Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


ELEKTRON TIJORAT VA O’ZBEKISTONDA ELEKTRON



Download 10,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/244
Sana21.02.2022
Hajmi10,07 Mb.
#79225
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   244
Bog'liq
иктисодиётда АКТ

ELEKTRON TIJORAT VA O’ZBEKISTONDA ELEKTRON
TIJORATNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI 
D.G’. O’ktamova (magistrant, TATU) 
Axborotlashgan 
jamiyatda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
insonlar 
hayotidagi o’rni tobora ortib bormoqdaki, bu iqtisodiyot va biznesning rivojlanishiga o’z ta’sirini 
ko’rsatmoqda. Kishilarning turmush tarzi o’zgarib, axborot va xizmatlarga bo’lgan talab 
ortmoqda.
Xalqaro iqtisodiyotda AKT asosiy ishlab chiqarish vositasiga aylanmoqda. Negaki, AKT 
operatsion xarajatlarni kamaytirish, kapitalni ko’paytirish, mehnat unumdorligini oshirishga 
xizmat qilmoqda, Internet esa, o’z navbatida, masofa bilan bog’liq bo’lgan barcha to’siqlarni olib 
tashlamoqda. Shu bilan birga, bunday iqtisodiyotda intellektual mehnatning roli ortmoqda, 
elektron hujjat almashinuvi va elektron to’lov tizimlaridan foydalanish, biznesni elektron tarzda 
amalga oshirish va boshqaruvda qarorlar qabul qilishni tezlashtirishga erishilmoqda.
Iqtisodiy munosabatlarning axborot texnologiyalari bilan hamohangligi o’z navbatida, 
elektron tijoratning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Elektron tijoratga turli kitoblarda turlicha 
ta’rif berilgan bo’lib, umumiy holda olib qaraganda, elektron tijorat – bu tovar va xizmatlar 
almashinuvi jarayonlarini axborot tizimlari va Internet orqali amalga oshirishdir. “Elektron 
tijorat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida “elektron tijorat” 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar(ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron 
tijoratdir”.
Elektron tijoratning elektron axborot almashinuvi(EDI), elektron kapital harakati(EFS), 
elektron savdo, elektron pul muomalasi, Internet marketing, Internet banking, elektron sug’urta 
xizmatlari va masofaviy ta’lim kabi turlarini ajratish mumkin. Ular jahon bozoriga chiqish 
imkoniyatlarini oshirishga, iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga, kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirishga, axborot mahsulotlari va xizmatlar hajmini oshirishga, milliy bozorda raqobat 
muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi. Electron savdoni amalga oshirish uchun savdo 
maydonchasi va maxsus vitrinalar talab etilmaydi, ko’p sonli ishchilar kun bo’yi ofisda o’tirishi 
shart emas, barcha xizmatlar faqatgina sayt orqali amalga oshirilib, xatto reklama ham Internet 
marketing bo’yicha yo’lga qo’yiladi. Bu esa, narxlarning an’anaviy do’kanlarga nisbatan past 
bo’lishiga va servis sifatining ko’tarilishiga olib keladi. 
Elektron tijoratda axborot almashinuvi juda tez amalga oshiriladi, sutkada 24 soat, haftada 
7 kun va yiliga 365 kun to’xtovsiz va tinimsiz xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud, 
kataloglar orqali zarur narsani osonlik bilan topish va analoglari bilan solishtirish mumkin. 
Biroq, kishilarda elektron tijoratga nisbatan ishonchsizlik ham mavjud bo’lib, bu avvalo, “ushlab 
ko’rish”, “kiyib ko’rish” kabi odatiy ehtiyojlardan kelib chiqadi. Shu bilan birga, logistika 
muammosi, pul o’tkazmalari va soliq to’lash masalalari ham aktual hisoblanadi. 
Elektron tijoratda pul o’tkazmalari elektron pul ko’rinishida, maxsus to’lov tizimlari orqali 
amalga oshirilishi tadbirkor va xaridorlar uchun ancha qulay hisoblanadi. Hozirda O’zbekistonda 
UZCARD – banklararo to’lov tizimi, WoyWo’, upay, Payme – Internet to’lov tizimlari va Click 
– sms to’lov tizimidan keng foydalanilmoqda. Xususan, 2005-yil 16-dekabrda “Elektron 
to’lovlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo’lib, elektron 
to’lovlar bo’yicha munosabatlarni tartibga solishda huquqiy asos hisoblanadi. 
Elektron tijoratda: B2B (biznes-biznes), B2C (biznes-iste’molchi), G2B(hukumat-biznes), 
G2C(hukumat-iste’molchi), C2C(iste’molchi-iste’molchi) va boshqa yo’nalishlar ajratiladi.
Jahon miqyosida eng rivojlangan yo’nalish B2C bo’lib, chakana savdo ko’rinishida, har bir 
mijozga individual yondoshib ishlash orqali olib boriladi. Statista.com saytining 2013-yil 
natijalariga ko’ra o’tkazilgan tadqiqoti 2009-2018-yillar kesimida elektron tijoratning B2C 
yo’nalishida mamlakatlar Yalpi Ichki Mahsulotidagi miqdori natijalari va bashoratlarini 
ko’rsatadi. Ular quyidagi diagrammada keltirilgan: 


171 
Markaziy Osiyo davlatlarida bu ko’rsatkich juda past bo’lishiga qaramasdan, elektron 
tijoratni rivojlantirishda jahon tajribasiga tayangan holda ishlar amalga oshirilmoqda. Shu 
jumladan, O’zbekistonda bu sohaga doir me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan. Zero, 2004-yil 29-
aprelda qabul qilingan 14 ta moddadan iborat bo’lgan Qonun vaqt o’tishi bilan eskirganligi va 
unda elektron tijorat bo’yicha ayrim aktual masalalar inobatga olinmagani sababli, 20 ta 
moddadan iborat, to’ldirilgan “Elektron tijorat to’g’risida”gi Qonun 2015-yil 22-mayda yangi 
tahrirda qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Qonunda elektron tijoratga ko’p yillik tajribadan xalqaro 
tajribadan kelib chiqqan holda, yangicha yondoshuv bilan ta’rif berilgan, elektron tijoratning 
asosiy prinsiplari keltirilgan, shu bilan bir paytda elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati, 
sohani davlat tomonidan tartibga solish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
sohadagi vakolatlari, maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari yuzasidan yangi moddalar 
kiritilgan.
0,60%
0,25%
1,85%
0,89%
0,42%
0,92%
1,08%
2,23%
1,24%
0,71%
1,61%
1,99%
3,00%
1,96%
1,71%
Xalqaro 
Xitoy
Janubiy Koreya
AQSH
Rossiya
2009
2013
2018

Download 10,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish