Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


ELEKTRON HUKUMAT TIZIMIDA ELEKTRON TA’LIMNING O`RNI



Download 10,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/244
Sana21.02.2022
Hajmi10,07 Mb.
#79225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   244
Bog'liq
иктисодиётда АКТ

ELEKTRON HUKUMAT TIZIMIDA ELEKTRON TA’LIMNING O`RNI 
O.P.Shukurova, (Qarshi davlat universiteti o’qituvchisi) 
R.Q. Pirova (Qarshi davlat universiteti o’qituvchisi) 
O‘zbekistonda ta’lim tizimini ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilgan. 
Jahonning bu boradagi ilg‘or tajribalari, xalqimizning ko‘p asrlik milliy qadriyatlarini o‘zida aks 
ettirgan yangi ta’lim tizimi hayotga tatbiq etildi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda, ta’lim 
jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish ta’lim 
sifatini yanada oshirishning muhim omili bo‘lishini xayotning o‘zi ko‘rsatib bermoqda. 
Respublikamizda ta’lim tizimiga informatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim 
samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, respublikamizda 
“Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i barpo etildi. Bu tarmoq orqali respublikamizning barcha 
joylaridagi ta’lim oluvchi yoshlarga kerakli axborot resurslari yetkazib berilmoqda. Tarmoq 
optik-tolali aloqa kanallari orqali axborot tizimlari, elektron ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga 
ega himoyalangan virtual tarmoq texnologiyasi asosida qurilgan. Bu tizimni yaratishdan 
ko‘zlangan maqsad ta’limning barcha bosqichini axborotlashtirish va aholiga interaktiv xizmatlar 
ko‘rsatishni yanada yaxshilashdan iborat. Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari 
unga ulangan. 
Elektron ta’lim milliy tarmog‘ini barpo etish borasida respublikamizda amalga 
oshirilayotgan tadbirlar axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi ahamiyatini ta’kidlashi 
bilan birga, sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarning salmog‘i va ko‘lamini ham o‘zida aks 
ettirmoqda. 
Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalar, elektron 
darsliklar, multimedia vositalari keng joriy etilayotgani o‘qitish sifatini yuksaltirishga xizmat 
qilmoqda. 
Elektron ta’lim – bu ta’limning shunday shakliki, o‘qitish jarayonida o‘qituvchining 
shaxsan ishtirok etishiga zarurat qolmaydi, talabalar barcha vazifalarni informatsion 
texnologiyalar asosida mustaqil bajarishlariga imkoniyat yaratiladi.Milliy elektron ta’lim 
tarmog‘i yaratilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samarali virtual muhitini 
yaratish asosida masofali elektron ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, ilmiy-pedagogik 
salohiyatdan hamkorlikda foydalanish, ta’limning meyoriy-uslubiy hamda axborot-resurslarni 
joriy etish uchun zarur dasturiy hamda metodik ta’minotni yaratish masalalarining dolzarbligini 
oshirmoqda. 
Bilimlarni nazorat qilish tizimi elektron ta’lim tizimining bir qismi hisoblanib, o‘tilgan 
fanlar bo‘yicha olingan bilimni tekshirish uchun xizmat qiladi. Ta’lim oluvchining egallagan 
bilimini aniqlash maqsadida tizimda turli shakldagi testlar joriy qilingan. Ta’lim oluvchi 
savollarga qanchalik to‘g‘ri javob berganini aniqlashi uchun so‘rov yakunida qaysi savollarga 
to‘g‘ri va qaysilariga noto‘g‘ri javob berganligi to‘g‘risida tahliliy ma’lumot chiqadi. 
Elektron kutubxonada o‘quv jarayoniga va mustaqil bilim olishga yordam bera oladigan 
elektron ta’limiy resurslar (elektron darslik va turli xildagi elektron variantdagi adabiyotlar) 
mavjud bo‘lib, so‘rovlar yordamida kerakli adabiyotning elektron variantini, real kutubxonadagi 
shifrini yoki Internet manzilini topish mumkin. Hozirgi kungacha turli xil elektron kutubxona 
dasturchilar tomonidan yaratilgan va foydalanib kelinmoqda. 
Elektron o‘quv qo‘llanmalari bazasi ta’lim muassasasi markaziy serverida joylashtiriladi. 
Ular gipermatnli formatdagi (HTML formati) va multimediali elektron ma’ruza, amaliy, tajriba 
mashg‘ulotlari hamda kurs ishi topshiriqlaridan iborat bo‘ladi. Bunda ma’ruza, amaliy va tajriba 
mashg‘ulotlariga mos ravishda o‘zaro murojaatlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu tizim iyerarxik 
strukturaga ega. O‘quv jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati elektron kutubxona bilan 
bog‘langan bo‘lib, unda nafaqat mavjud adabiyot balki aynan foydalanilgan bo‘lim yoki sahifani 
ochish imkoniyati mavjud. 


18 
Elektron o‘quv qo‘llanmalardan o‘quv jarayonlarida foydalanishdan asosiy maqsad – har 
bir o‘rganilayotgan fan bo‘yicha talabaning ongida aniq tasavvur hosil qilish, hamda bo‘sh 
vaqtlarida o‘quv jarayoni materiallaridan mustaqil foydalanishini ta’minlash orqali fanning 
ta’lim oluvchi tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Shu maqsadda ushbu 
ishda elektron o‘quv qo‘llanmalarini (o‘quv jarayonining elektron resurslarini) yaratishga asosiy 
e’tibor qaratilgan. 
Bugungi kunda Qarshi davlat universitetida ham elektron ta’lim tizimi ishlab turibdi. 
O‘quv jarayonining dasturiy muhitida “Elektron jurnal” bo‘limi bo‘lib, unga ta’lim 
oluvchilarning har kunlik to‘plagan ballari, darslarga qatnashishi, oraliq va yakuniy nazorat 
ballari kiritib boriladi. Talabalar davomati kunlik “Elektron jurnal”ga kiritadi. Joriy, oraliq va 
boshqa nazorat ballari ham belgilangan muddatlarda qayd etilmoqda. Barcha hisobot ishlari 
avtomatik ravishda hisoblanib, semestr yakunida talabalarning fanlardan o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichi aniqlab beriladi. 
Talabalar esa qancha ball to‘playotganlarini oddiy mobil telefoni yordamida ham kuzatib 
borish imkoniga egadirlar. 
Talabalarning ota-onalari elektron ta’lim tizimida o‘z login va parollari yordamida, 
mamlakatimizning turli shaharu qishloqlaridan turib farzandlarining kunlik darslarga 
qatnashishini, olayotgan baholarini muttasil kuzatib borishlari mumkin bo‘lmoqda. 
Bunday zamonaviy usulda o‘qitish tizimi o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Talabalarning 
darslarga o‘z vaqtida kelishi, mashg‘ulotlar sifati va mazmundorligi, baholash jarayonida ijobiy 
natijalarga erishilmoqda. 
Ta’lim jarayonidagi dolzarb masalalar sifatida – yangi axborot-kommunikatsiya va 
pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish, 
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini 
tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy uskunalar, 
kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash vazifalari o‘rin olgan. Amalga oshirilayotgan 
islohotlarning maqsad va mohiyati – yosh avlodni jismonan va ma’nan kamol toptirishga
ularning intellektual salohiyatini oshirib borishga, ta’lim tizimini hozirgi zamon talablari 
darajasida rivojlantirishga, ajdodlar ma’naviy merosini davom ettiruvchi komil inson qilib 
tarbiyalashga yo‘naltirilgan. 

Download 10,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish