Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ELEKTRON HUKUMATNI JORIY QILISH



Download 10,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/244
Sana21.02.2022
Hajmi10,07 Mb.
#79225
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244
Bog'liq
иктисодиётда АКТ

 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ELEKTRON HUKUMATNI JORIY QILISH 
ISTIQBOLLARI 
 
R.F.Xudoyberdiyev (TATU, assistant),
S.X.Abdualiyev (TATU, talaba) 
 
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan soha bo’lmasa 
kerak. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va uning barcha sohalarga keng 
tadbiq qilinishi insoniyat hayotiga katta burulish yasadi desak adashmagan bo’lamiz.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish har birimizning kundalik 
ehtiyojimizga aylanib bo’ldi. So’ngi yillarda davlatimizda ham axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari negizida elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar amalga 
oshirib kelinmoqda. Avvalambor, elektron hukumat nima degan savolga javob berib o’tsak. 
Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa 
tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat 
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa 
minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. 
Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq 
qilinmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori 
bilan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat 
xizmatlari to'g'risida nizom» va «Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri» tasdiqlangan. 
Ushbu Nizom davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
xizmatlarni ko'rsatish tartibi va shartlarini belgilab beradi. 
Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani 
mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta’minlabgina qolmay, 
fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish 
imkonini ham yaratadi.
Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat 
xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb-saytlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri 
(BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94 taga kengaytirilgan bo‘lib, hozirda esa BIDXR 195 
dan ziyod ko‘rinishni qamrab oladi.
Bugungi kunda Respublikamiz aholisi ushbu yaratilayotgan imkoniyatlardan yetarli 
darajada foydalanmoqdalar desak adashmagan bo’lamiz. Jumladan, joriy yilning 8 fevral kuni 


82 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushayotgan murojaatlar soni 1 milliondan 
oshdi. Statistika raqamlariga ko‘ra, 98 foiz (982,7 ming) murojaatlar davlat va xo‘jalik organlari 
tomonidan o‘z yechimini topgan va qolgan 2 foiz murojaatlar bugungi kunda ko‘rib chiqish 
jarayonida. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Yagona portalga kelib tushayotgan murojaatlar sonining 
keskin ortib ketish holati 2016 yilning oktyabr oyida kuzatilgan hamda bu davrda yuridik va 
jismoniy shaxslar uchun yaratilgan interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib borganini asos 
qilib keltirish mumkin. 
Hozirgi vaqtda elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha dunyoda yetakchi bo’lgan 
Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilg‘or 
tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va 
Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. 
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan 
davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining 
hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha 
reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab 
tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha 
davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi - tenderlarning 93 foizi va 
onlayn-xaridlarning 99,6 foizi. Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda 
elektron shaklga o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda. Chunki, barcha 
tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi va 
baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi. Tashqi savdoda 
eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 
daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 
milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini bermoqda. Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada 
elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab 
qolinmoqda. Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida 
ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to 
intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan.
2013-yil 1-iyul kuni O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish uchun eng katta 
qadam qo‘yildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, shu kuni Internet tarmog‘ida my.gov.uz 
manzili bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga 
tushirildi. Yagona portalning shiori “Xizmatlar yangi qiyofada” deb nomlanadi va bu onlayn 
tarzda yagona nuqta orqali davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish ma’nosini bildiradi. 
Asosiy e’tibor aholidan kelib tushgan murojatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan. Yagona 
portal orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat 
hokimiyati organlariga o‘z murojaatlarni yuborishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 
2016-yil holatiga mamlakatimizdagi Internet foydalanuvchilari soni 12 million kishidan oshib 
ketdi. Bunda, ularning qariyb 60-65 foizi mobil internetdan, qolganlari esa statsionar internetdan 
foydalanadi.Bu o`z o`rnida aholining internetga bo`lgan talabining oshib borayotganidan dalolat 
beradi. 
Aholi manfaatlarini ko‘zda tutgan, vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beruvchi 
kechiktirib 
bo‘lmaydigan 
muhim 
vazifalarni 
hal 
etishda 
axborot-kommukatsion 
texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Axborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi 
natijasida Respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo‘yilgan 
vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalari (AKT) va 
telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy qilinishiga 
erishilmoqda. Elektron hukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi 
qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan ma’lumot 
bazalarini to‘liq shakllantirish, davlat organlarining o‘z ishida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat 


83 
xizmatlarini ko‘rsatishda "bir darcha” tamoyilidan to‘liq foydalanishdagi muammolarni bartaraf 
etish uchun "Elektron hukumat”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlar 
manfaatlarini ko‘zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning vaqtlarini tejash, bexuda 
ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyati 
samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu 
jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy 
shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. 
Qonunda elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish normalari 
belgilangan. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasiga elektron hukumat sohasidagi yagona davlat 
siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu sohadagi davlat dasturlarini tasdiqlash va ijrosini 
nazorat qilish vazifalari yuklangan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ sifatida elektron hukumat 
prinsiplariga muvofiq elektron hukumat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. 
Davlat organlarining elektron hukumat soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Davlat organlari 
esa elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadilar, 
axborot resurslari va tizimlarini, shuningdek, elektron davlat xizmatlarini joriy qilish, 
rivojlantirish va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Interaktiv davlat xizmatining joriy qilinishi 
esa, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sifatining oshishiga xizmat 
qiladi. 
Qonunning kuchga kirishi natejasida, mamlakatimizda "Elektron hukumat” tizimini joriy 
etish va rivojlantirishning qonuniy asoslari yaratilib, ushbu tizimni shakllantirish, to‘laqonli 
ishlashini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga zamin yaratiladi. Bundan tashqari demokratik 
isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab 
berilgan demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish ortiqcha ruhsatnoma va ruhsat 
berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan taqiqlash, tadbirkorlik faoliyati 
erkinligini kafolatlash kabi vazifalar ijrosi ta’minlanishiga asos bo‘ladi, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, jumladan boshqaruv va ma’muriy ish 
unumdorligi oshishi ta’minlandi.

Download 10,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish