yoki ahvoli og‘ir bo‘lgan odamlarni joylashgan manzilini aniqlashga yordam 
beradi. Ma’lumotlar simsiz uzatish texnologiyalari orqali operatorga real vaqtda 
keladi, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaror qabul qilishga imkon beradi. Jabrlanganlarni 
qidirish va qutqarishda ham dronlar qutqaruv guruhlari va texnikalar yetib 
borolmaydigan joylarda ham odamlarni topishga yordam beradi. Monitoring 
samaradorligini oshirish uchun dronda inson salomatligi xavf ostida qolmasdan, 
radioaktiv, kimyoviy va biologik ifloslanish darajasini o‘lchash uchun termometr, 
datchiklar yoki dozimetrlar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Dronlar yordamida 
monitoring olib borish, operatorlar favqulodda holat aniqlanganda yoki favqulodda 
vaziyatni oldini olish maqsadida Mobil aloqa operatorlari baza staniyalari orqali 
favqulodda vaziyatni oldini olish yoki yordam ko‘rsatish uchun qutqaruvchilarga 
xabar berish tuzilmaviy sxemasi keltirilgan (1-rasm). 
1-rasm. Dronlar yordamida monitoringini tashkil etish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda 
mobil aloqa orqali qutqaruvchilarga xabar berish tuzilmaviy sxemasi 
Tabiiy va texnogen holatlar deyarli barcha turli hududlarda zilzilalar, 
toshqinlar, ko‘chkilar, loy oqimlari, toshqinlar, yong‘in, qurg'oqchilik va haddan 
tashqari yuqori yoki past haroratlarda mavjud. Shu sababli, ushbu hudud uchun 
mobil aloqa texnologiyalardan foydalangan holda favqulodda vaziyatlarni oldini 
olish va favqulodda vaziyatni bartaraf etishda foydalanish ancha samara beradi.
Favqulodda vaziyatni bartaraf etishda mobil aloqa texnologiyalarni jalb qilish va 
ulardan foydalanish, falokat xavfini kamaytirish uchun dron texnologiyalarni 
qo‘llaganda, avvalo insonlarni qutqarish, ularni favqulodda vaziyat bo‘lgan 
hududning qaysi nuqtasida ekanligini aniqlash, ularga zarurat bo‘lganda birinchi 
tibbiy yordam berish, jumladan qutqaruvchilardan masofasi uzoq bo‘lgan holatda 
dronlar yordamida ularga tibbiy dori-darmon va shu kabilarni dastlabki vositalarni 
yetkashish va ularni favqulodda vaziyat bo‘lgan hududdan olib chiqish zarur 
hisoblanadi. 
Xulosa qilib, uchuvchisiz boshqariladigan vositalarning tadbiq etish 
favqulodda vaziyatlar xizmatlarning bo‘linmalari qidiruv-qutqaruv ishlarida mobil 
aloqa texnologiyalar bilan birgalikda foydalanishi va faol ravishda joriy etish juda 
katta samara beradi. Yuqori sifatli uchuvchisiz dronlar, ularning ishonchliligi va 


123 
chidamliligi, odamlar uchun xavfli bo‘lgan turli xil vazifalarni hal qilishda amaliy 
natijasi borligini nazariy tomonlama keltirib o’tildi. Real vaqtda favqulodda 
vaziyatlar haqida ma’lumot to‘plash, termoplastinka yordamida jabrlanganlarni 
qidirish, dori vositalari va zaruriy buyumlarni yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga 
yetkazish mumkin. Bu esa natijalarning yuqori tezligini va aniqligini oshiradi. 
Drondan foydalanganda qidirish vaqti sezilarli darajada kamayadi. Shu bilan birga, 
uchuvchisiz qurilmalar yordamida eng murakkab vaziyatlarda va kirish qiyin 
bo‘lgan joylarda vaziyatni baholashda, qaror qabul qilishda yuqori samara beradi. 

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish