Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


ELEKTRON HUKUMATNI JORIY ETISHDA INTERAKTIV XIZMATLARNING



Download 10,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/244
Sana21.02.2022
Hajmi10,07 Mb.
#79225
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244
Bog'liq
иктисодиётда АКТ

ELEKTRON HUKUMATNI JORIY ETISHDA INTERAKTIV XIZMATLARNING 
O’RNI 
A.I.Abdullayev (TATU, assistenti)
Hozirgi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ijtimoiy 
yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va 
jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi.
Davlat hokimiyati ichki tarmoqlari boshqaruvi (markaziy hukumat va mahalliy 
hokimiyatlar, davlat tashkilot va muassasalari o’rtasidagi o’zaro uzviylik) va davlat tashkilot 
hamda muassasalarining fuqarolar hamda tadbirkorlikga ko’rsatadigan xizmatlarining 
samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining qulayliklari va 
imkoniyatlaridan foydalanish – zamonaviy ilg’or yo’nalishlardan biri bo’lib, xalqaro leksikonda 
u «Elektron hukumat» (e-government) deb yuritiladi. 
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar 
poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat tizimida ham). 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga; 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga; 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. 
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: 
G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-
uchinchi sektor. 
Mazkur yo’nalishlar tahlili: 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga –Davlat boshqaruvi apparati 
ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va 
muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron 
hujjat aylanishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi. 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar
yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat 
yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil 
davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo'ladi. 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga –Davlat va xorijlik shaxslar 
o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar 
ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm 
sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga –Yuridik shaxslar, ishbilarmonlar 
va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda 
soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va hokazolarni 
on-layn amalga oshirish imkonini beradi.
Bu texnologik tamoyillar interaktiv xizmatlar masshtabini kengayishiga olib keladi. 
Interaktivlik ( ingliz tilidan olingan so’z bo’lib, interaction-“o’zaro ta’sir”) – obyektlar orasidagi 
o’zaro ta’sir darajasi va uning xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha. 
Interaktiv davlat xizmatlari deyilganda, davlat tomonidan axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari orqali fuqarolarga ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan, aholi 
va davlat organlari orasida muloqotni yaratishga xizmat qiladigan o’zida davlatning barcha 
xizmatlarini jamlagan faoliyat.
O’zbekiston yagona interaktiv xizmatlar portalida (www.my.gov.uz) quyidagi imkoniyatlar 
mavjud: 
• Turli davlat xizmatlaridan elektron ko’rinishda foydalanish 


46 
Kerakli ariza, shikoyat va savollarni jo’natish va javob olish 
• Kerakli tashkilotlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish 
• Tadbirkorlikga oid shikoyat va savollarni jo’natish va javob olish 
• Kerakli xizmatlar va tashkilotlarni izlash 
• ID.uz identifikatsiya tizimida profilga ega bo’lish va u orqali mobil telefon raqamini 
foydalanuvchi profiliga bog’lash 
• Onlayn Uzcard tizimi orqali ro’yxatdan o’tish 
• Elektron raqamli imzo orqali ro’yxatdan o’tish 
My.gov.uz portali orqali ariza, shikoyat kabi murojaatlar davlat tashkilotiga murojaat 
yuborish quyidagi 5 ta qadamni to’ldirish bilan amalga oshiriladi: 
1-qadam. Turni tanlash, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxs eakanligingizni tasdiqlash. 
2-qadam. Shaxsni tasdiqlash. Anketani to’ldirish( ism, sharif, elektron pochta adresi, telefon 
raqami, tug’ilgan sana, passport seriya raqami va h.k) 
3-qadam. Tashkilotni tanlash. (Vazirliklar, qo’mitalar, tashkilotlar, agentliklar, markazlar) 
4-qadam. Formani to’ldirish. 
5-qadam. Tamom . Jo’natish.
Bu portal orqali fuqarolar turli davlat xizmatlari bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga, 
arizalariga to’g’ridan-to’g’ri shahar hokimliklari, vazirliklar, qo’mita va turli tashkilotlardan ham
javob olish imkoniga egadirlar. Muammolar yechilishi davlat organlari tomonidan doimiy 
nazorat qilinib boriladi.
Bundan tashqari samarali aloqani yo’lga qo’yish va fuqarolar murojaatlarini hisobga olgan holda 
portalda “ Baholash” xizmati yordamida qaytarilgan javobga sharh berish imkoniyati ham 
mavjud.
Hozirgi kunda bir qancha xizmatlar ustida ishlar olib borilmoqda, masalan Davlat 
organlari boshliqlari huzuriga yozilish shular jumlasidandir.

Download 10,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish