209
Q TESTINI O’TKAZUVCHI DASTURIY TA’MINOTNING MANTIQIY
STRUKTURASINI ISHLAB CHIQISH
Xodjayev Sh.T. TATU Samarqand filiali
Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasida bilimlarni baholashning reyting tizimiga
o’tish, ta’lim Binobarin, normal diagnostik ish jarayoni boshqaruvchiga bo’lg’usi
mutaxassis
shaxsining professional sifatlarini bilish va rivojlantirishga yordam beradi. Faqat to’g’ri, ilmiy-
asoslangan tashxis asosida hodisa va jarayonning bo’lg’usidagi holatini prognozlash va tashxiz
qilish mumkin.
Mazkur ishni bajarish jarayonida G.Ayzenkning IQ testlari to’plami va natijalarni
baholash grafigidan foydalanilgan. G. Ayzenkning IQ testi yosh guruhi bo’yicha 18 yosh va
undan katta bo’lganlar uchun mo’ljallangan bo’lib, bu test bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich 180
ni tashkil etadi. Quyida keltirilgan grafikda o’tkazilgan test natijasiga ko’ra topilgan to’g’ri
javoblarni IQ ko’rsatkichiga mosligi ko’rsatib o’tilgan (1-rasm).
1-rasm. G.Ayzenkning IQ ni aniqlash grafigi
Test o’tkazish natijasida olingan natijalarni sifat va miqdor
jihatdan qayta ishlashda
mazkur grafikni quyidagicha tartibda o’qish va foydalanish talab qilinadi:
1.Grafikning vertikal o’qi IQ darajasini ko’rsatuvchi koeffitsent sonlaridan tashkil
topgan.
2. Grafikning gorizontal o’qi IQ aniqlash testi bo’yicha topilgan to’g’ri javoblar sonini
ko’rsatuvchi sonlaridan tashkil topgan.
3. Test o’tkazilgach olingan to’g’ri javoblar sonini gorizontal o’q bo’cha belgilab, bu
nuqtaga gorizontal bo’yicha perpendikulyar o’tkazamiz. O’tkazilgan perpendikulyar chiziqning
grafik bilan kesish nuqtasidan vertikal o’qqa nisbatan perpendikulyar o’tkazamiz. Vertkal o’qqa
nisbatan perpindikular bo’lgan chiziqning vertikal o’q bilan
kesishish nuqtasi test
topshiruvchining IQ darajasini ko’rsatadi. Masalan, grafik bo’yicha testdan to’g’ri topilgan
javoblar soni 10 ta bo’lsa, unga mos IQ 100 ga teng bo’ladi.
4.Olingan IQ ko’rstakichini baholashda quyidagi shkaladan foydalaniladi:
a) 90 dan kam bo’lsa intellektual salohiyati past darajada;
b) 90-100 oraligidagi IQ – intellektual salohiyati o’rtacha;
c) 110 va undan yuqori bo’lsa, intellektual salohiyati yuqori ekanligi anglanadi [2].
Inson intellektual salohiyatni baholashda IQ testini o’tkazuvchi dasturiy ta’minotidan
shaxsiy kompyuter tizimiga joylashtirilgan holda foydalaniladi va shu nuqtai-nazardan uning
mantiqiy strukurasi ishlab chiqiladi.
Dasturiy ta’minot ma’lumotlar bazasi va ushbu ma’lumotlar bazasi bilan ish ko’radigan
dastur loyihasidan tashkil topgan.
210
2- rasm. Dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasinig o’zaro aloqadorligi
Dasturiy ta’minotdan foydalanishda har doim ushbu yagona ma’lumotlar bazasiga
murojaat qilinadi. Shu tufayli barcha foydalanuvchilar bitta ma’lumotlar bazasini
shakllantiradilar. Shuning uchun bunday texnologiyaga asoslangan dasturiy ta’minotlar biron -
bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan ishlaydi. Bu jarayonda
dastur loyihasining
ma’lumotlar bazasiga ulanish qismidagi parametlar qiymatlarini tahrirlash zarur, ya’ni
ma’lumotlar bazasiga kirish huquqi berilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining
foydalanuvchisi nomi va paroli hamda ma’lumotlar bazasini nomi ko’rsatiladi.
Dasturiy ta’minot foydalanuvchilari quyidagi turlarga bo’linadi:
• Administrator – dasturiy ta’minot ichida barcha ma’lumotlarni nazorat qilish huquqiga ega
foydalanuvchi turi;
• Testdan o’tuvchi – dasturiy ta’minotdagi test savollari ma’lumotlarini ko’rish va javob
kiritish huquqiga ega foydalanuvchi turi;
Foydalanuvchilar turlari bo’yicha dasturiy ta’minotning mantiqiy
strukturasi quyidagicha
bo’ladi (3-rasm) :
3- rasm. Dasturiy ta’minotning mantiqiy chizmasi
Testdan o’tish jarayonining mantiqiy strukturasi quyidagicha bo’ladi:
Ma’lumotlar
bazasi
Dasturiy
ta’minot
Ma’lumotlarni
yozish
Ma’lumotlarni
o’qish
Ha
Yo’q
BOSHLASH
Dasturga
kirish
(Avtorizat
siya)
Test
savoliga
javob
berish
Oxirgi test
savolimi?
Testni
tugatish
TAMOM
211
4- rasm. Testdan o’tish jarayoni mantiqiy chizmasi
Dasturiy ta’minot yaratilishida psixolog G.Ayzenkning IQ testlari to’plamidan test bazasi
shakllantirib olinadi. Testlash natijalari asosida IQ ko’rstakichini baholashda quyidagi shkaladan
foydalaniladi [2]:
a) 90 dan kam bo’lsa intellektual salohiyati past darajada;
b) 90-100 oraligidagi IQ – intellektual salohiyati o’rtacha;
c) 110 va undan yuqori bo’lsa, intellektual salohiyati yuqori ekanligi anglanadi.
Yuqorida keltirilgan keltirilgan 1- rasmdagi grafikga asosan test
natijasini baholashning
mantiqiy srukturasi quyidagicha bo’ladi:
5- rasm. test natijasini baholashning mantiqiy srukturasi.
Bu yerda N harfi bilan bitta test topshiruvchi kishining 40 ta savoldan qancha qismiga
javob berganligini ko’rsauvchi miqdor saqlanadi.
G.Ayzenkning har bir testlar to’plamida 40 tadan savol mavjud bo’lib, mazkur dasturiy
ta’minotni yaratilishida asos qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: